Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:
8) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
9) yuridik shaxs balansida bo‘lgan va fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan ob’yektlar egallagan yerlar;
10) kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy chiqindilarni yig‘ish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari);
11) suv fondi;
12) zahiralar.
Yer solig`i bazasi va soliq stavkalari.
1)qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha --- soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasining umumiy maydoni
Yer solig`i stavkalari yer qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
2)qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha ---- soliq solinmaydigan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq aniqlangan normativ qiymati,
2021 yilgacha Yerlardan noqishloq xo`jalik maqsadlarida foydalanadigan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig`i stavkalari quyidagicha guruhlangan edi:
1. Sug`oriladigan jamoat qishloq xo`jaligi yerlari uchun undiriladigan yer solig`i stavkalari.
2. Lalmi ekinzorlar, bo`z yerlar va ko`p yillik ko`chatlar uchun undiriladigan yer solig`i stavkalari.
3. Sug`orilmaydigan pichanzorlar va yaylovlar uchun undiriladigan yer solig`i stavkalari.
4. Toshkent shahrida yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig`i stavkalari.
8. Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan undiriladigan yer solig`i stavkalari.
5. Qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar uchun undiriladigan yer solig`i stavkalari.
6. Shahar va posyolkalardagi yer uchastkalaridan olinadigan yer solig`i stavkalari.
7. Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun fuqarolardan undiriladigan yer solig`i stavkalari.