Soliq stavkalari 1 kv.m uchun mutlaq miqdorlarda belgilanadi. Soliq stavkalarining aniq miqdori O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilanadi.
Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joyning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar belgilash huquqiga ega.
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’yektlari egallagan yer uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to‘lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha undiriladi
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda to‘lanadi.
Jismoniy shaxslar uchun yer solig’ini davlat soliq organlarining xodimlari hisoblab chiqaradi. Davlat soliq xizmati organlari yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilar yoki ijarachilar bo`lgan jismoniy shaxslarning muntazam hisobini yuritadilar.
Dehqon xo`jaliklari (yuridik shaxsni tashkil etmaganlari) hisoblab yozilgan yer solig’i umumiy summasining 95 foizini byudjetga va 5 foizini Dehqon va fermer xo`jaliklarini qo`llab-quvvatlash jamg’armasiga to`laydilar. Shu munosabat bilan davlat soliq organlari dehqon xo`jaliklariga yoziladigan to`lov xabarnomalarida byudjetga to`lanadigan yer solig’i summasi va Jamg’armaga to`lanadigan yer solig’i summasini alohida ko`rsatadilar.
Yer uchastkalarining maydoni o`zgarganda va yil davomida imtiyoz huquqi paydo bo`lganda yoki bekor qilinganda davlat soliq organlari bir oy davomida soliqni qayta hisob-kitob qilishlari va soliq to`lovchiga to`lash muddatlari o`zgarganini hisobga olgan holda yangi yoki qo`shimcha to`lov xabarnomasini taqdim etishlari shart