Mavzu: 2 O‘ymalarga ishlov berish va ko‘tarmalarni tiklash. Pardozlash ishlari Reja



Yüklə 26,83 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü26,83 Kb.
#195348
  1   2
3.1-ma\'ruza


Mavzu: 2) O‘ymalarga ishlov berish va ko‘tarmalarni tiklash.
Pardozlash ishlari


Reja

  1. Koʻtarma hosil qilish.

  2. Pardozlash ishlari tarkibi.

  3. Pardozlash ishlarini bajarish usullari va sxemalari.

  4. Pardozlash ishlarini tashkil etish.

  5. Ishlarni bajarishda sifat nazorati.



Koʻtarma hosil qilish uchun tuproqqa qoʻyiladigan talablar.

Oʻymadan kovlab olinadigan yoki zahiradan olib kelinadigan tuproq koʻtarma hosil qilish uchun material vazifasini oʻtaydi. Tuproqlarning hammasi ham koʻtarmalar hosil qilishga yarayvermaydi. Torf, loyqali tuproq, hoʻl tuproqni, tarkibida 5% dan ortiq gips boʻlgan tuproqni, muzlagan, muzli tuproqlarni, shoʻr tuproqlarni, shuningdek balchiq aralashgan qumni va loyqali qumoq tuproqni koʻtarmaga yotqizish taqiqlanadi.


Changli gruntlar muzlaganda namligi keskin ortib ketadi, natijada qishda tuproq shishadi, qishda muzi eriganda esa, bunday tuproq oquvchan holatga oʻtadi. Bunday hodisa muzlab shishish deyiladi, qishda oʻta namlanishiga moyi tuproqni esa shishuvchan deyiladi. Ayniqsa, sunʼiy qoplamalarda bu xususiyat qishda qoplamaning yorilishiga, bahorda esa mustahkamligi yoʻqolishiga olib keladi.
Muzlagan yer qatlamining koʻtarilib qolishiga bir yoʻla taʼsir qiluvchi uchta omil: muzlash, tuproqning muzlaydigan qatlamida ortiqcha nam mavjudligi va shishishga moyil tuproqning borligi sabab boʻladi. Agar ana shu omillardan birortasi yoʻqotilsa, tuproqning shishishiga barham beriladi. Masalan, shishuvchan tuproqni muzlash chuqurligidan pastroqqa yotqizilsa, tuproq shishishining oldi olinadi. Muzlash chuqurligini quruq shlakdan issiq oʻtkazmaydigan qatlam xosil qilish yoʻli bilan kamaytirish mumkin. Agar shishuvchan tuproq muzlash davrida namlanish manbalaridan ajratib qoʻyilsa, u shishmaydi.
Mustahkam va turgʻun koʻtarma hosil qilish uchun uni butun balandligi boʻyicha bir turdagi tuproqdan shakllantirmoq lozim. Koʻtarmaning yuqori qatlamiga turgʻunroq tuproqlarni yotqizmoq darkor.
Tuproqni zichlash.
Aerodrom inshootlaridagi tuproqqa vaqtinchalik yuk bevosita yuqorigi konstruktiv qatlamlar orqali taʼsir qilib turadi. Hamma hollarda ham tuproqning yuk taʼsirida deformagʻiyalanishi muhandislik inshootining vazifasiga qarab belgilangan ruxsat etilgan eng yuqori qiymatdan oshib ketmasligi kerak.
Asosdagi tuproq tabiiy holatda boʻladi, lekin koʻtarmalarning shunday qismlari borki, ularda tuproqning tabiiy tuzilmasi tuproqni kovlash, tashish va koʻtarmaga yotqizish chogʻida buziladi. Quruvchilarning vazifasi koʻtarmada, baʼzan esa qazilmaning oʻzida tuproqning mustahkam va turgʻun sunʼiy tuzilmasini hosil qilishdan iborat. Qazish paytida yumshab qolgan tuproqni mustahkam va turgʻun qilish usullaridan biri uni zichlashdir. Zichlanganda tuproq zarralari bir-biriga yaqinlashadi, bu hol tuproqning ichki tortishish kuchlarini, binobarin, deformagʻiya modelini ham oshiradi. Zichlangandan keyin tuproqning suv oʻtkazuvchanligi kamayadi va tuproq nam taʼsiriga chidamliroq boʻlib qoladi.
Koʻtarma hosil qilishda oʻsimlik gruntini vaqtinchalik olib agʻdarish, bir jinsli gruntlarni qavatma-qavat yoyib tekislash, hamda har bir qavatni talab qilingan zichlikkacha zichlash, geodezik belgilar yordamida koʻtarmaning ustki qismini rejalashtirish, oʻsimlik gruntini qaytadan tiklash ishlari loyihada koʻrib chiqiladi. Sanab oʻtilgan jarayonlardan tashqari, agar gruntning namligi optimal namlikdan koʻp yoki kam boʻlsa, namlash yoki quritish ishlari olib boriladi.
Koʻtarmani qavatma-qavat tiklashda shunday shart qoʻyiladiki, zichlanayotgan mahsulotning ishi sifatli, va harajati kam zichlanayotgan qavatning qalinligi 30-50 sm dan kam boʻlishi kerak.
Gruntni zichlayotganda uning qalinligi 60-100 sm va undan yuqori boʻlsa, zichlash narxi keskin oshib boradi.
Koʻtarma va chuqurlarning yetarli darajada turgʻun boʻlishini taʼminlash uchun tuproqni talab etilgan qiymatgacha zichlash lozim. Tuproqni eng maqbul namligida zichlamoq kerak, chunki shunda ishlarning mehnat sarfi kamayadi. Tuproqning namligi eng maqbul namlikdan past boʻlganda uni talab etiladigan darajagacha zichlash uchun baʼzan bir necha baravar koʻp mehnat sarflashga toʻgʻri keladi.
Tuproq tabiiy joylashuvida, odatda, eng maqbulga yaqin namlikka ega boʻladi, shu bois yer qazish ishlarini shunday tashkil etish maqsadga muvofiqki, chuqurdan kovlab olingan tuproq koʻtarmada smena tamom boʻlmasidan oldin zichlanadigan boʻlsin. Ish bunday tashkil etilganda issiq kunlarda kesak boʻlib qolmaydi va yomgʻirlar davrida oʻta namiqib ketmaydi.
Agar tuproq skreperlar yoki transport vositalari bilan toʻkilsa va ularning harakati tuproq koʻtarmaning bor eni boʻyicha, talab etilgan zichlikning kamida 0,90 qismi qadar bir tekis zichlaydigan qilib tashkil etilgan boʻlsa, tuproqni zichlashning birinchi bosqichi amalga oshirilmaydi. Ishlar fronti cheklangan va toʻkilgan tuproqning qalinligi ancha katta (0,7-1,1m) boʻlgan taqdirda tuproqning barcha turlari shibbalash plitalari bilan zichlanadi. Toʻkiladigan qatlamning qalinligi va oʻtishlar soni (zarblar soni yoki tebratish muddati) ishlar olib boriladigan joyda, nazorat tariqasida, zichlash natijalari asosida aniqlanadi. Optimal namlikda gruntni zichlash shuni koʻrsatadiki, bunda uning suv shimuvchanligi kamroq miqdorda boʻladi.
Grunt yetarli miqdorda nam boʻlmasa, uni optimal namlikkacha namlash kerak. Zichlashdan oldin koʻtarmaga yoyilgan bogʻlanmagan va kam bogʻlangan gruntlar qavatlarning oʻzida namlanadi. Bogʻlangan gruntlarda namlik sekin tarqalganligi sababli, ularni namlash ishlov berish ishlari bilan birgalikda, suv quyadigan mashinalar bilan amalga oshiriladi. Bir necha soat ichida namlash 2-3-marta, toki namlik grunt tarkibida bir xil tarqalguncha bajariladi.



Yüklə 26,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin