Mavzu:Afrosiyob qadimgi Samarqant tarixshunosligi
Reja: I.Kirish II.Asosiy qism a)Qadimgi Samarqand tarixi yozma manbalarda
b)Afrosiyob yodgorligining arxeologik o’rganlishi tarixi tarixshunosligi.
c)Afrosiyobda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqot ishlari natijalari
III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ajdodlari eng qadimgi davrlardan hududlarimizda yashagan xalqimizning tarixiga va uning boy tarixiy-madaniy merosiga katta e’tibor berib kelinmoqda. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov o’zining tarixchilar oldidagi chiqishlarida Vatanimizning qadim o’tmishini obyektiv o’rganish va yoritish masalasini qayta-qayta ta’kidlaganlar. Bunda madaniyatimiz ildizlarini o’rganishga ham katta ahamiyat berilgan.1 Shuningdek, Respublikamiz Prezidentining asarlarida madaniyatimiz, an’analarimiz hamda davlatchiligimiz va shaharlarimizning kelib chiqish ildizlarini o’rganishga alohida e’tibor berilgan.Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o’zgarishlarni amalga oshirish jarayonida jamiyat a’zolarini erkin, demokratik tafakkur va milliy ruhda tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanini ahamiyati tobora oshib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab xalqning tarixiy xotirasini tiklash, tarix faniga doir tadqiqotlarni har tomonlama takomillashtirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Prezident I. A.Karimov 1998-yil yozida bir guruh yetakchi tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchrashuvda ta’kidlagandi, “..o’z tarixini bilgan, u bilan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur!”. Bundan tashqari prezidentimizning tarix mutaxassislari bilan uchrashuvlarida “…davlatimiz, millatimiz degan haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g’oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim”- degan so’zlari bevosita tarixchi olimlarimiz, tarix sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar oldiga qo’yilgan vazifa hisoblanadi1. Bugungi kunda O’zbekiston uchun milliy davlatchiligini tiklash, jamoani demokratik islohotlar orqali yangilash, erkin bozor munosabatlari asosida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlanishi mashaqqatli. yaratuvchanlik mehnati natijasida barpo etildi.