Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va ko‘proq) uskunalari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha ular ishga tushirilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga soliqdan ozod etiladi.
Soliq stavkalari
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq stavkalari 1 gektar uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g’risida”gi 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019 yilda Yer solig’i stavkalari qarorning 16-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan edi. 2020 yilda Soliq stavkalarining aniq miqdori O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilandi.
2021 yil uchun 2020 yil 30 dekabrda tqabul qilingan «2021 ЙИЛ УЧУН ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ДАВЛАТ БЮДЖЕТИ ТЎҒРИСИДА(O’RQ-657-SONLI 25.12.2020 )»ГИ ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ҚОНУНИ ҚАБУЛ ҚИЛИНГАНЛИГИ МУНОСАБАТИ БИЛАН ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ АЙРИМ ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИГА ЎЗГАРТИШ ВА ҚЎШИМЧАЛАР КИРИТИШ ҲАҚИДА ЎРҚ-659-sonli Qonuni bilan belgilandi
Soliq stavkalari
«Республика ҳудудлари кесимида базавий солиқ ставкалари 1 кв. м учун мутлақ ўлчамда миқдорларда белгиланади
«Қишлоқ хўжалиги учун мўлжалланган ерлар учун солиқ ставкалари қишлоқ хўжалиги экинзорларининг норматив қийматига нисбатан 0,95 фоиз миқдорда белгиланади»;
«Қишлоқ хўжалиги учун мўлжалланмаган ерлар бўйича базавий солиқ ставкаси республика ҳудудлари кесимида 1 гектар учун мутлақ ўлчамда миқдорларда белгиланади.
7.2.Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`i.
Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ining soliq solish ob’yektidir:
dehqon xo`jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun me-ros qilib qoldirila-digan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
jamoa bog`dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari;
meros bo`yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy, dala hovli bilan birgalikda egalik qilish huquqi ham o`tgan yer uchastkalari;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;
tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
Soliq to`lovchilari – mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari