Mavzu: №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari


Mavzu: № 13 O’qitish metodlari va vositalari



Yüklə 360,12 Kb.
səhifə15/54
tarix07.01.2024
ölçüsü360,12 Kb.
#207907
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org

Mavzu: № 13 O’qitish metodlari va vositalari.
Reja:
1. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
3. Ta’lim metodlarinig mohiyati va mazmuni.

Tayanch tushunchalar: metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli, qoida, intrefaol metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta’limning texnik vositalari.
Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir. Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz. Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi. Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi. Didaktikada, shuningdek, ta’ lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi.

Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘ qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin. Masalan, o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra amaliy metod hisoblansa, uni qo‘llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini o‘ qib berish (1-usul), bittasini namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-usul), o‘qituvchining namunasi asosida o‘quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul), o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. O‘qituvchilarning ayrimlari esa, “metod” tushunchasining o‘rniga “uslub” tushunchasini ham qo‘llaydilar. Ammo “uslub” tushunchasi “metod” atamasining mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi.


Chunki uslub ko‘proq xususiy (so‘z borayotgan holatda aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‘lib, aniq maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi. Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltipilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat japayoni mazmunidir. Har qanday pedagogik texnologiya, jumladan umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan texnologiya ham o‘zaro hamkorlik, muloqot, ularning bir-birlariga ta’sirlari eng zamonaviy talablarga javob bergan holda, o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish tamoyillari, yo‘llari, umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiluvchi metod va uslublar, talabalar shaxsi faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish, ular bilan hamkorlik qilish, muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatini tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va qarashlarni birgalikda hal etish, auditoriyada ijodiy hamkorlik, ishchanlik muhitini hosil qilishga doir shakl va metodlar bilan qurollangan bo‘lishi lozim.
Hozir ko‘p ta’kidlanayotgan texnologik model loyihalashga, texnologik xarita rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Natijada har bir fanni o‘ qitish texnologiyasi yuzaga keladi. Lokal daraja (mikro). Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining ma’lum tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi, o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar. Metodika - qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘ liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi. “Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o‘qitish?”, “Nima uchun o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’ tiborni qaratadi.
Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir. Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi.
Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi. Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi.
Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi. Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbattarzida tashkil etiladi.
Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi.
Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi. Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi.
Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi. Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi



Yüklə 360,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin