Mavzu: Afrosiyob qadimgi Samarqant tarixshunosligi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Afrosiyobda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqot ishlari natijalari



Yüklə 118,05 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü118,05 Kb.
#201791
1   2   3   4   5   6
AFRASIYAB

Afrosiyobda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqot ishlari natijalari
Zamonaviy topografik xaritalarda Afrosiyobning to‘rtta mudofaa devorlari bo‘lganligi aniq ko‘rinib turadi. Ulardan birinchi va to‘rtinchi devorlar eng qadimiy hisoblanadi. Ikkinchi va uchinchi devorlar so‘ngi antik va ilk o‘rta asrlarga oidligi aniqlanganKeyingi yillarda birinchi devor tarkibiga kiruvchi guvalasimon g‘ishtli devorlar aniqlandi. Bunday topilmalar to‘rtinchi devordan ham topilgan. Bunday g‘ishtli devorlar ahmoniylar davri devorlari ostidan topilgan. Bunday guvalasimon g‘ishlarning keyinchalik ahmoniylar davrida standart g‘ishtlarga o‘sib o‘tganligini Afrosiyobda kuzatish mumkin. Afrosiyobdagi mudofaa devorlarini o‘rganishning yangi bosqichi 1989 yilda O‘zbek Fransuz ekspeditsiyasi tomonidan boshlandi. Bunga akademik P. Bernar boshchilik qildi.
Afrosiyob mudofaa devorlarining shimoliy chekkasida S.K.Kabanov paxsa devorlarining mavjudligini ta'kidlagan edi. Ammo, u bu paxsa asosiy devor tagini tekislash uchun qilinganligini sezmagan. Keyingi tadqiqotlar ushbu paxsaning mudofaa devori bilan bir vaqtda hukm surgan devor qoldig‘i ekanligini ko‘rsatdi. Bu yerdagi yo‘lak galereya tipidagi so‘ngi ellin va paxsa devorlar 18,8 m uzunlikda kuzatiladi. Ellin va ahmoniylar davri devorlari yo‘lak galereyalari 2,30-2,10 m kenglikda qurilgan. Bu devorlar shimoliy tomondan 1 m qalinlikda va 1,30 m balandlikdagi kontrfors yordamida mustahkamlangan. 1990 yilda M.I. Filanovich tomonidan amalga oshirilgan qazishma tozalandi va bu yerdan ham ahmoniylar davri paxsa devorlari aniqlandi. Shunday qilib, yangi va eski qazishmalardan ancha qadimgi devorlar, paxsali qurilmalar aniqlandiki, ular mil.av. I ming yillikning o‘rtalariga oiddir. “Buxoro davrvoza”sidagi qazishmalar. Bu yerda dastlab G.V. Shishkina qazish ishlari olib borgan va uning qazishmalarida bir nechta yo‘llar kesishganligiga qarab, u “Buxoro darvozasi” aynan shu yerda joylashgan degan fikrga kelgan.Ammo, u ushbu darvozaning aniq joyini aniqlamagan edi. 1991 yilda M.X. Isomiddinov va K.Rapenlar bu yerdagi qadimiy devorlarning shahar mudofaa tizimidagi o‘rnini aniqlashga kirishdilar. Ma'lum bo‘lishicha, Buxoro darvozasi o‘rnida qadimda jarlik bo‘lgan va bu yerdan Siyob arig‘iga yomg‘ir suvlari oqib tushib turgan. Bu yerda Afrosiyobning qadimgi aholisi lumboz tipidagi primitiv mudofaa inshoatini barpo etganlar. Aynan ana shu tabiiy qiyalikan qadimgi aholi darvoza sifatida foydalanilgan.Ahmoniylar va undan oldingi davrlarda bu yerdagi tik qiyalik tekislangan va darvozaning har ikkala chekkasiga to‘rtburchak g‘ishtlardan devor terilgan. Darvozaning eni 2 m bo‘lgan, bu yerdan ahmoniylargacha bo‘lgan devorlar topilmagan, balki faqat ellin davr devorlari qoldiqlari aniqlangan. Ekspeditsiya 1977 yilda Sh.S. Toshxo‘jaevning 27-qazishmasida ham ish olib bordi. Natijada uning eng quyi qismidan loy bo‘laklaridan qilingan (lumboz) val aniqlandi. Bu devor 3 m gacha balandlikda saqlanib qolgan. Bu yerdan ilgari aniqlanmagan usti yumaloq g‘ishtlar topildi. Ularning ustki qismida qo‘lda chizilgan belgilar mavjud. ushbu devor 6 m balandlikgacha saqlanib qolgan. Bu yerdagi 5 qatlam qisman val bilan qoplangan va bu ushbu qatlamning mudofaa vali bilan bir vaqtda hukm surganligidan dalolat beradi. So‘ngra, ushbu usti yumaloq qadimgi g‘ishtli devor to‘rtburchak g‘ishtlar bilan ta'mirlangan. Devorning ichki tomonida 2 m dan oshadigan qalinlikdagi madaniy qatlamlar hosil bo‘lgan. bu yerdagi madaniy qatlamlar (1-5) ilk temir davridan mil.av. VI-V asrlarga oiddir. O‘zbek-Fransuz ekspeditsiyasigacha hyech kim Afrosiyobdagi qadimgi mudofaa devorlarini davrlashtirmagan, ya'ni qurilish davrlariga ajratmagan.
Faqatgina 15A-qazishmadan yumaloq g‘ishtlar aniqlanganidan keyingina shaharning ichki tarafida ularga sinxron madaniy qatlamlar borligi aniqlandi va bu qatlamlarning qalinligi 2 m ga yetadi. Shunga o‘xshash qatlamlar 44, 28 va asosan, 27- qazishmalarda ham aniqlandi. Bu qazishmalar shaharning ilk urbanizatsiya jarayonlarini o‘rganish istiqbollarini belgilashda katta ahamiyatga ega.
27-qazishmadagi devorning katta ta'mirlash ishlari aftidan ahmoniylar davrida amalga oshirilgan. Bunday ta'mirlash ishlari ikki marta amalga oshirilgan. Birinchi ta'mirda 50x25 va 28x10 sm keladigan to‘rtburchak g‘ishtlardan foydalanilgan. Ikkinchi bosqichda devor 0,5 m keladigan paxsa bilan qoplangan. Aftidan, 6 qazishmadagi paxsa galereyalar 27-qazishmadagi ikkinchi ta'mirlash bosqichi bilan bir vaqtda qilingan.Shunday qilib, M.To‘rabekovning bu yerda olib borgan qazishmalaridan lumbaz uslubida qurilgan mudofaa vali aniqlandi. Oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin ushbu devorning ichki tarafidan 2 m keladigan madaniy qatlamlar paydo bo‘la boshlagan. Bu devorning ustidan 7 m balandlikdagi monolit devor qurilgan. Qadimgi mudofaa devorining yumaloq g‘ishtlari O.N. Inevatkina tomonidan 28, 27 va 44-qazishmalarni tozalash ishlari mobaynida ham aniqlangan.
Bu g‘ishtlarning uzunligi 56 dan 63 sm gacha. Ular asosan yupqa, biroq yon tomonlari silliqlangan va usti bo‘rtib chiqqan. Ular orasida kaltalari ham bo‘lib (46x24x6 va 48x35x8 sm), ularning ustki qismi ko‘proq bo‘rtib chiqqan va yumaloq shaklda. G‘ishtlar oraslig‘idagi loyning qalinligi 2-3 sm dan 15-20 sm gacha yetadi (rasm. 6a, 6b). Bu usti bo‘rtib chiqqan g‘ishtlarning nostandart shakli oqibatidandir. Bu g‘ishtlar devor uzunasiga ko‘ndalang tarzda terilgan .Uchinchi qurilish davrining devori birinchi qurilish davrining nurab tushgan qismi ustiga qurilgan. So‘ngra, uning ustidan ellinistik davr devori qurilgan. Shunday qilib, Afrosiyobda lumbaz tipidagi primitiv mudofaa devorlari qoldiqlari aniqlandi va uning balandligi 3 m ga yetadi. Ammo, bu devorning eni aniqlanganicha yo‘q. Uning eni 6-7 m dan kam bo‘lmagan bo‘lishi kerak. Negaki, undan keyin qurilgan to‘rtburchak g‘ishtli devorning eni shuncha. Afrosiyobda mudofaa devorlari jarliklarning yoqasiga qurilgan.
Ma'lum vaqt o‘tganidan keyin monolit paxsa devor, so‘ngra yo‘lakli galereyali devor paydo bo‘lgan.Afrosiyobning yumaloq yuzali g‘ishtlari yumaloq yuzasi yuqoriga qaratilgan holda terilgan. So‘g‘d ahmoniylar imperiyasi tarkibiga kirganidan keyin bu yerda shahar qurilishi va uning muhim elementi bo‘lgan mudofaa devorlari bunyod etish ishlari ham o‘zgargan. Aftidan, aynan shu davrdan yo‘lakli galereyali hamda tuynakli mudofaa devorlari qurilishi boshlangan. Bu davrga oid minoralar Afrosiyobda aniqlanmagan. Ammo, shimoliy Baqtriyada ular Qiziltepa yodgorligida aniqlangan va ular to‘g‘ri to‘rtburchak shaklli66. Ushbu shahar xuddi Afrosiyob singari uch tomondan tabiiy jarliklar bilan va bir tomondan ulkan botiq bilan o‘ralgan. Afrosiyobning fortifikatsiya tizimida mil.av. I ming yilliklarning o‘rtalarida uchta katta bosqich bo‘lgan. Eng qadimgi val bo‘lib, u shaharning turli chekkalarida turlicha barpo qilingan. Tabiiy baland joylar biroz ishlov berilgan va devorga aylantirilgan. Tabiiy tekis joylarga esa loy bo‘laklaridan lumboz uslubida va qurilgan. Afrosiyobning shimoliy qismi baland jarlik bilan qoplangan va bu qismida devor qurilmagan. Bu davrning devorlarini xarakteri va ularning tagidan topilgan chaplama sopol buyumlari qoldiqlariga ko‘ra ilk temir davri bilan sanalash mumkin. Ammo, 27-qazishmaning 1-qatlamidan topilgan val qoldiqlari mil.av. VIII asrning o‘rtalari yoki oxirlari bilan sanalash mumkin. Bu haqda bu yerdan topilgan charxda ishlangan silindr konus shaklidagi hamda chaplama naqshli sopol idishlar qoldiqlari guvohlik beradi. Afrosiyobdagi mudofaa sistemasining ikkinchi bosqichida yumaloq yuzali g‘ishtlardan qurilgan devorlar xarakterlaydi. Bunday qurilish uslubi va g‘ishtlarning o‘zi O‘rta Osiyoning shimoli sharqiy rayonlarida ilk temir davri bilan sanalangan. Afrosiyob mudofaa inshoatlarining ikkinchi qurilish davrida bir tomondan eski an'analar saqlanib qolsa, ikkinchi tomondan qator yangiliklar qilinadi. Yangi devor avvaldan mavjud bo‘lgan val ustiga xuddi o‘sha qalinlikda quriladi va endi guvalaklardan foydalaniladi. Afrosiyobning fortifikatsiyasi talqinidan ko‘rinib turibdiki, uning to‘rtala aylana devorlari ham to‘liq yumaloq g‘ishtlardan qurilgan. Uning birinchi aylanasi Afrosiyobning shimoli g‘arbiy burchagidan Siyob arig‘ining shimoli sharqiy burchagigacha arkning janubiy qismini to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘rab olgan.
Biroq, Afrosiyobning shimoliy qismida bu devor hyech qaerda qayd qilinmagan. Nima uchun arkning butun shimoliy qismi devor bilan o‘ralmagan degan savol tug‘iladi. Bu qismda yaxshi saqlangan paxsa devorlar qayd qilingan va stratigrafik jihatdan bu devor ahmoniylar davriga oiddir.

Yüklə 118,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin