HK larining turish joylari (TJ) – HK larini turishi(saqlash,xizmat
HK larining turish joylari (TJ) – HK larini turishi(saqlash,xizmat
ko‘rsatishi) uchun tayyorlangan maydonlar bo‘lib, odatda mahalliy HK lariga
xizmat qiladi.
Perronlar – HK larining qisqa vaqtda to‘xtab passajirlarni mindirish yoki
tushirish, yuklarni ortish yoki tushirish shuningdek HK lariga texnik xizmat
ko‘rsatish uchun tayyorlangan maydonlardir.
Maxsus to‘xtash maydonchalari – XK lariga texnik xizmat ko‘rsatish-
kompaslar yo‘nalishlaridagi chetlashishlarni tartibga keltirish, antennalarni
ishlashini tekshirib ko‘rish, samolyotlarni angarlarga kiritish oldidan ularni
tayyorlash, yuvish, tuzatish, xizmat ko‘rsatish ustaxonalariga yaqin joyda
loyihalanadi.
Xavo kemalarining uchishi uchun minimal ob-havo sharoitlari deganda
Xavo kemalarining uchishi uchun minimal ob-havo sharoitlari deganda
uchish- qo‘nish tasmasida ko‘rish uzoqligining minimal ruxsat etilganligini ta’minlash, uchish paytida bulutlarning eng past chegarasi balandligi harakteristikalari asosida havo kemasining uchish xavfsizligini ta’minlashga aytiladi.
Havo kemalarining qo‘nishi uchun minimal ob-havo sharoitlari deganda
uchish- qo‘nish tasmasida ko‘rish uzoqligining minimal ruxsat etilganligini ta’minlash, bulutlarning eng past chegarasi balandligi, uchuvchilarning qo‘nish yoki ikkinchi aylanma harakatga o‘tishi uchun qaror qabul qilishiga yetarli balandlikni aniqlash havo kemasining qo‘nish xavfsizligini ta’minlashda yoritish chiroqlarining ko‘rinishi yetarli darajada bo‘lmasa XK yo‘nalishi bo‘yicha xavfsiz qo‘nishini ta’minlash iloji bo‘lmaydi.Uchuvchilarning qaror qabul qilish balandligi XK larining navigatsion – uchish jihozlari, XK sining yengil boshqarilishi, uchuvchilarning qaror qabul qilish reaksiyasiga va uchish - qo‘nish tasmasining chekka kirish sathiga qarab 3 kategoriyaga bo‘linadi: