Toʻplamning ilk versiyasi 3D Studio DOS nomi ostida 1990-yilda ishlab chiqarilgan. Toʻplam ishlab chiqarilishi ustida dasturchi Gari Yost asos solgan Yost Group mustaqil studiyasi shugʻullanardi. Autodesk boshida faqat toʻplam ishlab chiqaridh bilan shugʻullanardi. Maʼnbalarda keltirilishicha Gari Yost oʻsha davrdagi Autodesk yangi loyihalari boʻyicha direktori Erik Lyons bilan muzaokaralardan soʻng oʻz ish joyini tark etgan.
Birinchi toʻrt reliz 3D Studio DOS nomiga ega edi (1990-1994-yillar). Keyin toʻplam Windows NT uchun qayta yozildi va 3D Studio MAX deb qayta nomlandi (1996-1999). Versiya raqamlash qaytadan boshlandi.
2000-2004-yillarda toʻplam Discreet 3dsmax markasi ostida ishlab chiqarilgan, 2005-yildan esa — Autodesk 3ds MAX markasi ostida. Joriy versiyasi Autodesk 3ds MAX 2018 nomiga ega.
3ds Max versiyalarining to'liq ro'yxati:
Versiya
Nomlanishi
Ishlab chiqarilgan yili
Tizim
Tizim darajasi
3D Studio Prototype
THUD
1988
MS-DOS
16-bit x86
3D Studio
THUD
1990
3D Studio 2
1992
3D Studio 3
1993
3D Studio 4
1994
3D Studio MAX 1.0
Jaguar
1996
Windows NT 3.51, Windows NT 4.0
IA-32
3D Studio MAX R2
Athena
1997
Windows 95 va Windows NT 4.0
3D Studio MAX R3
Shiva
1999
Windows 98 va Windows NT 4.0
Discreet 3dsmax 4
Magma
2000
Windows 98, Windows ME, Windows 2000[1]
Discreet 3dsmax 5
Luna
2002
Windows 2000 va Windows XP
Discreet 3dsmax 6
Granite
2003
Discreet 3dsmax 7
Catalyst
2004
Autodesk 3ds Max 8
Vesper
2005
Autodesk 3ds Max 9
Makalu
2006
IA-32 va x64
Autodesk 3ds Max 2008
Gouda
2007
Windows XP va Windows Vista
Autodesk 3ds Max 2009
Johnson
2008
Autodesk 3ds Max 2010
Renoir
2009
Autodesk 3ds Max 2011
Zelda
2010
Windows XP, Windows Vista va Windows 7
Autodesk 3ds Max 2012
Excalibur / Rampage
2011
Autodesk 3ds Max 2013
SimCity
2012
Windows XP va Windows 7
Autodesk 3ds Max 2014
Tekken
2013
Windows 7
x64
Autodesk 3ds Max 2015
Elwood
2014
Windows 7 va Windows 8
Autodesk 3ds Max 2016
Phoenix
2015
Windows 7, Windows 8 va Windows 8.1
Autodesk 3ds Max 2017
Kirin
2016
Windows 7, Windows 8, Windows 8.1 va Windows 10
Autodesk 3ds Max 2018
Imoogi
2017
Windows 7, Windows 8, Windows 8.1 va Windows 10
Modellashtirish
Vikimedianing 3ds MAXda bajarilgan logotipi
3ds Max turli koʻrinishdagi va murakkablikdagi kompyuter uch oʻlchamli modellarni, atrof-muhitdagi real yoki fantastik obyektlarni yaratish uchun barcha zaruriy vositalariga ega. Ishni bajarishda dastur turli xil usul va uslublarni qoʻllaydi, jumladan:
poligonal modellashtirish, tarkibiga Editable mesh (yuzani tahrirlash) va Editable poly (poligon tahrirlaydi) kiradi. Bu eng keng tarqalgan modellashtirish usuli boʻlib, murakkab modellar va oʻyinlar uchun maʼlum modellar yaratish uchun ishlatiladi.
Turli jinsli ratsional B-splaynlar (NURBS) asosida modellashtirish (shuni ta'kidlash lozimki, NURBS modellashtirish 3ds Max dasturida shu darajada oddiyki, undan hozirda hech kim foydalanmaydi);
oʻrnatilgan standart kutubxona va modifikatorlarni qoʻllash orqali modellashtirish;
splaynlar (Spline) asosida NURBSning ibtidoiy muqobili Surface modifikatorini qoʻllash orqali modellashtirish;
splaynlar asosida Extrude, Lathe, Bevel, Profile modifikatorlarini qoʻllash orqali modellashtirish yoki Loft obyektlari splaynlari asosida yaratish. Bu metod binolarni modellashtirishda ishlatiladi.
Modellashtirish metodlari oʻzaro bogʻliq holda ishlatilishi mumkin.
Standart "Choynak" (Teapot) obyekti uch oʻlchamli grafikaning oʻziga xos ramziga aylangan.
Particile Systems
Particle Systems (zarrachalar tizimi) — bu kichik oʻlchamli obyektlarning uygʻunligidir. Zarrachalar tizimining qoʻl kelishi mumkin boʻlgan holatlarga yomgʻir, qor, tutun, olov, yulduzli osmon, favvora tomchilari, chaqinlar va boshqa vaziyatlarni modellashtirishni misol qilishimiz mumkin. 8 versiyadan boshlab turli vaziyatlarga qoʻl keladigan 7 ta asosiy zarralar manbasi mavjud:
PF Source (Particile Flow manbai) — zarralar oqimi. Bu zarrachalar oqimi favvora otilishidan raketaning tutunli otilishigacha boʻlgan barcha holatlarni oʻxshatib tasvirlashi mumkin;
Spray (Purkash) — suv purkashi effektining oddiyroq koʻrinishini yaratadi;
Super spray (kuchli purkash) — Spray funksiyasiga qaraganda mukamalroq parametrlarga ega;
Snow (Qor) — yogʻayotgan qorning oddiy effektini yaratadi. Koʻplab parametrlarga ega ;
Blizzard (Dovul) — Snow zarrachalarining mukammalashtirilgan koʻrinishi. Zarrachalarga turli obyektlar shaklini berish mumkin;
PArray yoki Particle Array (Qattiq zarrachalar) — istalgan turdagi zarralarni modellashtirishi mumkin, hattoki portlashni ham;
PCloud yoki Particle Cloud (zarrachalar buluti) — uch oʻlchamli yulduzli maydonlarni, qushlar toʻdasini va baliqlar uyurini tasvirlashga qulay.
Reactor
Dasturda bajarilgan ish
3ds Max Havok kompaniyasi tomonidan yaratilgan fizik hisoblash mexanizmi Reactorni qoʻllagan. Reactor qattiq jismlar, yumshoq jismlar, matolar va boshqalarni fizik nuqtayi nazardan modellashtirish imkonini berardi. 2012 (14) versiyasidan boshlab Reactor toʻplamdan olib tashlandi. Uning oʻrniga MassFX moduli keldi.
Hair&Fur
7.5 versiyasidan boshlab 3ds Maxda soch, moʻy, jun, oʻt, tuklar va boshqalarni modellashtira oluvchi Hair&Fur moduli oʻrnatildi.