Mavzu: Aholi daromadlari uning turlari va shakllanish manbalari. Reja



Yüklə 177,41 Kb.
səhifə8/10
tarix27.12.2023
ölçüsü177,41 Kb.
#200259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Aholi daromadlari uning turlari va shakllanish manbalari.

Eo – mamlakat eksportida tovar (tarmoq tovarlari yig‘indisi)ning solishtirma salmog‘i;
Em – jahon eksportidagi shu turdagi tovarlarning solishtirma salmog‘i.
Agar nisbat birdan katta bo‘lsa, bu tarmoq yoki tovarni xalqaro jihatdan ixtisoslashgan tarmoq yoki tovarlarga kiritish mumkin va aksincha.
Eksport bo‘yicha kvota milliy sanoatning tashqi bozor uchun ochiqlik darajasini ifodalaydi:
,
bu yerda: E – eksport qiymati.
Eksport buyicha kvotaning ko‘payishi ham mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokining, ham mahsulot raqobatbardoshligining o‘sib borishidan darak beradi.
Mamlakatdagi aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) – bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o‘z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo‘lgan qismi.
Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar aylanmasini tashkil etadi. Qandaydir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarni o‘z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun olgan taqdirda reeksport ro‘y beradi. Reeksport bilan reimport uzviy bog‘liq. Reimport iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi.
Xalqaro savdo bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
- iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o‘rtasida, mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo‘ladi;
- mamlakatlarning turli valyutalardan foydalanishi ular o‘rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklarni tug‘diradi;
- xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo‘lib, bu ichki savdoga nisbatan qo‘llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo‘yicha sezilarli farqlanadi.
Xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. An’anaviy ko‘rinishdagi tovar birjalari, auksionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko‘rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham keng qo‘llanmoqda:
1) barter – tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun pulning qiymat o‘lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
2) eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish;
3) texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;
4) import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab berish;
5) kompensatsion bitimlari. Mazkur bitimlar shartiga ko‘ra, texnologik asbob-uskunalar yetkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar ko‘rinishidagi) bo‘yicha to‘lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni yetkazib berish orqali amalga oshiriladi;
6) bir mamlakatda undirilgan xom ashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib berish xizmatlarini qo‘shimcha xom ashyo yetkazib berish orqali to‘lash;
7) kliring operatsiyalari, ya’ni o‘zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to‘liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Erkin savdo yo‘lida juda ko‘p to‘siqlar mavjud bo‘ladi. Ularning asosiylari quyidagilar:

1) boj to‘lovlari. Boj to‘lovlari import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;

2) import kvotalari. Import kvotalari yordamida ma’lum bir vaqt oralig‘ida import qilinishi mumkin bo‘lgan tovarlarning maksimal hajmi o‘rnatiladi;

3) tarifsiz to‘siqlar. Tarifsiz to‘siqlar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qo‘yish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar tushuniladi;

4) eksportni ixtiyoriy cheklash. Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo to‘siqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari o‘zlarining ma’lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi.
Erkin savdo (fritrederlik) siyosati proteksionizm siyosatining aksi bo‘lib, tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini o‘sishiga olib keluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi.
Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon bo‘ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va kredit-moliyaviy usullar yordamida uni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Eksportni rag‘batlantirishning tashkiliy usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- eksport qiluvchilarga axborot va maslahat berish xizmatlarini ko‘rsatiuchun maxsus bo‘linmalarni tashkil etish;
- savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi;
- tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashuv;
- xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar tashkil etishda yordam ko‘rsatish;
- milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va h.k.
Eksportni rag‘batlantirishning kredit-moliyaviy usullari quyidagilardan iborat:
- eksportga tovarlar yetkazib berishni subsidiyalash;
- eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy kreditlar berilishini rag‘batlantirish;
- xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug‘urtalash;
- eksportdan olinuvchi foydadan soliq to‘lashdan ozod etish va h.k.
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli to‘siq sifatida bojxona bojlarini keltirish mumkin.
To‘lov balansi - mamlakat rezidentlari (uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o‘rtasida ma’lum vaqt (odatda bir yil) oralig‘ida amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.

Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlardan iborat. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo‘ladi va shu sababli to‘lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to‘lov balansining debet va kredit qismlarida o‘z ifodasini topadi.


Kredit – qiymatning mamlakatdan chiqib ketishi bo‘lib, uning hisobiga mazkur mamlakat rezidentlari chet el valyutalarida qoplovchi to‘lovlar ekvivalentini oladi. Debet – qiymatning mazkur mamlakatga kirib kelishi bo‘lib, uning hisobiga rezidentlar chet el valyutalarning sarflaydi. To‘lov balansida kreditlar umumiy summasi debetlarning umumiy summasiga teng bo‘lishi zarur.
To‘lov balansidagi barcha bitimlar o‘z ichiga joriy va kapital bilan operatsiyalarni olishi sababli, u uchta tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi (3-jadval):

  1. joriy operatsiyalar hisobi;

2) kapital harakati hisobi;
3) rasmiy zahiralarning o‘zgarishi.
Mamlakatning tashqi savdo balansi (to‘lov balansi) mazkur davlatning chet ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning kredit-pul, valyuta, byudjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo‘lib xizmat qiladi.

3-jadval. To‘lov balansining tuzilishi.



I. Joriy operatsiyalar hisobi

1. Tovar eksporti

2. Tovar importi


Tashqi savdo balansi qoldig‘i


  1. Xizmatlar eksporti


(chet el turizmidan daromadlar va h.k. - kreditli xizmatlar)


  1. Xizmatlar importi


(turizm uchun chet elga to‘lovlar va h.k. - kreditli xizmatlar)


5. Investitsiyalardan sof daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar)


6. Sof transfertlar


Joriy operatsiyalar bo‘yicha balans qoldig‘i


II. Kapital harakati hisobi


7. Kapital kirishi


8. Kapital oqib chiqishi


Kapital harakati balansi qoldig‘i


Joriy operatsiyalar va kapital xarakati balansi qoldig‘i




Yüklə 177,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin