Mavzu: Afrosiyob qadimgi Samarqant tarixshunosligi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Ilk o‘rta asrlar davri shaxarsozligi va moddiy madaniyatining o‘rganilishi



Yüklə 118,05 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü118,05 Kb.
#201791
1   2   3   4   5   6
AFRASIYAB

Ilk o‘rta asrlar davri shaxarsozligi va moddiy madaniyatining o‘rganilishi
Antik davr manbalarida So‘g‘diyonaning shaharlari xususan, Samarqandning ichki tuzilishi haqida hyech narsa demaganlar. Faqatgina shahar ikki qismdan iborat: saroy pastki shahar qismlaridan tashkil topganligi va ular devor bilan o‘ralganligi aytib o‘tilgan xolos (rasm. 4). Samarqandning tashqi devori 13 km ga teng bo‘lgan. Bu yerdan gap aftidan, Samarqand shahridan tashqaridagi devor haqida boradi. Bu devordan hyech narsa saqlanib qolmagan. Ko‘plab tadqiqotchilar ushbu devorni shaharning to‘rtinchi devori bilan chalkashtirib yuboradilar. Ammo, to‘rtinchi devorning uzunligi 6 km dan oshmaydi. Biroq, manbalarda shaharning ikkita yirik darvozasi bo‘lganligi haqida ma'lumot beradi. Bu o‘rta asr manbalarida Kesh yoki Temir darvoza deb nomlangan janubiy va g‘arbdagi Navbahor darvozalaridir.
Samarqandning boshqa ikkita darvozasi: Xitoy (Sin) (Istaxri, 290) va Buxoro darvozalari relefi ko‘rinarsiz shaklga ega. Ibn al Faqixda bu yerda to‘rtta darvoza bo‘lganligi qayd qilinadi: Kesh, Xitoy, Ustrushona va Temir darvozalar tilga olinadi. Buxoro va Xitoy darvozalarining Siyob arig‘ining baland jarliklari ustida joylashganligi haqida manbalarda aytilgan. Afrosiyobning shimoliy qismida olib borilgan qazishmalar natijasida Buxoro darvozasi aniqlandi. Bu darvoza Siyob jarligidan 40 m balandlikda joylashgan. Afrosiyob to‘rtinchi devorining relefiga ko‘ra bu yerda yana boshqa darvozalar ham bo‘lganligi kuzatiladi. Afrosiyobning eng janubiy chekkasida, Shoxi Zindadan janubi sharqroqda devor uzilgan egarga o‘xshash joy kuzatiladi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu yerdan Samarqandning ikkinchi janubiy darvozasi joylashgan bo‘lgan va bu darvozadan og‘ir yukli karvonlar kirgan94. Afrosiyobning qolgan Buxoro va Xitoy darvozalari juda balandda joylashgan bo‘lib, ulardan og‘ir yuklarni olib kirish mushkul bo‘lgan.
O‘rta asr manbalarida Afrosiyobda to‘rtta darvoza bo‘lganligi qayd qilingan. Aftidan, qadimda davrda darvozalar ko‘proq bo‘lgan. Negaki, faqat Siyobga qaragan shimoliy devorning o‘zida uchta darvoza bo‘lgan. Ulardan biri Buxoro darvozasi bo‘lsa, ikkinchisi undan 150 m g‘arbroqda joylashgan va nishab qiyalikka ega bo‘lgan95. Shuningdek, shimoliy devoridagi uchinchi darvoza arkning shimoliy qismida bo‘lganligi ta'kidlangan. Bu yerning relefida ham egarsimon shakl hosil bo‘lgan va bu yerdan mahalliy aholi hozirda ham Afrosiyobdan chiqish uchun foydalanishadi. Bu joy bilan Buxoro darvozasi oralig‘idagi masofa 150 m ni tashkil qiladi va undan sharqroqda shahar darvozalari mavjud bo‘lgan. Aftidan, darvozalarning bunday simmetrik joylashuvi ellinistik davrda paydo bo‘lgan. Ammo, shaharning asosiy darvozalari hamma vaqtlarda to‘rtta bo‘lgan va bular: Xitoy, Kesh, Buxoro va Navbahor darvozalaridir.
Odatda bunday qadimgi darvozalar shahar tizimida simmetrik joylashgan bo‘lgan. Yuqorida tilga olingan shimoliy devordagi uchta darvoza ham tik jarliklarda joylashganligi uchun faqat piyodalar uchun xizmat qilgan. Agar eng g‘arbiy va markaziy Buxoro darvozalari shahar aholisi uchun xizmat qilgan bo‘lsa, ark qasrining shimoliy qismidagi darvoza saroy ahli uchun xizmat qilgan. Ilk o‘rta asrlarda minoralar bilan mustahkamlangan saroy kirish qismlaridan biri arkning sharqiy qismida joylashgan bo‘lgan. Afrosiyobning janubiy qismida uchta darvoza bo‘lib, ulardan asosiysi Hazrati Hizr machiti yonida bo‘lgan. Ulardan 400-450 m janubroqda boshqa asosiy darvozalar joylashgan bo‘lgan. Ulardan yana 400-450 m sharqroqda boshqa uchinchi darvoza joylashgan bo‘lgan. Aftidan, qadimgi davrlarda darvozalarning ko‘p bo‘lishi shaharni mustahkamlashning asosiy omillaridan biri bo‘lgan. Agar shaharning ichki devorini ellinistik davrda qurilganligini hisobga olsak, u holda ko‘p darvozalarga ega tashqi devor qurilmalari mahalliy sharqona an'ana deyish mumkin. Masalan, Afrosiyob darvozalarining ko‘pchiligi ellinlargacha bo‘lgan davrda paydo bo‘lgan. Shunday qilib, Afrosiyobdagi har to‘rtala devorda ham asosiy va piyodalar uchun mo‘ljallangan darvozalar mavjud bo‘lgan. Shahar tizimini o‘rganishda uning suv ta'minoti manbalari bo‘lgan xovuzlar va magistral kanallarini o‘rganish katta ahamiyatga. Qadimgi Samarqand Navodon yerosti suvlari asosida paydo bo‘lgan. Garchi, Zarafshon daryosi Samarqand shahriga yaqin joydan oqib o‘tgan bo‘lsada, u pastroqdan oqib o‘tgan va aholida uning suvini boshqari, ya'ni yuqoriga olib chiqish malakasi yetishmagan. Navadon yer osti suvlarini yuqoriga olib chiqish uni amalga oshirish texnikasining taraqqiy qilgunicha Afrosiyobda urbanizatsiya jarayonlarini to‘xtatib turgan.Faqatgina, naqshli chaplama sopollar madaniyati davrining oxirlaridan boshlab qadimgi dehqonchilik qabilalari magistral kanallar qazib suvni yuqoriga olib chiqishni o‘rganib olganlar. Afrosiyobdagi dastlabki urbanizatsiya jarayonlari uchun Navodonning suvlari yetarli bo‘lgan Faqat shahar Chingizxon tomonidan vayron qilinganidan keyin o‘zining tabiiy oqimi bo‘ylab oqqan va aynan uning suvlari tufayli Temurning saroyi ushbu suv manbaining bo‘yida bunyod qilingan. Novodon kanaladan keladigan suvlar shahar ichkarisidagi ariqlar va hovuzlarga taqsimlangan hamda bu yerdan toza ichimlik suviga aylangan96. Afrosiyob hududida G.V. Shishkina va O.N. Inevatkinalar tomonidan 15 ta pastqam joylar, ya'ni xovuzlarga mo‘ljallangan joylar aniqlangan97. Bu joylar atrofida ko‘plab mevali va dekorativ daraxtlar hamda bozor maydonlari bo‘lgan, bu hovuzlar shahardagi namlikni saqlab turgan.
Bunday xovuz maydonlaridan biri M.I.Filanovich tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, uning hajmi 100x200 m bo‘lgan98. Bu xovuzning chuqurligi 5 m bo‘lgan bo‘lsa, u holda uni to‘ldirish uchun 100000 kub m suv zarur bo‘lgan. Bu yerda A.A.Anarboev tomonidan o‘rganilgan xovuz yuqorida tilga olingan xovuzdan ikki marta kattadir, ya'ni uni to‘ldirish uchun 200000 kub m suv kerak bo‘ladi5.
Ushbu pastqam joylarda albatta xovuzlar bo‘lgan. biroq ularning hajmi ancha kichik bo‘lgan. Masalan, N. Raximboboeva tomonidan aniqlangan va keyinchalik L.Sokolovskaya tomonidan o‘rganilgan X-XI asrlarga oid hovuzning diametri 12,5 m va chuqurligi 3 m bo‘lgan. Ushbu hovuzning devorlari slanetsli toshlar yordamida yaxshilab mustahkamlangan bo‘lgan. Hovuzlarning bunday hajmi normal hisoblanadi. Agar Afrosiyodagi 15 ta pastqam joylarning barchasini hovuz deb hisoblasak, u holda ularni to‘ldirish uchun 1,500000 kub m suv kerak bo‘lgan. Ushbu hisoblarni biz M.I.Filanovich tomonidan o‘rganilgan eng kichik hovuzning hajmidan kelib chiqqan holda amalga oshirdik. Agar, A.A. Anarbaev tomonidan o‘rganilgan hovuzning hajmidan kelib chiqsak, u holda ushbu hovuzlarni to‘ldirish uchun 3 000000 kub m suv kerak bo‘ladi. Afrosiyobga bunday katta hajmdagi suv kelib turishi qiyin. Negaki, suv hamisha shahardagi cheklangan va qiyin muammolardan biri bo‘lib kelgan. Afrosiyobda qadimgi davrda ham o‘rta asrlarda ham hovuzlar bo‘lgan. Biroq, ularning hajmi kichik bo‘lgan. Afrosiyobning ariqlari dastavval V.L.Vyatkin tomonidan o‘rganilgan va u mikrorelefga qarab, bu yerning asosiy magistral kanallari Hazrati Hizr machitidan uchta tarmoqqa ajralganligini ta'kidlagan.Ushbu tadqiqotchilarning barchasi Afrosiyobda ariqlar yuqorida keltirilgan uchta yo‘nalishda bo‘lganligini ta'kidlaydi. Birinchi ariq g‘arbiy yo‘nalishda, Navbahor darvozasiga yo‘nalgan bo‘lgan. Ushbu ariq G.V.Shishkina tomonidan 6 qazishmada aniqlangan va uning o‘zani mil.av. III asrlarda ham hukm surganligi ta'kidlangan.Birinchi ariqdan biroz sharqroqda magistral kanal o‘tgan bo‘lib, u janubiy darvoza oldidan Shayx Basir mozoriga yo‘nalgan va shimolga qayrilgan hamda shimoli sharqda Buxoro darvozasiga burilgan. Aftidan, qadimgi saroy ham ushbu magistral kanaldan suv ichgan. M.N.Fedorov tomonidan uchinchi mudofaa devori yaqinida qazishma o‘tkazildi va bu yerdan olingan materiallar mil.av. I asrlar bilan sanalandi.Afrosiyobning janubida Hazrati Hizr machitidan janubi sharqqa yo‘nalgan ancha yirik magistral kanal N.B. Nemsova tomonidan o‘rganilgan (eni 4 m dan kam emas). Uning tomonidan qazilgan har uchala qazishmadan mil.av. II-I asrlarga oid materiallar topilgan. Bu kanalallar mo‘g‘illar istilosigacha hukm surgan.Afrosiyob hududlaridan topilgan kanallarni ko‘pchiligining eni 2 m va chuqurligi 1,5 m dan oshmagan. Ular uncha katta bo‘lmasligi lozim bo‘lgan, negaki, Jui Arziz tomonidan Samarqand shahriga suv chiqarish cheklangan bo‘lgan.Ushbu kanallardan suvlar mayda ariqlar orqali shaharning mahallalariga va hovuzlariga tarqalgan. Magistral kanaldan oqib chiqadigan ariqlardan biri A.A.Anorboev tomonidan o‘rganilgan101. Uning fikricha, bu kanaldan mahalalarga suv suv o‘tkazgich quvurlar orqali amalga oshirilgan, chunki, bunday quvurlar ilk o‘rta asrlar davridan boshlab bu yerdan topila boshlaydi.Shunday suv o‘tkazgich quvurlari Yu.F. Buryakov va Sh.S. Toshxo‘jaevlar tomonidan machit va ark oralig‘idan topilgan. Bu yerdan Buxoro darvozasiga va saroy kompleksiga asosiy kirish joyiga qarab ko‘cha o‘tgan. Bu ko‘cha bo‘ylab suv o‘tkazgich quvurlar tizimi o‘tgan102. So‘ngra, bu suvlar oldi dambalanib, ark qasrigacha yetib borgan. Arkning ichidan, VII-VIII asrlar platformasi bilan bir xil balandlikdan O.N.Inevatkina tomonidan sardoba aniqlangan. Uning fikricha, ushbu ilk o‘rta asrlar sistemasi qadimgi davrda ham hukm surgan bo‘lishi mumkin.Qadimgi shaharlar arklarining suv bilan tahminlanishi avtonom bo‘lishi zarur shartlardan biri bo‘lgan, negaki arklarning ko‘pchiligida quduqlar aniqlangan. Bunday quduq Afrosiyob arkida ham bo‘lgan.Shaharning suv taminoti borasida Yu.F.Buryakov tomonidan qiziqarli ishlar amalga oshirilgan. U shaharning suv ta'minoti masalalarini o‘rganar ekan, diqqatini Afrosiyobga suv Siyob va Obimash'ad ariqlaridan olib chiqilganligi muammolariga qaratdi. U R.L.Ligay ismli geomorfolog ishtirokida Siyobning qadimgi allyuvial yotqiziqlari ancha sharqroqda va ariqning tubi qadimda hozirgidan 11,4 m balanroqda joylashganligini aniqladi. Shundan kelib chiqib, Yu.F. Buryakov qadimda Siyob suvlari shaharni sug‘orishda foydalanilgan degan fikrni ilgari suradi1.Shuningdek, Yu.F. Buryakov tomonidan qadimgi magistral kanallari janubdan shimolga qarab cho‘zilgan bo‘lganligi aniqlangan. Shaharning eng g‘arbiy chekkasidan oqib o‘tadigan kanalning eni 5,8-12 m oralig‘ida o‘zgarib turgan. Yu.F. Buryakov tomonidan aniqlangan ikkinchi kanal Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi yaqinidagi Shaxriston kesmalaridan topilgan. Bu kanalning eni 8 m va uning ichidan topilgan materiallar mil.av.I ming yillik o‘rtalaridan millodning I asrlariga oidligi aniqlangan. Shunday qilib, shaharlarni va qishloqlarni suv bilan tahminlash hamma davrlarda Sharqdagi qadimgi jamiyatlar hayotidagi asosiy muammolardan biri bo‘lgan. Samarqandning suv ta'minotida asosiy rolni janubiy darvozalardan boshlangan va hovuzlar, quvurlar hamda quduqlarni suv bilan ta'minlagan magistral kanallar o‘ynagan. Ushbu magistral kanalla eng qadimgi davrlardan o‘zgarishlarsiz mo‘g‘ullar bosqinigacha hukm surgan.
Qadimgi Samarqandning ko‘chalar tizimi, o‘rta asrlarga ko‘chalardan tashqari106, kam o‘rganilgan va bu haqda yozma manbalar yo‘q.
Agar, qadimgi shaharlarning asosiy magistral ko‘chalari o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirmaganliklarini hisobga olsak, u holda Saramarqandning o‘rta asrlardagi ko‘chalarini qadimgi ko‘chalar o‘rniga qurilgan deyish mumkin.
Ta'kidlash joizki, Samarqandning ko‘chalari, xuddi ariqlar kabi magistral kanallarning uzunasi bo‘ylab janubdan shimolga cho‘zilgan bo‘lgan. Bundan tashqari, shaharning asosiy darvozalari ham yo‘llar bilan tutashtirilgan bo‘lgan. Yu.F. Buryakov tomonidan sharqiy darvoza yaqinidan 8 ta ko‘chalardan iborat yo‘llar tizimi aniqlangan va ulardan eng qadimgisi mil.av. I ming yilliklarning o‘rtalaridan millodning I asrlari bilan sanalangan6.
Shunga o‘xshash yo‘llar G.V. Shishkina tomonidan aniqlangan va bu yo‘llar shaharning asosiy darvozasiga shimol tomondan yondashgan bo‘lgan. Bu yerdagi yo‘llar ham mil.av. I ming yillik o‘rtalaridan mo‘g‘illar istilosigacha davrlar bilan sanalangan. Bunday yo‘llar Navbahor va Janubiy darvozalar atrofida ham aniqlangan107.
Shunday qilib, qadimgi Samarqandning asosiy darvozalari ko‘chalar tizimi bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lgan. bundan tashqari, magistral kanallar bo‘ylab cho‘zilgan va janubdan shimolga yo‘nalgan yo‘llar ham mavjud bo‘lgan.
Afrosiyobning o‘nqir cho‘nqir relefi, undagi yo‘llarning qayta qurilishiga xalaqit bergan. Shaharning chuqur joylaridan o‘tgan ko‘chalar imkon qadar to‘ldirilgan va bu holat bu yerdagi uy joylar qurilishidan chiqqan chiqitlar evaziga amalga oshirilgan. Biroq, ushbu to‘lg‘azmalar arxeologlarning aksariyati tomonidan hovuzlar deb qaralgan. Shunday qilib, Afrosiyobda shaxmat shaklidagi planirovkani kuzatish qiyin va bunga shaharning relefi xalaqit bergan. 2002 yilda O‘zbek-Fransuz ekspeditsiyasi omeyyad hukmdori Nasr bin Sayyorning yirik saroyida qazish ishlarini davom ettirdi. Ushbu saroy VIII asrning 40- yillarida bunyod etilgan (Afrosiyob, 11-qazishma). IX asrning boshlarida saroyning xarobalari ustiga Abbosiylar davrida qurilgan machit barpo qilinadi. Bu yilda ishlarning asosiy maqsadi binoning qirish joyini aniqlash edi va u binoning shimoliy tarafida bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan edi. Shuningdek, binoning kirish qismiga tutashgan xonalarni o‘rganish ham maqsad qilib qo‘yildi. Saroy shimoliy yuzasining g‘arbiy bo‘lagini qazish natijasida markaziy yarim yumaloq minora topildi. Shunga o‘xshash diametri 2 m keladigan minora 15 m g‘arbroqdan topildi. Ushbu maydonning o‘zidan saroyning ichkarisida hajmi 7x6 m bo‘lgan ikkita xona aniqlandi va bu xonalar 1,5 m lik yo‘laklar bilan o‘zaro tutashgan (20 va 21 xonalar)7. 21 xonadan yana ikkita o‘tish joyi bo‘lib, ulardan g‘arb va janub tomonlarga chiqilgan. Xonalarning dastlabki pollari siniq loy bo‘laklaridan terilgan. Biroq, so‘ngra 20-xonaning poli ganch yordamida pishgan g‘ishtlardan teriladi. 21-xona ochib o‘rganilganda uning polidan paxsa bilan tekislangan pol aniqlandi va bu aftidan xonaning poli relefini tekislash maqsadida amalga oshirilgan. Bu fikr xona tashqi devori asosining g‘arbga qarab qiyalashganligi bilan ham o‘z tasdig‘ini topadi


Xulosa
Zarafshonning yuqori oqimi hududlarida eneolit davridayoq o‘troq dehqonchilik madaniyati qaror topadi. Sarazm qishlog‘ining bronza davriga oid madaniy qatlamlarida urbanizatsiya alomatlari namoyon bo‘la boshlaydi.So‘nggi bronza davrida O‘rta Osiyoning o‘troq dehqonchilik markazlaridagi protoshahar madaniyati inqirozga uchragandan so‘ng o‘lkada, xususan, M.X.Isamiddinov boshchiligidagi arxeologik ekspeditsiya fransuzlar bilan hamkorlikda amalga oshirgan arxeologik ekspeditsiya So‘g‘dda ilk temir davrida qaror topgan o‘troq dehqonchilik qishloqlari zaminida mil.avv. VIII-VII asrlarda Afrosiyob o‘rnida qadimgi 19 ga. maydonni yassi-qavari g‘ishtlardan o‘rab olingan shahar shakllanganligini isbotlashgan. Bu davrda, ya'ni mil.avv. VII asr boshlarida Afrosiyobda shahar to‘liq shakllanadi. Saroyning va xususan shaharning kattaligi bu yerdan shaharning va balki butun davlatning hukmdori yashaganligidan guvohlik beradi.Bu bevosita o‘lkada ma'lum boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan davlatchilik shakllanganligidan dalolat beradi. Ilk yozma manbalarda keltirilgan Smarakansa shahri bo‘lganligi shubhasiz. Keyingi bosqichda, ya'ni ahomoniylar davriga kelib, O‘rta Osiyo Eron hukmdorlari tomonidan bosib olinganidan so‘ng Afrosiyobning maydoni kengayib, yangi muhofaza devori bilan mustahkamlanadi. Bu davrda manzilgohning ark qismida yangi qurilishlar amalga oshiriladi. Shaharning savdo-iqtisodiy mavqyei kuchayganligi Inevatkina O.N. tadqiqotlarida to‘liq aksini topgan.Antik davriga kelib Samarqandning qudrati yanada kuchayadi. Bu davrga oid yunon-rim mualliflari keltirgan ma'lumotlarga ko‘ra Marakand nomi bilan yuritilgan shaharning maydoni 219 ga. ni tashkil etgan. Bu davr qadimgi So‘g‘d madaniyati tarixi davrida burilish davri bo‘ldi. Bu bosqichda so‘g‘d hududlari to‘liq o‘zlashtirildi va aholining zichlashuvi jarayoni kuzatildi. To‘g‘ri burchakli hamda kvadrat shaklidagi qo‘rg‘onlarga ega bo‘lgan, ya'ni, ellin an'analarga o‘xshashga xarakat qilingan yangi shaharlarning o‘sishi boshlandi. Bu davrda Afrosiyob muhofaza devorlari ellin qurilish usulida kvadrat shaklli standart g‘ishtlardan barpo etilgan qo‘shimcha devorlar bilan boyitiladi.


Yüklə 118,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin