2.1 Maxsus fanlarni o’qitishda o’qituvchi egallashi lozim bo’lgan pedagogik texnologiyaning mohiyati.
Ta’lim tizimining uzluksizligi – zamon talabi. Uzluksiz ta’lim shunchaki deklaratsiya emas, balki shaxsning zaruriy ehtiyojlariga aylanishi kerak. Shu maqsadda ham yangi axborot texnologiyalariga asoslangan masofaviy ta’limda zarurat paydo bo’lmoqda.An’anaviy ta’lim tizimidan o’rin olgan o’qituvchi–darslik–talaba tizmasini qat’iylik bilan yangi: talaba–darslik–o’qituvchi tizmasiga o’zgartirish talab qilinmoqda. Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi xuddi shu tamoyillarga asoslangan va bu falsafa, pedagogika va psixologiyada yangi yo’nalish hisoblanadi.Agar an’anaviy ta’lim tizimida asosiy bilim manbai sifatida o’qituvchi va darslik hisoblangan bo’lsa, ta’limga yangicha yondashuvda o’qituvchi asosan talabaning mustaqil va faol ta’limiy faoliyatining tashkilotchisi, ishonchli konsulptanti va yordamchisi sifatida maydonga chiqadi. O’qituvchi o’z mahoratini, bilimi, malakalarini talabalar faoliyatini diagnostika qilish, bilimlarni egallash va amaliyotda ulardan to’ri foydalanish bo’yicha yordam berishi lozim bo’ladi. Bu esa o’qituvchidan yuksak darajada mahorat talab qiladi.Talabalar oldida turgan bosh vazifa – o’z bilimlarini mustaqil kengaytirishning samarali yo’llarini egallab olishdir. Mutaxassis zarur axborotlarni mustaqil topib olishi, muammoni hal qilishning maqsadga muvofiq yo’llarini izlashi, olayotgan bilimlarini chuqur tahlil qilishi, ularni amalda qo’llashi kerak.
Tayyor bilimlarni shundaygina o’zlashtirib olish va umumlashtirish darajasida ta’lim beriladigan bo’lsa, yuqoridagi vazifalarni hal qilishda to’ri kelmasligi mumkin. hozirgi sharoitda ta’lim berishda ta’lim shu zailda ko’rilsa insoniyatning tayyor bilimlarini o’zlashtirib olishi, yaoni bir shaxsdan ikkinchisiga o’tkazish bilan shuullanish talabalar tafakkurini rivojlantirishga olib kelmaydi va bu amalda isbotlangan.
2.2 Maxsus fanlarni o’qitishning kontseptual asoslari.