Mavzu: akademik litseylarda maxsus kurslarni oʻqitish metodikasi


 O’quvchining bilimi va u egallab olishi kerak bo’lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik



Yüklə 270,8 Kb.
səhifə9/12
tarix22.01.2023
ölçüsü270,8 Kb.
#80194
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu akademik litseylarda maxsus kurslarni o?qitish metodikasi

2. O’quvchining bilimi va u egallab olishi kerak bo’lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o’o’quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog’liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o’quv materiali ham aqliy rivojlanishning turli ko’rsatkichlari orqali namoyon bo’lishi mumkin. 

3. O’quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko’zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo’lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi. 
5. Aksiologik (yunoncha “axios” – qimmatli, logiya – fan) yondashuv – qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo’lib, unga ko’ra ta’lim jarayonida o’o’quvchi hayot, sog’liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go’zallik, ijod, insoniylik va shu kabi qadriyatlar bilan tanishtirib borilishi lozim. 
2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947 sonli Farmoni[2]da Respublika ta’lim tizimini modernizatsiyalash va undagi o’qitish jarayonini takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri bo’lib, uning ijrosi ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 sonli va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli Qarorlari 5 muhim ahamiyat kasb etib, mazkur hujjatlar asosida oliy ta’lim tizimini tubdan modernizatsiya qilish orqali tayyorlanadigan mutaxassislar va oliy malakali kadrlarni jahon intellektual mulk bozorida yuqori baholanishini kafolatlovchi yangi sifat darajasiga ko’tarishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan kompleks dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur dastur doirasida xorijiy davlatlarning universitet va institutlarida yuzlab talabalarimizning o’qishi, va aksincha, mamlakatimiz OTMlarida nufuzli xorijiy professor-o’qituvchilarni ishlashi yo’lga qo’yildi. Bu yutuqlar asosan oliy ta’limni yangicha tashkiliy shakllari va yo’nalishlariga taalluqli bo’lib, ta’lim sifati va samaradorligi yuksaltirish bo’yicha hali ko’plab muammolar o’z echimini kutib turibdi.Jumladan, ta’limni boshqarishning optimal usullarini ishlab chiqish, maqsadli moliyalashtirish, professor-o’qituvchilar malakasini oshirishning yangi shakllarini joriy qilish, talabalar bilimini baholash va uni doimiy monitoringini olib borish, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kontrakt mablag’lar miqdorini aholining daromadidan kelib chiqqan holda belgilash va h.k. O’tkazilgan islohotlar tufayli o’qituvchi shaxsining mavqeini jamiyat oldida tiklanish jarayoni bormoqda, ularning oylik maoshlarini davrma-davr oshirish rejalashtirildi, qabul kavotalari keskin oshirildi, universitet va institutlarga muayyan erkinliklar berildi va berilishi ko’zda tutilmoqda. O’zbekiston OTMlarida yilma yil qabul kvotalarining oshib borishi shunga mos ravishda bugungi o’zgaruvchan ta’lim talablariga javob bera oladigan, shuningdek, mobillik darajasi yuqori bo’lgan professor-o’qituvchilar kontengentini shakllantirishni, ularni xorijiy ta’lim va ilm-fan muassasalari, mamlakat ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy bog’lanishlarini mustahkamlash kabi holatlarni inobatga olish lozim bo’ladi. Jadal rivojlanib borayotgan ta’lim tizimi, ilm-fan va texnologiyalar mutloqa boshqacha mutaxassisni tayyorlashni davlat va jamiyat oldiga vazifa qilib qo’ymoqda.
Bu esa dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh, intellektual salohiyati va professionallik darajasi yuqori mutaxassis-kadrni tayyorlashni, va bu mutaxassis kasbiy mahoratidan tashqari xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter texnologiyalarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishini talab qiladi. Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va boshlang’ich ta’limga va umuman ta’lim tizimiga e’tiborning kuchaytirilishi jamiyatimizning har bir fuqarosidan, ayniqsa, ta’lim va ilm-fanga mas’ullardan, bog’cha murabbiysidan tortib, maktabdagi muallimlar, oliy maktabdagi professor-o’qituvchilardan ijtimoiy ongi, tafakkuri yuqori, vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash masalasiga o’ta jiddiy yondashishni taqozo etadi. O’zbekiston bugungi kunda dunyodagi barcha davlatlar orasida takomillashgan ta’lim tizimi bilan o’z maqeiga ega bo’lib kelmoqda.
Keyingi yillarda davlat boshqaruv tizimi ta’lim tizimining yanada rivojlantirish va takomillashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ta’lim har bir davlatning o’ziga xos bo’lgan muhim infrastrukturasi ekanligidan kelib chiqib, uni hech bir davlatda to’laligicha bozor munosabatlari nazoratiga topshirib qo’yilmaydi. Demografik jipslashishi va kuchli xududiy o’quv-ilmiy tizimning rivojlantirilishi istiqbol uchun rejalashtirilayotgan strategik vazifa hisoblanib, echimi maqsadli davlat dasturlarida aks etgan qo’shimcha bozor mexanizmlarining kiritilishi orqali olib boriladi. Zamonaviy infrastruktura tizimini yaratish iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda. U inson resurslarini kapitalizatsiyasi bilan bog’liq bo’lib, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ham muhim o’rinni egallaydi. Bunday infrastruktura nafaqat O’zbekiston ta’limini jahon ta’lim tizimiga uyg’unlashuvi, balki ta’lim muhitidan tashqari jarayonlarga qo’shilishini, ya’ni siyosat, ijtimoiy rivojlanish, iqtisod, xo’jalik yuritish kabi sohalarda o’qitish, tayyorlash, ta’lim berish va tarbiyalash orqali teng xuquqqa ega bo’lishini ta’minlashi kearak O’zbekiston uchun bugungi umumiy ilmiy faraz qayd etilgan infrastrukturani yaratishni boshlash, ya’ni bunday infrastrukturani “boshlang’ich bosqichda”da bajarilishi nazarda tutilayotgan modulni tahlil qilish va loyihalash, ta’lim va mutaxassislar tayyorlashning mehnat bozori bilan aloqasi, ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonlari xulosalarini inobatga olishdan iborat. Ta’lim infrastrukturasi tizimi bakalavriat va magistratura ta’limi tizimining hamjihatligida tahlil qilinishi kerak. Chunki aynan shu bosqichda ta’limga iqtisodiyot tarmoqlaridan beriladigan buyurtmalar shakllanib, yangi ishchi o’rinlariga talablar aniqlanadi. Yangi faoliyat namunalari asosida avval “mutaxassis modeli” deb nomlangan mutaxassis bilimiga bo’lgan talablar aniqlanadi va belgilanadi. 

Xulosa


Xulosa Iqtisodiy fanlar tizimida iqtisodiy tahlil fani o'ziga xos o'rin tutadi. U o'zining iqtisodiy voqea,hodisalami qismlarga bo'lib, statik va dinamik jihatdan sinchiklab o'rganishi, ularni obyektiv va subyektiv sabablarini aniqlab berishi, tavsiyalar ishlab chiqishi bilan ajralib turadi. Iqtisodiy tahlilda taqqoslash, solishtirish asosiy o'rinda turadi. Chunki tahlilning o'zi taqqoslashga asoslanadi. Fanni o'rganayotgan har bir talaba uchun yana bir muhim jihat tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bo‘lib, dars o'tish metodlarini tanlaganda, topshiriqlar tayyorlaganda albatta, ularni hisobga olish muvofiq ravishda moslashtirish lozim. Iqtisodiy faoliyat yuritishda ma’lum bir xatoliklarga, chalkashliklanga yo‘l quyilishi chalkashliklarga yo‘l qo'yiladi.
Axborotlaming noto'g'riligi qator salbiy oqibatlarga olib keladi. Buni oldini olishni audit fani o‘rgatadi, fanni, amaliyotni chuqur bilgan malakali auditorlar amalga oshiradi. Audit fani o'zining metodlari, buxgalteriya fani va iqtisodiy tahlil bilan chambarchas bog'liqligi va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Audit fani auditni o'tkazishda markazda auditor turishi va uni shakllanishiga alohida diqqat qaratilishi jixatidan boshqa hech qaysi iqtisodiy fanni o'rganishda mutuxassisga bu qadar alohida e’tibor qaratilmaydi.
Shuning uchun ham bu fanni o'rganishda aqlni charxlaydigan, teran fikr yuritishga, taqqoslash, xatoliklarni tezda topishga, qabul qilingan qonun qoidalar, me’yoriy hujjatlami chuqur bilishga yo'naltirilgan topshiriqlar ishlab chiqish, dars o'tish metodlarini mavzuga moslashtirish talab qjlinadi. Soliq va soliqqa tortish fanini o'qitishda esa eng awalo qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlami, soliqlami ishlab chiqarish faoliyati, insonlar faoliyati va ularning manfaatlari bilan bog'liqligini hisobga olish zarur. Dars o'tish uchun topshiriqlar tayyorlaganda ularni soliq bazasini to'g'ri aniqlashni talab qiladigan bo'lishiga e’tibor berish, metodlarni mavzularga moslashtirish kerak.
Asosiy adabiyotlar ro’yxati: 

Тожибоева Д.Махсус фанларни ўқитиш методикаси.-Т.: Фан ва технолгия. 2007.-541 бет. 



  1. D.Tojiboeva, Yo’ldoshev. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. Darslik.-T.: Aloqachi, 2009.-568 bet. 

  2. Файзуллаева Д. Мутахассислик фанларини ўқитиш методикаси.- Т.: Иқтисодиёт, 2013. 

  3. Хакимова М.Ф., Файзуллаева Д., М. Лутфуллаева Н.Х. Махсус фанларни ўқитиш услубиёти. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2014. 

  4. Хўжаева Н., Хасанбоев Ж., Мамажонов И., Мусахонова Г. Янги педагогик технологиялар. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2007.-180 б. 

  5. Numonxo‘jayev A.S. «Fizika kursi» 1-qism, Toshkent, O‘qituvchi, 1992.

  6. Safarov A.S. «Fizika» Toshkent, O‘qituvchi, 1992.

  7. Nazarov U.K. «Umumiy fizika kursi» 1-qism, Toshkent, O‘qituvchi, 1992.

  8. Nazirov E.N., Xudayberdiyeva Z.A., Safiullina N.X. «Mexanika va molekulyar 

  9. A.G’.G’aniev, A.K. Avliyoqulov, G.A. Almardonova “Fizika” I –qism 3-12 bet

  10. X.Axmedov, M.Doniyev,Z.Husanov.Fizikadan ma’ruza matni 2004 yil

  11. Ismoilov M., Xabibullayev P., Xaliulin M. «Fizika kursi» Toshkent, 
    O‘zbekiston, 2000.

  12.  Nazarov O‘.Q. «Umumiy fizika kursi». II Toshkent, O‘zbekiston, 2002.

  13. Abdusalomova M.N. «Fizika fanidan ma’ruzalar matni». SamKI, 2003.

1- ilova
“Tasdiqlayman”


_________________kafedrasi muduri
_______________ _______________
“_______”_______________ 2021- yil

Yüklə 270,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin