Mavzu: akademik litseylarda maxsus kurslarni oʻqitish metodikasi



Yüklə 270,8 Kb.
səhifə8/12
tarix22.01.2023
ölçüsü270,8 Kb.
#80194
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu akademik litseylarda maxsus kurslarni o?qitish metodikasi

1. Sotsiologik yondashuvga ko’ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlarga yetkazishdan iborat. O’o’quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi natijalari bo’lgan bilimlarni o’rganadilar. Ta’limning mazmuni o’o’quvchilarga ajdodlar tajribasini o’zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili – shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi. 
2. Xususiy pedagogik yoki didaktik yondashuv yaxlit ta’lim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o’quv materialini o’rganishni, uni anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo’llash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko’ra ta’lim mazmuni o’o’quvchilar tomonidan bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat. 
3. Psixologik yondashuv L.S.Vo’gotskiyning (1896-1934 yillar) ta’limning shaxs rivojlanishida asosiy omil bo’lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi”deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog’liq. Unga ko’ra, ta’lim faqat yaqin zonada qurilganda, hali to’la shakllanmagan, lekin o’quv jarayonini qurishga asos bo’la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo’ladi. 
4. Dialektik yondashuv tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotga asoslanadi. Unga ko’ra ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga imkon berishi zarur. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik yondashish g’oyasiga ko’ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir.Dialektik yondashishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama-qarshiliklari quyidagilar sanaladi:
1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o’o’quvchi o’zlashtirgan bilimlar hajmi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini izlashni muhim ijtimoiy vazif qilib qo’ymoqda. 

Yüklə 270,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin