Mavzu: akademik litseylarda maxsus kurslarni oʻqitish metodikasi


Ilmiy-texnik, texnokratik paradigma



Yüklə 270,8 Kb.
səhifə7/12
tarix22.01.2023
ölçüsü270,8 Kb.
#80194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu akademik litseylarda maxsus kurslarni o?qitish metodikasi

5. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va ularning o’zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o’rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o’rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo’lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g’oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi. 
6. Noinstitutsional paradigma ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g’oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim Internet va kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o’qitish) muvofiq o’qitishni samarali deya hisoblaydi. 
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o’ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o’qituvchi tomonidan boshqariluvchi o’ziga xos anglash jarayonidir. O’qituvchining yo’naltiruvchi sifatidagi roli o’o’quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko’nikma va malakalarni to’liq o’zlashtira olishlarida ko’rinadi.Ta’lim o’qituvchining o’o’quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko’rsatadi. Har qanday ta’lim o’zida o’qituvchi va o’o’quvchining faoliyati, ya’ni, o’qituvchining o’rgatish hamda o’o’quvchining o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati, boshqacha aytganda to’g’ridan to’g’ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.


2.3 Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi.


Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog’liq. 
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o’zaro bog’langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlikdir 
Ta’lim yaxlit tizim sifatida ko’plab o’zaro bog’liq quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o’quv axborotlari, o’qituvchi va o’o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari. Hozirda ta’lim mohiyatini tushunishga turlicha yondashuv mavjud. Ya’ni:

Yüklə 270,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin