Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha “paradeigma” – misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida e’tirof etilgan nazariy va metodologik ko’rsatmalar to’plami bo’lib, u ta’limning kontseptual modeli sifatida qo’llaniladi. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:
1. An’anaviy-konservativ paradigma (bilim paradigmasi)ga ko’ra ta’limning asosiy maqsadi “qanchalik qiyin bo’lmasin bilim olish”. Ya’ni yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, ko’nikma va malakalar, ilg’or g’oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish, ularni yoshlarga yetkazish kerak degan g’oya ilgari suriladi.
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma negizida ta’lim mazmuni emas, balki o’o’quvchilar tomonidan turli bilimlarni o’zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’lim muassasalarining vazifasi o’o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy me’yorlar, ijtimoiy talablar va ko’zlagan maqsadlariga mos keladigan xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga ko’ra ta’lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida o’ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha “phainomenon” – hisoblangan, ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o’o’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo’lishni ko’zda tutadi. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o’o’quvchi hamda o’qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
4. Ezoterik paradigma(yunoncha “esoterikos” ichki, sirli, yashirin) mohiyati haqiqat abadiy va o’zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo’lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar.