Mavzu: Afrosiyob qadimgi Samarqant tarixshunosligi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Qadimgi Samarqand tarixi yozma manbalarda



Yüklə 118,05 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü118,05 Kb.
#201791
1   2   3   4   5   6
AFRASIYAB

Qadimgi Samarqand tarixi yozma manbalarda
Qadimgi So’g’diyona Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’ida joylashgan yirik tarixiy madaniy viloyatlardan biridir. U hamisha qo’shni davlatlarning paydo bo’lishida va ularning ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy hayotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Qadimgi Sharq tarixchilari ushbu hududni “Markaziy Osiyoning yuragi”, deb ataganlar .
Ushbu tarixiy madaniy viloyatning markazi Zarafshon vohasida joylashgan yirik siyosiy ma’muriy markaz Samarqand bo’lgan. Samarqand so’g’di barcha so’g’d hududlarining siyosiy va iqtisodiy asosi bo’lib, O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i o’tmishidaida muhim rol o’ynashi bilan birga , ushbu hududlar tarixidagi ko’plab asosiy masalalar mohiyatini tushunishda katta ahamiyat kasb etadi. Samarqand so’g’dining butun So’g’diyona tarixidagi ahamiyati uning qulay geografik joylashuvi bilan ham belgilanadi. Zarafshon vohasi uch tomondan tog’lar bilan va faqat g’arb tomondan dasht hududlari bilan ajralib turadi. Ushbu hududlarni o’rta Zarafshon vohasi ham deyishadi. Tarixiy madaniy nuqtai nazardan esa ushbu hududlarni Samarqand so’g’di deb atash ham mumkin2. Bu yerning qulay iqlim sharoitlari haqida yozma manbalarda ham boy materiallar keltirilgan. Al Makdisi Samarqandni ta’riflar ekan, uni Movaraunnahrning birinchi shahri, deb atagan.6 Al Istaxri esa, o’zining “Masalik al mamalik” (“Davlatlar yo’llari”) asarida Samarqand so’g’di yerlarini odam yashashi uchun qulay bo’lgan uchta zamindan biri, deb ta’riflaydi. V.V. Bartoldning fikricha, Samarqand so’g’dining zamini boshqa hududlarga nisbatan eng yaxshi “bog’” yerlar hisoblanib, uni hatto dushman bosib olgan vaqtlarda ham bosqinchilar talon taroj qilishdan tiyilganlar va bu huduni o’zlarining daromad manbalariga aylantirishga harakat qilganlar .
Zarafshon vohasi barcha davrlarda So’g’diyonaning markazi hisoblanib kelingan. So’g’diyona va uning asosiy shahri Samarqand yozma manbalarda er. av. 1 ming yillikning o’rtalaridan boshlab tilga olinadi. Ulardan eng qalimgilari Doro 1ning Bexustun yozuvlari hisoblanadi. Unda yozilishicha, er. av. 6 asrda So’g’diyona Ahmoniylar imperiyasiga boj to’lab turadigan 23 ta viloyatlardan biri bo’lgan. Shuningdek, Bexustun yozuvlarida Doro 1 ning Suzadagi saroyi qurilishida lazurit va qizil serdolik kabi qimmatbaho toshlar So’g’diyonadan keltirilganligi ma’lum qilinadi.Qadimgi fors tilida So’g’diyona Suguda nomi bilan tilga olinadi. So’g’diyona nomi Avestoning 1 bobida “Gava So’g’di” nomi bilan keltiriladi. Ammo, bunda So’g’dning qaysi qismi haqida so’z borayotgaligini tushunish qiyin. Avestoning geografiyaga bag’ishlangan bo’limida: “... chuqur va keng daryolar Gava So’g’diga va boshqa davlatlardan oqib o’tadi”, deyilgan .
Gava termini turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, V.V. Bartold, “Gava” terminini “Fau” deb qabul qilishni va bu “Naxri Pay” kanalining nomidan kelib chiqqanligini qabul qilishni taklif qiladi.Boshqa bir tadqiqotchilardan W.Tomaschek va F. Markvart “Gava” nomini Xitoy manbalarida Kushon imperiyasi Xau deb nomlangani va uni Samarqand vohasidagi Miyonqal’adan axtarish kerakligini ta’kidlaydilaR.Antik davr manbalarida So’g’diyona janubda Amudaryo va sharqda Sirdaryo bilan chegaradoshligi qayd qilinadi. Jumladan, o’sha davrning mashhur geografi Klavdiy Ptolomey: “So’g’dning chegarasi janubda Oks (Amudaryo) hamda Kavkaz tog’laridan (bu yerda Badaxshon tog’lari nazarda tutilgan); shimolda Oks tog’lari, Skifiya, sharqda Yaksart (Sirdaryo) va Kamel tog’lari orqali skiflar bilan chegaradoshligi ta’kidlanadi. Shuning bilan birga u Marakandani Baktriya shaharlari qatoriga qo’shadi. So’g’d hududlariga katta maydonli cho’l hududlarining ham kirishini Kvint kursiy Ruf ham ta’kidlagan. U ehtimol Shimoliy So’g’d haqida gapirgan bo’lsa kerak . So’g’diyona chegaralari haqidagi ancha aniq ma’lumotlar Arrianning asarlarida keltirilgan; “shimolda So’g’d sak yerlari bilan, shimoli shakrqda esaushbu chegara Yaksart daryosi orqali o’tadi”.9 So’g’diyona va so’g’diylar haqida Strabon ham yozib qoldirgan. U: “so’g’diylar bilan baqtriyaliklarning hayot tarzi bir biriga o’xshash, shuning bilan birga ularning hayoti ko’chmanchilarnikidan kam farq qiladi” .O’rta asr manbalarida So’g’diyona hududi ancha kichrayadi. Ularda So’g’d haqida gapirilganda o’rta Zarafshon va ayrim manbalarda unga Qashqadaryo viloyati hududlari ham kiriladi3.
Arab tarixchisi Istaxri So’g’d haqida gapirganda, Dobusiyadan Samarqandgacha bo’lgan hududlarni tilga oladi. Shuning bilan bir vaqtda u buxoroliklarni so’g’d tilida gaplashadi, deydi.Beruniy davrining manbalarida Buxoro vohasini So’g’diyona hududlariga kirganligi haqida ma’lumotlar uchraydi .Qashqadaryoning So’g’d tarkibiga kirganligi haqida isbotlangan dalillar mavjud. Yaqin kunlargacha Kitob Shahrisabz hududlarining aholisi o’zlarini sug’utiy so’g’dlar deb atashganlar. O’rta asrning boshqa mualliflari, jumladan, Yaqubi Buxoro, Nasaf va Keshni So’g’diyona tarkibiga kiritgan va uning poytaxtini Samarqand, deb hisoblagan. Ammo, boshqa bir manbada u Keshni asosiy shahar deb keltiradi. Istaxriyning fikricha, Dobusiya, Robinjon, kushoniya va Ishtixon “So’g’dning yuragidir”. Mahmud Qoshg’ariy esa, So’g’d deganda Buxoro va Samarqand oralig’idagi hududlarni tushungan. V.V. Bartoldning fikricha, 19- asrning oxiri va 20- asrning boshlarida So’g’d deganda Zarafshon daryosi oqimidagi hududlar tushunilgan. 6- asrning oxirlariga oid manbalarda, jumladan, fors tilining lug’atida faqatgina Samarqand atrofidagi hududlar tilga olinadi. Temuriylar davrida esa, Oqdaryo va Qoradaryoning oralig’i “Nim So’g’d” yoki “So’idi Xurd”, Oqdaryodan shimoldagi hududlar “So’g’udi Kalon” deb atalgan . Hozirgi kunda So’g’d nomi Sugut shaklida Zarafshonning yuqori oqimidagi Yagnob vodiysida saqlanib qolgan. Shunday qilib, yunon manbalarida “So’g’d” yoki “So’g’diyona” termini ostida Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yirik hududlar tushunilsa, vaqt o’tishi bilan ushbu taponim bilan bog’liq hududlar qisqarib boradi. Ammo, hamma vaqtlarda ham Zarafshon vohasi, xususan Samarqand so’g’dning markazi sifatida qolib kelgan.Samarqand nomi Aleksandr Makedonskiy davridan boshlab tilga olinadi. So’g’dning yirik savdo va iqtisodiy markazi Samarqand nomining kelib chiqishi borasida turli fikrlar mavjud. Antik davr manbalarida Samarqand nomi “marakanda” yoki “Marakandi” shaklida uchraydi. Arrian o’z asarlarida Samarqand nomini besh marta tilga oladi va faqat bir holdagina Samarqandni hukmdor tashrif buyuradigan joy ekanligini ta’kidlaydi. Shuningdek, u Samarqand arkining kuchli mudofaaga egaligi va unda yunon gornizoni turganligini aytib o’tadi. Bundan tashqari, u Samarqandning bosib olinishi va aholinini tinchlantirish ishlarining olib borilganligi haqida yozib qoldirgan .
Shunday qilib, antik davrga oid barcha manbalarda Samarqand Maroqand tarzida uchraydi va bu greklar nomlarining talaffuzi tarziga to’g’ri keladi. Negaki, greklarda SM ning joyiga M talaffuz qilinadi.Qadimgi so’g’d yozuvlarida Samarqand taponimi unli tovushlarsiz “Smrknd” tarzida uchraydi. Xitoy manbalarida Samarqand “Kan” tarzida keltiriladi. Chunki, xitoy iyerogliflarida samar so’zi bitta iyeroglif bilan ifodalanadi va bu yerda bitta iyeroglif tushirib aytiladi. Ilk o’rta asrlarda Samarqandni xitoyliklar Kan deb atashganlar. Xitoy fonetikasida Samarqand so’zi 7 asrdan paydo bo’lgan va Sivanszin tarzida yozilgan. Xitoylarda Samarqandning yana birnomi mavjud. Xususan, Syuan Szyanning yozishicha, Zarafshon vohasida Samoszyan degan o’lka bor va uning poytaxti ham shu nom bilan ataladi.Mug’ tog’idan topilgan hujjatlarda va Samarqand hukmdorlari saroyi sur’atlarida Samarqand so’zi Samarakansa tarzida berilgan. Umuman olganda, qadimgi yunoncha Marokand va so’g’dcha Samarakansa terminlari o’rtasidagi farq uncha katta emas va ular xususiy harakterga ega. Uning ikkinchi Kan yoki Kat deb atalishi shundanki, so’g’d tilida bu so’zlar shahar yoki qishloq ma’nolarini beradi. Keyinchalik, sharq tillarida paydo bo’lgan kent so’zlari kat so’zidan kelib chiqqan.Ammo, Samarqand so’zining birinchi bo’g’ini ma’nosi borasida turli qarashlar mavjud. Jumladan, Al Beruniy Samarqand so’zining ma’nosini “Semizqand”, ya’ni “Quyosh shahri”, deb yozadi . Smamarqand so’zining ma’nosi haqida yirik islomshunos olim Abu Xafs Umar ibn Muxammad an Nasafiy ham yozgan. U o’zining mashhur “Kitob al qand fi tarixi Samarqand” yoki “Kitob al qand fi ma’rifat ulama Samarqand” (“Qandiya”) asarida aholi o’rtasida tarqalgan qator afsonalarni keltiradi. Abu Toxirxo’ja Samarqandiyning “Samariya” asari ham shular jumlasidandir. Ushbu asarlarni V.L. Vyatkin rus tiliga tarjima qilgan.Yuqorida nomlari zikr etilgan asarlardagi afsonalardan biriga ko’ra, Samarqand nomining kelib chiqishi Iskandar (Aleksandr) nomi bilan bog’lansa, ikkinchisida, Yaman podo’osi Shamirning O’rta Osiyoni bosib olishi bilan bog’lanadi. Go’yoki, Samar so’zining kelib chiqishi Shamir so’zining boshqacha talaffuzidir.
Arab geografi Yoqutning yozishicha, Samarqand so’zi arabcha “Sumran” bo’lib, unga Iskandar tomonidan asos solingan. Ammo, ushbu afsonaning o’zidayoq Samarqandga Shamir abu Karib asos solganligi haqidagi fikrlar keltiriladi. Zamonaviy adabiyotlarda 1877- yildayoq mashhur sharqshunos olim V. Tomashek tomonidan ilgari surilgan fikr hukmronlik qiladi. Uning fikriga ko’ra, “samar” so’zi sanskritda “uchrashuv”, “kesishmoq” va “to’planish joyi” kabi ma’nolarni bildiradi.Shubhasiz Samarqandning geografik jihatdan savdo yo’llari kesishgan chorrahada joylashganligi ushbu tarjimaning to’g’riligini ko’rsatadi. Turli geograflar va olimlarning Samarqandga ko’plab davlatlardan savdo mollari kelib tushganligini ta’kidlashi bejiz emas4.Ushbu qarash M.Ye. Masson tomonidan ham qo’llab quvvatlandi. Uning fikricha, Qadimgi Midiya poytaxti Akbatana ham shunday nomga ega bo’lgan. Akbatana so’zining tarjimasi ham “uchrashuv joyi”, “kesishuv joyi” va “to’planish joyi” kabi ma’nolarni anglatadi.Ammo, I.V. Pyankov ushbu hind eroncha aralash etimologiyani inkor etadi. Agar so’g’dlar samarqqand toponimining birinchi qismini o’zlarigacha O’rt Osiyoda yashagan hindlardan (hindariylar) meros qilib olib, unga o’zlariningikkinchi qismini qo’shgan bo’lsalar, u holda V. Tomashekning bu boradagi g’oyasi yashashga haqlidir. Bu holatda keyinchalik shahar hosil bo’lgan “yig’ilish joyi” er. av. 2 ming yillikdayoq, hali hindoriylar o’rniga so’g’dlar kelmagan davrlarda sodir bo’lgan.
Ilk yozma manbalar nafaqat Samarqand nomi va So’g’d haqida, balki Samarqand So’g’dining tarixi va madaniyati haqida ham ma’lumotlarni beradi. Xususan, Geradot birinchilardan bo’lib, “parfiyaliklar, xorazmiylar va so’g’dlar Ahmoniylar imperiyasining 16 viloyati tarkibiga kiradi va 300 talant soliq to’laydilar” deb yozib qoldirgan.Yana bir qadimgi yunon tarixchisi Ktesiy Knidskiy (er.av. 5 4 asrlar) O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari, xususan baqtriyaliklar, saklar va so’g’dlar haqida gapirib, asosan Geradotning ma’lumotlarini to’ldiradi.Samarqand tilga olingan dastlabki manba er. av. 1 asrlarga oiddir (Strabonning “Geografiya” asarida). Ammo, ushbu asarda er. av. 4 asr, ya’ni A. Makedonskiy O’rta Osiyoni bosib olgan davrlardagi voqyealar hikoya qilinadi. Aleksandr Makedonskiyning O’rtaOsiyoga yurishi tarixi shuningdek, yunon olimi Arrian va rimlik yozuvchi Kvint Kursiy Ruf asarlarida ham saqlanib qolgan (1 asr). A. Makedonskiyning O’rta Osiyoga va So’g’dga yurishlari taniqli sharqshunos olim V.V. Grigoryev tomonidan yaxshi o’rganilgan. Shuningdek, ushbu masala bilan ingliz olimi V.V. Tarna hamda rus olimi K.V. Treverlar ham shug’ullanganlar. Shu davr siyosati va harbiy tarixini B.A. Litvinskiy ham sinchkovlik bilan o’rgangan .So’g’d va Samarqand haqidagi yozma manbalar bilan I.V. Pyankov maxsus shug’ullangan. Uning ishlarida Aleksandrning O’rta Osiyo ichkarisiga yurish qilgan davrlardagi siyosiy voqyea hodisalar yaxshi aks ettirilgan. Yunon tarixchilarining asarlarida So’g’d hududlarida grek baqtriya podsholigi qulagandan keyingi tarix kam aks ettirilgan.Eramizdan avvalgi I va eramizning I asri tarixi haqida xitoy manbalari ham hikoya qiladi. Xitoyning Ban Gu tomonidan yozilgan “Xan Syan Xan shu katta uyining tarixi” nomli asarda I asrning oxirlarida O’rta Osiyoga kelgan savdogarlar haqida hikoya qilinadi. 5 asrning birinchi yarmida yashagan Fan Xua tomonidan yozilgan “Xan Xau Xan shu kichik o’g’lining tarixi” nomli asarida ham shu haqda ma’lumotlar keltirilgan. Manbada 2 asrga oid ma’lumotlardan foydalanilganligi haqida N.Y.Bichurin ma’lumot berib o’tadi.Samarqand va So’g’diyona haqidagi ma’lumotlar 1906- yilda Dunxuanning g’arbidan topilgan I asrga oid so’g’d yozuvlarida ham uchraydi. Ushbu yozuvlar 4 asrlarga oidligi aniqlangan.18 Bu yerda so’g’d shaharlarining tuzulishi, aholining mashg’ulotlari va maiyish sosial hayoti, mulkchilik va oila munosobatlari, shuningdek, 4 asrning boshlarida xunlarning yurishlari bilan bog’liq Xitoy g’arbiy chegaralaridagi tashvishli harbiy siyosiy ahvol haqida ham ma’lumotlar bor. So’g’diyona va Samarqand haqidagi ko’plab ma’lumotlar arab fors tarixiy va geografik adabiyotlarida ham uchraydi. Ularning asosini Samarqandning bosibolinishi va vayron qilinishi haqidagi afsonalar tashkil qiladi. Bunday afsonalardan eng qadimgisi o’rta fors davriga oid “Eronshahr shaharlari” nomli asarda saqlanib qolgan. Unda haqqoniy dalillar afsonalarga qorishtirib yuborilgan .
VI va VII asr boshlariga oid “Xvaday namak” (hukmdorlar kitobi) ga kirgan so’ngi sosoniylar davri xronikalarida So’g’d, Eron, Turon va “Afrosiyob podsholigi” haqidagi epik hamda tarixiy ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ma’lumotlar Firdavsiyning Shoxnoma asarida o’z aksini topgan. Samarqandning paydo bo’lishi va Xiyonidlar sulolasi haqidagi afsonaviy ma’lumotlar X asrga oid Abul Abbos Jafar ibn Muxammad Mustag’firi va Abu Said Abdu Raxmon ibn Muxammad al Idrisi kabi mualliflarning asarlarida uchraydi .XII asrda “Samarqand tarixi” mashhur tilshunos Abu Xafs Umar ibn Muxammad an Nasafi tomonidan davom ettirilgan.Samarqand haqidagi ayrim afsonalar Abu Toxirxo’janing Samariya asarida ham o’z aksini topgan. Yuqorida tilga olingan va boshqa arab manbalarida Samarqand nomining kelib chiqishi Yaman podshosi Shamir Yurish nomi bilan bog’lanadi. Go’yoki Shamir bu yerda shahar tashkil qilgan va so’ngra o’zining Shamirkand nomini bergan. Shuningdek, keyinchalik Samarqand turk hukmdorlari tomonidan egallangan deyiladi. Burxoniy Katining ma’lum qilishicha, Samarqand “Samar qishlog’i” o’rnida tashqil topgan va bu turk hukmdorlaridan birining ismidir. Turklar qishloqni qand deb ataganlar. Ushbu qishloqni Samar ismli kishi qurgan va keyinchalik u shaharga aylangan.Samarqand so’g’di va Samarqand shahri tarixi bo’yicha asosiy yozma manbalar yuqoridagilardan iborat. Ko’rinib turibdiki, yozma manbalar asosida Samarqand so’g’di tarixi va madaniyati haqida to’liq ma’lumotlar olishning iloji yo’q. Shuning uchun ham ushbu tarixni va madaniyatni o’rganishda arxeologik yodgorliklarning o’rni katta ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 118,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin