Mavzu: 6 Zamonaviy informatika xonasida o’quv-tarbiya ishlarining tashkil etish.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini tashkiletish.
«Informatika» va «Axborot texnologiyalari» o‘quv fanlari bo‘yicha amaliy
mashg‘ulotlarda nazariy mashg‘ulotlarda berilgan bilimlar mustahkamlanadi.
Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi o‘quvchilarda bilimlar hosil qilish, o‘quv
va malakalarni shakllantirish hamda ular tafakkurini takomillashtirishdan iborat ekan,
o‘quvchilarga o‘qish, yozish, gapirish, tinglash, fikrlash ko‘nikmalarini birdek
rivojlantirib borish lozim. Bu maqsadni amalga oshirish uchun informatikadan amaliy
mashg‘ulot jarayonida turli mazmundagi mashqlarni bajartirib borish muhim ahamiyat
kasb etadi.
An’anaviy o‘qitish tizimida zarur malakalarni shakllantirish ko‘p sondagi
mashqlarni takroran bajartirish orqali erishishga asoslangan. Mavjud darslik va
to‘plamlarda bir xil turdagi mashqlarning ko‘p sonda berilishini ham shu bilan izohlash
mumkin. Bizningcha, malaka hosil qilishda mashqlarning bu qadar yuzaki bajarilishini
takrorlamasdan, mashqlarning har xil turini tanlash va ularni o‘quvchilar tomonidan
ongli, faol bajarishlarini ta’minlash orqali erishish lozim.
Informatika fanida foydalaniladigan mashqlarni bir nechta turga ajratilgan.
Informatikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» o‘quv fanlaridan laboratoriya
mashg‘ulotlari individual shaklda o‘tkaziladi. Har bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi
laboratoriya ishlarini tuzadi. Laboratoriya ishlari quyidagi qismlardan iborat:
- mavzu;
- ajratilgan soat;
- asosiy o‘quv maqsadi;
- kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar;
- vazifalar va ularni bajarish uchun tavsiyalar;
Windows
Ish stoli
Oyna
Menyu
Papka
Dastur oynasi
Hujjat oynasi
Muloqot oynasi
- mustaqil bajarish uchun savol va vazifalar.
Misol sifatida quyidagi laboratoriya ishini keltiramiz.