Mavzu: Afrosiyob qadimgi Samarqant tarixshunosligi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Afrosiyobni arxeologik o’rganish tarixi



Yüklə 118,05 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü118,05 Kb.
#201791
1   2   3   4   5   6
AFRASIYAB

Afrosiyobni arxeologik o’rganish tarixi.
Samarqandning o’tmishi mana 150 yildirki arxeologlar, tarixchilar, sharqshunoslar va boshqa qiziquvchilarning diqqatini o’ziga jalb qilib kelmoqda. Ta’kidlasb o’tish joizki, So’g’dning qadimgi tarixi va madaniyatini o’rganish ishlari rus olimlari tomonidan boshlangan edi.Samarqandning butun O’rta Osiyo tarixida katta o’rin tutishi uni o’rganish ishlarini boshqa hududlarga nisbatan ancha ertaroq boshlanishiga sabab bo’ldi.Samarqand va Samarqand So’g’dining o’rganilish tarixini uchta davrga ajratish mumkin. Uni dastlab rus olimlari, harbiylari va sharqshunoslari Afrosiyob va uning atrofini o’rganishdan boshlaganlar.35 1841- yilda Buxoro xonligiga tashrif buyurgan N.V. Xanikov Samarqandning topografik xaritasini va Afrosiyobning tasnifini keltirgan. Samarqand Turkiston general gubernatorligiga qo’shilganidan keyin Afrosiyobni arxeologik tadqiq qilish ishlari boshlandi. Baxtga qarshi, harbiy havaskorlar tomonidan amalga oshirilgan ilk qazishmalar ko’proq boylik izlash maqsadida amalga oishrilgan edi. Qazishmalar chuqur o’ralar qazish orqali amalga oshirilgan, negaki, u davrda hali arxeologik qazish ishlarining uslublari ishlab chiqilmagan edi. Keyinchalik, V.V. Krestovskiy tomonidan Afrosiyobda olib borilgan qazish ishlari bu yerda ellinizm davri qatlamlari mavjudligini aniqladi. Ammo, u davrning uslublari arxeologik qazishmalar talablariga javob bermas edi.1883 yilda Afrosiyobda mashhur sharqshunos N.I. Veselovskiy ishlar olib bordi. Ammo, unda arxeologik tajribaning yo’qligi tadqiqotlarga o’z ta’sirini o’tkazgan. N.I. Veselovskiy olib borga ishlarni bitta quyidagi dalil bilan izohlashmumkin. U to’rt oylik dala ishlari mobaynida Afrosiyobning 109 ta punktida kichik hajmli shurflar qazgan. Bu holat katta shahar xarobalarini qazish uslublariga ziddir. Ammo, shunday bo’lsada, N.I. Veselovskiy tomonidan hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmay kelayotgan Afrosiyobning aniq topografik xaritasi ishlab chiqilgan.
1894- 1895 yillarda Afrosiyobda Fransiyalik arxeolog Shaffanjon tomonidan “qazish” ishlari olib borilgan. Ammo, Afrosiyobda vahshiylarcha ishlar olib borgan, ya’ni madaniy qatlamlarni portlatib, so’ngra materiallarni yig’ib olgan. Hozirda uning yiqqan materiallari Parij shahridagi Gime muzeyida saqlanmoqda. Keyingi yillarda Samarqand va uning atrofini o’rganish tarixi bilan S.M. Gorshenina shug’ullanmoqda .37
Samarqand va uning atrofini o’rganishda V.L. Vyatkinning ishlarini alohida ta’kidlash joiz. U Samarqandning yoshini eramizning 4 asrlari bilan sanalagan va shaharning antik manbalarda ta’kidlangan Maroqand deb atalishini inkor qiladi. 38
Shunday qilib, XX asrning 30-yillargicha Afrosiyobning rus olimlari tomonidan o’rganilishi primitiv uslublar yordamida dastlabki tadqiqotlardan iborat bo’lgan.
Ikkinchi davrning ikkinchi bosqichida Samarqandda O’zR FA ning bazasi ochiladi va unga A.I. Terenojkin rahbarlik qiladi. U tez orada eski qazishmalarni tozalash oqibatida Afrosiyobning qadimgi madaniyatini dastlabki davrlashtirilishni ishlab chiqdi va ushbu davlashtirish keyinchalik katta munozoralarga sabab bo’ldi. O’sha paytlarda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar A.I. Terenojkinning o’zi tomonidan tuzatilgan edi . Uning asosiy xizmati Afrosiyobda madaniy komplekslar bloklarini ajratib chiqqanligida bo’ldi. A.I. Terenojkin stratigrafik jihatdan aralashmagan komplekslarni kolonkalarini ajratishning imkonini topdi va ushbu kolonkalar hozirda ham Afrosiyobni davrlashtirishda qo’llanilib kelinmoqda. Afrosiyobning eng quyi qatlamlaridan olingan komplekslar Afrosiyob 1 bosqichi deb atalib, sak axmoniylar davri bilan sanalanadi (mil.av. VI-IV asrlar), Afrosiyob 2 va 3 bosqichlari esa “sak ellinistik” davrlari bilan belgilanadi (er.av. IV-II asrlar). Afrosiyob 4 bosqichi konguy yuechji davri bilan sanalanadi .39
1958 yildan Samarqand arxeologiyasini o’rganishning uchinchi davri boshlanadi va u ham ikkita bosqichga ajraladi. Uning birinchi bosqichi Afrosiyobning davlat tomonidan ochiq osmon ostidagi muzey qo’riqxona deb e’lon qilinishi va O’zR FA Arxeologiya va Tarix instituti tomonidan arxeologik ekspedisiyaning tashkil qilinishi bilan xarakterlanadi. Ushbu ekspeditsiyaga V.A. Shishkin rahbarlik qiladi. 1966 yildan V.A. Shishkinning vafotidan keyin ekspedisiyaga Ya.G’. G’ulomov rahbarlik qiladi.40 Ekspedisiya tarkibida turli yillarda arxeologlardan T.R. Agzamxodjayev, D.I. Varxotova, V.D. Jukov, S.K. Kabanov, Ya.K. Krikis, Yu.F. Buryakov, O.V. Obelchenko, G.V. Shishkina, L.G. Bruchenkolar qatnashganlar.41
Asosiy e’tibor Afrosiyobning stratigrafisi va topografiyasini o’rganishga qaratildi. Ular orasidan N.B. Nemsevaning Shoxi Zinda atrofida olib borgan qazishmalari natijasida mil. av. 6 -5 asrlarga oid komplekslarning topilishini alohida ta’kidlash joiz.O’sha yillarda M.I. Filanovich tomonidan Afrosiyobning shimoli g’arbiy qismidagi yirik hovuzning shimolida amalga oshirgan qazishmalari natijasida er.av. VII asrga oid makon izlari topilgan.42 Keyinchalik, uning ushbu xulosasi yangi tozalash ishlari yordamida yanada aniqlashtirilgan .
Afrosiyobning antik davri qatlamlarini o’rganishda G.V.. Shishkina hamda43 S.K. Kabanovlar44 katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Samarqandning suv ta’minoti va viloyatdagi irrigatsiya masalalari o’sha yillarda A.R. Muxammadjonov tomonidan o’rganilgan va bir qancha ilmiy jurnallarda maqolalari chop etilgan .45
Ko’chmanchilarning qo’rg’onlarini o’rganayotgan paytda O.V. Obelchenko Urgut tumanida bronza davrining qabrini topadi va bu So’g’ddagi bronza davrini tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.46 Afrosiyob hududida joylashgan Siyobcha qabri va Zarafshonning chap sohilidan topilgan Chakka qabri ham shular jumlasidandir. Shuningdek, N.A. Avanesova tomonidan To’qay qishlog’i topib o’rganildi Yuqoridagi tadqiqotlarning hammasini ham muvaffaqiyayatli deb bo’lmaydi. Masalan, M.K. Pachos, Afrosiyobning mudofaa devorlarini maxsus o’rganar ekan, Samarqandga IV asrda asos solingan, degan xato fikrni ilgari suradi.1971- 1979 yillarda Afrosiyob ekspeditsiyasiga Sh.S. Toshxo’jayev , 1979- 1987 yillarda G.V. Shishkinalar rahbarlik qiladi. Bu davr Afrosiyobda barcha davrlarni qamrab olgan arxeologik tadqiqotlarning kengayishi bilan xarakterlanadi. Yodgorlikni o’rganish ishlariga turli jabhalardagi mutaxassislar jalb qilinadi. Bu yerda turli yillarda I. Axrarov, A.A. Anarboyev, X.G. Oxunboboyev, L.I. Albaum, L.G. Brusenko, Yu.F. Buryakov, E.Yu. Yuryakova, O.N. Inevatkina, I.D. Ivaniskiy, S.K. Kabanov, T.I. Lebedova, N. Raximboboyeva, Sh. Shoraximov, M.K. Pachos, M.I. Filanovich va boshqalar ishtirok etadi. Afrosiyobdan topilgan devoriy sur’atlar, mudofaa inshoatlari, sopol va shisha idishlarning restavratsiya va konservatsiya ishlari bilan A.A. Abdurazzoqov boshchiligidagi ximik texnologilar guruhi shug’ullana boshladi1998 -yilda O’zbek Fransuz ekspedisiyasining tashkil etilishi bilan (O’FAE) uchinchi davrning ikkinchi bosqichi boshlandi. 1989- yildan boshlab Afrosiyobni o’rganish ishlariga fransuz olimlari ham qatnasha boshlashdi. O’zbek Fransuz hamkor arxeologik ekspedisiyasi Afrosiyobni o’rganish ishlarini yangi sifat bosqichiga ko’tarish imkonini berdi. Ekspedisiyaga fransuzlar tarafidan akademik Pol Bernar, ekspedisiya rahbari Tilshunoslik va tasviriy san’at akademiyasining muxbir a’zosi Frans Grene, ilmiy xodimlardan Klod Rapen, Bertil Lione, geograf Pyer Jantel hamda keyingi yillarda ilmiy xodim Lorian Sev Martinezlar qatnashmoqda.
O’zbekiston tarafidan M.H. Isomiddinov (ekspedisiya hamrahbari), ilmiy xodimlardan H.G’. Oxunboboyev, N. Raximboboyeva, L.F. Sokolovskaya va I.D. Ivaniskiylar qatnashgan.
Ekspedisiya ishlariga Moskvadagi Sharq xalqlari san’ati muzeyi xodimi O.N. Inevatkina ham jalb qilingan. U “Qadimgi Samarqandning er.av. 6 va eramizning 5 asrlarda shahar tarkibidagi Saroyi” mavzusida dissertasiya himoya qildi. Shuningdek, Afrosiyob ekspedisiyasida doktorant Yu.Karyev va arxitektor Ye. Kurtkinalar ishtirok etishdi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Samarqand tarixini o’rganishda asosiy e’tibor Afrosiyobga qaratilgan. Yodgorlikni o’rganishdagi eng qiyin masalalardan biri uning ko’p qatlamliligidir. Bu yerdagi antik davr qatlamlarini o’rganishda o’rta asrlarda qazilgan o’ra badroblar katta muammo tug’diradi, negaki, ular antik davr qatlamlarini buzib yuborgan. Antik davrlardan eng yaxshi saqlanib qolgan inshoatlar bu Afrosiyobning mudofaa devorlaridir. Chunki, ulardan o’rta asrlarda ham foydalanilgan. Bu shundan dalolat beradiki, antik davr mudofaa devorlari o’ta mustahkam qilib, tabiiy tepaliklarga va Siyob arig’ining tik sohillariga qurilganligi sababli ularda keyingi tarixiy davrlarda ham keng foydalanilgan. Jumladan, Afrosiyobning shimoli sharqiy qismidagi mudofaa devorlari Siyob arig’ining eng tik qirg’oqlarida qurilgan. Uning janubi g’arbiy qismidagi devorlar esa jarliklarning eng baland nuqtasiga bunyod etilgan. Parallel ravishda Afrosiyobning boshqa nuqtalarida ham qazish ishlari olib borildi va natijada, bu yerdagi qadimgi davrlardan boshlab mo’g’ullar istilosigacha bo’lgan davrdagi urbanizatsiya jarayonlari hamda moddiy madaniyatning taraqqiy qilish yo’llarida borasida yangi faktik dalillar olindi. Natijada bir qator masalalar o’z yechimini topdi:
1. O’rta Osiyoning eng yirik shaharlaridan biri bo’lgan Afrosiyobning sanasi er.av. 6 4 asrlarga, ya’ni O’rta Osiyoning ko’pgina hududlari Ahmoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan davrlarga oid ekanligi ko’pgina mutaxassislar tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi .50
2. Afrosiyobda er. av. 1 ming yillikning o’rtalaridan mo’g’ullar istilosigacha bo’lgan davrlargacha bo’lgan tarixiy arxeologik davrlashtirilishi ishlab chiqildi .
3. Qadimgi shahar tuzilishining asosiy elementlaridan bo’lgan shahar darvozalari, magistral yo’llari va sug’orish kanallari o’rganildi.
4.Ta’kidlash joizki, Afrosiyobdagi mudofaa inshoatlarini o’rganishga ham katta e’tibor berildi va natijada, qadimgi shahar tuzilishining asosiy elementi bo’lgan mudofaa devorlari taraqqiyotining asosiy bosqichlari aniqlandi.Samarqand so’g’di tarixining umumiy talqinidan ko’rinib turibdiki, bu yerda qadimgi sug’orish sistemasi va o’rta Zarafshon vodiysining umumiy o’zlashtirilishi masalalari o’rganilmasdan qolmoqda. Zarafshonning yuqori va o’rta qismini sug’organ suv manbalari qatoriga Darg’om, Bulung’ur, Poyariq, Yangiariq, Eski Angor va Siyob kanallarini kiritish mumkin.Tadqiqotchilar sug’orishning u yoki bu masalalarini yechishda asosan Darg’om yoki Eski Angor kanallarining paydo bo’lish davriga e’tibor berganlar. Qolgan boshqa kanallar o’rganilmasdan qolib kelmoqda. Ushbu kanallar sug’organ yerlarni hisoblab chiqish o’sha davr aholisining zichligini aniqlash imkoniniberadi. Zarafshonning har ikkala sohilidagi yerlarda bunday yirik kanallarning bunday qadimda paydo bo’lishi masalalari ham noaniqligicha qolmoqda. O’rta Osiyoda sug’orish ishlari hamisha dehqonchilikning va umuman inson faoliyatining asosiy omili bo’lib kelgan. Samarqand so’g’dining eng qadimgi davrlardan antik davrning oxirlarigacha bo’lgan davrlarga oid madaniy genezisi masalalari ham ishlab chiqilmagan. Shuningdek, Samarqand So’g’didan topilgan chaplama sopol idishlari haqidagi umumlashtirilgan ilmiy ishlarning yo’qligi ham bu yerdagi madaniyatning ildizlari va o’ziga xosliklarini aniqlash imkonini bermay kelmoqda. Zamonaviy topografik xaritalarda Afrosiyobning to’rtta mudofaa devorlari bo’lganligi aniq ko’rinib turadi. Ulardan birinchi va to’rtinchi devorlar eng qadimiy hisoblanadi. Ikkinchi va uchinchi devorlar so’ngi antik va ilk o’rta asrlarga oidligi aniqlangan .
Keyingi yillarda birinchi devor tarkibiga kiruvchi guvalasimon g’ishtli devorlar aniqlandi. Bunday topilmalar to’rtinchi devordan ham topilgan. Bunday g’ishtli devorlar ahmoniylar davri devorlari ostidan topilgan. Bunday guvalasimon g’ishlarning keyinchalik ahmoniylar davrida standart g’ishtlarga o’sib o’tganligini Afrosiyobda kuzatish mumkin.
Afrosiyobdagi mudofaa devorlarini o’rganishning yangi bosqichi 1989- yilda O’zbek Fransuz ekspedisiyasi tomonidan boshlandi. Bunga akademik P. Bernar boshchilik qildi.Afrosiyob mudofaa devorlarining shimoliy chekkasida S.K. Kabanov paxsa devorlarining mavjudligini ta’kidlagan edi. Ammo, u bu paxsa asosiy devor tagini tekislash uchun qilinganligini sezmagan. Keyingi tadqiqotlar ushbu paxsaning 12 qazishmadagi mudofaa devori bilan bir vaqtda hukm surgan devor qoldig’i ekanligini ko’rsatdi. Bu yerdagi yo’lak galereya tipidagi so’ngi ellinistik va paxsa devorlar 18,8 m uzunlikda kuzatiladi. Ellinistik va ahmoniylar davri devorlari yo’lak galereyalari 2,30 2,10 m kenglikda qurilgan. Bu devorlar shimoliy tomondan 1 m qalinlikda va 1,30 m balandlikdagi kontrfors yordamida mustahkamlangan.1990- yilda M.I. Filanovich tomonidan amalga oshirilgan qazishma tozalandi va bu yerdan ham ahmoniylar davri paxsa devorlari aniqlandi.
Shunday qilib, yangi va eski qazishmalardan ancha qadimgi devorlar, paxsali qurilmalar aniqlandiki, ular er.av. I ming yillikning o’rtalariga oiddir.“Buxoro davrvoza”sidagi qazishmalar. Bu yerda dastlab G.V. Shishkina qazish ishlari olib borgan va uning qazishmalarida bir nechta yo’llar kesishganligiga qarab, u “Buxoro darvozasi” aynan shu yerda joylashgan degan fikrga kelgan .Ammo, u ushbu darvozaning aniq joyini aniqlamagan edi. 1991 yilda M.X. Isomiddinov va K. Rapenlar bu yerdagi qadimiy devorlarning shahar mudofaa tizimidagi o’rnini aniqlashga kirishdilar. Ma’lum bo’lishicha, Buxoro darvozasi o’rnida qadimda jarlik bo’lgan va bu yerdan Siyob arig’iga yomg’ir suvlari oqib tushib turgan. Bu yerda Afrosiyobning qadimgi aholisi lumboz tipidagi primitiv mudofaa inshoatini barpo etganlar. Aynan ana shu tabiiy qiyalikan qadimgi aholi darvoza sifatida foydalanilgan. Ahmoniylar va undan oldingi davrlarda bu yerdagi tik qiyalik tekislangan va darvozaning har ikkala chekkasiga to’rtburchak g’ishtlardan devor terilgan. Darvozaning eni 2 m bo’lgan. bu yerdan ahmoniylargacha bo’lgan devorlar topilmagan, balki faqat ellinistik davr devorlari qoldiqlari aniqlangan.
Ekspedisiya 1977- yilda Sh.S. Toshxo’jayevning 27-qazishmasida ham ish olib bordi. Natijada uning eng quyi qismidan loy bo’laklaridan qilingan (lumboz) val aniqlandi. Bu devor 3 m gacha balandlikda saqlanib qolgan. Bu yerdan ilgari aniqlanmagan usti yumaloq g’ishtlar topildi. Ularning ustki qismida qo’ldachizilgan belgilar mavjud. ushbu devor 6 m balandlikgacha saqlanib qolgan. Bu yerdagi 5 qatlam qisman val bilan qoplangan va bu ushbu qatlamning mudofaa vali bilan bir vaqtda hukm surganligidan dalolat beradi. So’ngra, ushbu usti yumaloq qadimgi g’ishtli devor to’rtburchak g’ishtlar bilan ta’mirlangan. Devorning ichki tomonida 2 m dan oshadigan qalinlikdagi madaniy qatlamlar hosil bo’lgan. bu yerdagi madaniy qatlamlar (1-5) ilk temir davridan er.av. 6 5 asrlarga oiddir.O’zbek-Fransuz ekspedisiyasigacha hech kim Afrosiyobdagi qadimgi mudofaa devorlarini davrlashtirmagan, ya’ni qurilish davrlariga ajratmagan. Faqatgina 15A-qazishmadan yumaloq g’ishtlar aniqlanganidan keyingina shaharning ichki tarafida ularga sinxron madaniy qatlamlar borligi aniqlandi va bu qatlamlarning qalinligi 2 m ga yetadi. Shunga o’xshash qatlamlar 44, 28- va asosan, 27- qazishmalarda ham aniqlandi. Bu qazishmalar shaharning ilk urbanizatsiya jarayonlarini o’rganish istiqbollarini belgilashda katta ahamiyatga ega. 27-qazishmadagi devorning katta ta’mirlash ishlari aftidan ahmoniylar davrida amalga oshirilgan. Bunday ta’mirlash ishlari ikki marta amalga oshirilgan. Birinchi ta’mirda 50x25 va 28x10 sm keladigan to’rtburchak g’ishtlardan foydalanilgan. Ikkinchi bosqichda devor 0,5 m keladigan paxsa bilan qoplangan. Aftidan, 6 qazishmadagi paxsa galereyalar 27-qazishmadagi ikkinchi ta’mirlash bosqichi bilan bir vaqtda qilingan. Shunday qilib, M To’rabekovning bu yerda olib borgan qazishmalaridan lumbaz uslubida qurilgan mudofaa vali aniqlandi. Oradan ancha vaqt o’tgandan keyin ushbu devorning ichki tarafidan 2 m keladigan madaniy qatlamlar paydo bo’la boshlagan. Bu devorning ustidan 7 m balandlikdagi monolit devor qurilgan. Qpadimgi mudofaa devorining yumaloq g’ishtlari O.N. Inevatkina tomonidan 28, 27 va 44-qazishmalarni tozalash ishlari mobaynida ham aniqlangan.
Bu g’ishtlarning uzunligi 56 dan 63 sm gacha. Ular asosan yupqa, biroq yon tomonlari silliqlangan va usti bo’rtib chiqqan. Ular orasida kaltalari ham bo’lib (46x24x6 va 48x35x8 sm), ularning ustki qismi ko’proq bo’rtib chiqqan va yumaloq shaklda. G’ishtlar oraslig’idagi loyning qalinligi 2 3 sm dan 15 20 smgacha yetadi. Bu usti bo’rtib chiqqan g’ishtlarning nostandart shakli oqibatidandir. Bu g’ishtlar devor uzunasiga ko’ndalang tarzda terilgan.Uchinchi qurilish davrining devori birinchi qurilish davrining nurab tushgan qismi ustiga qurilgan. So’ngra§ uning ustidan ellinistik davr devori qurilgan.Shunday qilib, Afrosiyobda lumbaz tipidagi primitiv mudofaa devorlari qoldiqlari aniqlandi va uning balandligi 3 m ga yetadi. Ammo, bu devorning eni aniqlanganicha yo’q. Uning eni 6 7 m dan kam bo’lmagan bo’lishi kerak. Negaki, undan keyin qurilgan to’rtburchak g’ishtli devorning eni shuncha. Afrosiyobda mudofaa devorlari jarliklarning yoqasiga qurilgan.Ma’lum vaqt o’tganidan keyin monolit paxsa devor, so’ngra yo’lakli galereyali devor paydo bo’lgan. Afrosiyobning yumaloq yuzali g’ishtlari yumaloq yuzasi yuqoriga qaratilgan holda terilgan.So’g’d ahmoniylar imperiyasi tarkibiga kirganidan keyin bu yerda shahar qurilishi va uning muhim elementi bo’lgan mudofaa devorlari bunyod etish ishlari ham o’zgargan. Aftidan, aynan shu davrdan yo’lakli galereyali hamda tuynakli mudofaa devorlari qurilishi boshlangan. Bu davrga oid minoralar Afrosiyobda aniqlanmagan. Ammo, shimoliy Baqtriyada ular Qiziltepa yodgorligida aniqlangan va ular to’g’ri to’rtburchak shaklli. Ushbu shahar xuddi Afrosiyob singari uch tomondan tabiiy jarliklar bilan va bir tomondan ulkan botiq bilan o’ralgan.Afrosiyobning fortifikasiya tizimida er. av. 1 ming yilliklarning o’rtalarida uchta katta bosqich bo’lgan. Eng qadimgi val bo’lib, u shaharning turli chekkalarida turlicha barpo qilingan. Tabiiy baland joylar biroz ishlov berilgan va devorga aylantirilgan. Tabiiy tekis joylarga esa loy bo’laklaridan lumboz uslubida va qurilgan. Afrosiyobning shimoliy qismi baland jarlik bilan qoplangan va bu qismida devor qurilmagan. Bu davrning devorlarini xarakteri va ularning tagidan topilgan chaplama sopol buyumlari qoldiqlariga ko’ra ilk temir davri bilan sanalash mumkin. Ammo, 27-qazishmaning 1-qatlamidan topilgan val qoldiqlarier.av. VIII asrning o’rtalari yoki oxirlari bilan sanalash mumkin. Bu haqda bu yerdan topilgan charxda ishlangan silindr knus shaklidagi hamda chaplama naqshli sopol idishlar qoldiqlari guvohlik beradi. Afrosiyobdagi mudofaa sistemasining ikkinchi bosqichida yumaloq yuzali g’ishtlardan qurilgan devorlar xarakterlaydi. Bunday qurilish uslubi va g’ishtlarning o’zi O’rta Osiyoning shimoli sharqiy rayonlarida ilk temir davri bilan sanalangan.
Afrosiyob mudofaa inshoatlarining ikkinchi qurilish davrida bir tomondan eski an’analar saqlanib qolsa, ikkinchi tomondan qator yangiliklar qilinadi. Yangi devor avvaldan mavjud bo’lgan val ustiga xuddi o’sha qalinlikda quriladi va endi guvalaklardan foydalaniladi. Afrosiyobning fortifikasiyasi talqinidan ko’rinib turibdiki, uning to’rtala aylana devorlari ham to’liq yumaloq g’ishtlardan qurilgan. Uning birinchi aylanasi Afrosiyobning shimoli g’arbiy burchagidan Siyob arig’ining shimoli sharqiy burchagigacha arkning janubiy qismini to’g’ri chiziq bo’ylab o’rab olgan. Biroq, Afrosiyobning shimoliy qismida bu devor hyech qayerda qayd qilinmagan. Nima uchun arkning butun shimoliy qismi devor bilan o’ralmagan degan savol tug’iladi. Bu qismda yaxshi saqlangan paxsa devorlar qayd qilingan va stratigrafik jihatdan bu devor ahmoniylar davriga oiddir.

Yüklə 118,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin