Shaxsiy daromadlar - bu inson tomonidan pul va tabiiy shaklda olinadigan, ular tomonidan turmushning muayyan darajasini ta`minlash uchun foydalaniladigan mablag’lar majmuidir.
Agar "Shaxsiy daromadlar" ta`rifida biz ularning shakllanish manbalarini ta`kidlasak, unda u quyidagi tarzda namoyon bo’ladi. Shaxsiy daromadlar - fuqarolarning mehnat faoliyatida ishtiroki, ishlab chiqarish va boshqa boyliklarning istalgan turiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, ushbu davlatning qonuniy hujjatlariga muvofiq ijtimoiy transfertlar to’lovi qo’yilgan ijtimoiy guruhlarga tegishlilik bilan bog’lik barcha pul va tabiiy tushumlar yig’indisidir. Iqtisodchilar shaxsiy daromad manbalarini turlicha talqin qiladi, biroq umumiy xulosa shuki, har bir ishlab chiqarish omili shaxsiy daromadlarning muayyan turi bilan bog’liq.
Omillar nazariyasiga muvofiq asosiy ishlab chiqarish omillari quyidagilardir:
Har bir sanab o’tilgan omillarga daromad - renta, foyda, ish haqi, tadbirkorlik
daromadining boshlang’ich shaklini oladi.
Shu bilan birga, har bir omilga daromad, nazariyaga muvofiq, korxona tomonidan mahsulot sotilgandan keyin olingan daromadga bu omilning qo’shgan oxirgi hissasiga tengdir. Faqat oxirgi ishlab chiqarish nazariyasidan kelib chiqqan holda, amalda daromadlarning bunday taqsimlanishi haqiqatan bo’lishi mumkin emas, chunki:
ishga solingan omilning mahsulot chiqarishga qo’shgan ulushini ko’pincha
aks ettirmaydi;
boyliklarni jamiyat a`zolari o’rtasida taqsimlashda har doim tengsizlik va adolatsizlik mavjud bo’ladi, bu shaxsiy daromadlarni oxirgi unumdorlik nazariyasiga qat`iy muvofiqlikda taqsimlashda yo’l qo’yib bo’lmas keskin qarama-qarshiliklarga olib keladi;
chiqarish omillari egalarining soni jamiyat a`zolari sonidan kamroq bo’ladi.
Jami daromadlar shaxsiy iste`molga shaxsiy yordamchi xo’jalikdan natural tushumlar qiymatini va aholiga ijtimoiy fondlar hisobiga bepul va imtiyozli xizmatlar qiymatini hisobga olgan holda kirimning barcha manbalari bo’yicha pul daromadlarining umumiy yig’indisidir. Aholi jami daromadlari tarkibi 1- rasmda ko’rsatilgan.
Fuqarolar daromadlari darajasi ular farovonligining muhim ko’rsatkichidir. U jamiyatning har bir a`zosining dam olish, bilim olish, sog’liqni saqlash, zaruriy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilaydi. Undan tashqari, oila daromadlari haqidagi ma`lumotlarni umumlashtirish mamlakat iqtisodiyotidagi holat haqida eng qimmatli axborot beradi va uning iqtisodiy-siyosiy kelajagini bashorat qilishga yordam beradi. Shuning uchun iqtisodchilar aholi daromadlari shakllanishini doimiy kuzatib boradi.
Shunday qilib, aholining jami va pul daromadlari umumiyga - soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lashgacha bo’lganlarga va tasarrufdagiga – ko’rsatilgan to’lovlarni amalga oshirishdan keyingi netto-daromadga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |