Agar jismoniy shaxs yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki shaxsiy yordamchi xo`jalik (dehqon xo`jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullansa yoki yerdan maqsadli foydalanishni o`zgartirmasdan o`z uyini ofis sifatida rasmiylashtirsa, bunda undan yer solig’i yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki dehqon xo`jaligini yuritish uchun berilgan yerlar uchun belgilangan stavkalar bo`yicha undiriladi.
Ko`p xonadonli turar joylarda yashaydigan jismoniy shaxslardan yer solig’i undirilmaydi. Xonadondan yoki ko`p xonadonli turar joylarning bir qismidan odamlarning yashashi bilan bog’liq bo`lmagan maqsadlarda foydalanilganda, belgilangan tartibda xonadonning umumiy maydonidan kelib chiqib, yer solig’ining tegishli hissasi undiriladi
Imtiyozlar
Soliq kodeksiga ko`ra quyidagi jismoniy shaxslar yer solig`idan ozod qilinadilar:
1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslari;
4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga etmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;
6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.