axborot texnologiyalari haqida bilimlar berish hamda ular bilan ish- lash ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
kompyuterda masalalalar yechish texnologiyalari bilan tanishtirish, uning asosiy bosqichlari haqida aniq tasavvur hosil qilish va ko’nik- malarni shakllantirish;
asosiy algoritmik tuzilmalarni bilish, algoritmlash va dasturlash asos- lari bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish;
kompyuterning dastur ta’minoti tarkibi, vazifalarini va ularni o’rnida qo’llash imkoniyatlarini aniqlay bilish;
kurs davomida ega bo’lingan bilim va ko’nikmalardan tipik o’quv ma- salalarini yechishda foydalana olish;
yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimizning ijtimoiy va iqti- sodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta’siri haqida tasavvur hosil qilish.
Umumiy o’rta maktab informatika ta’limi oldiga qo’yilgan vazifalarning ba- jarilishini ta’minlash va nazorat qilish ushbu Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. U umumiy o’rta maktabda beriladigan informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi mazmunining majburiy minimumi hamda o’quvchilarning informatikadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar majmuasini ifodalaydi.
Informatika ta’limi majburiy minimumi umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga informatikadan berilishi zarur bo’lgan ta’lim mazmunining mi-nimumini ifodalaydi.
Informatika ta’limining tayanch qismi mazmuni(predmeti) axborot, komp- yuter, axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar yechish texnologiya- lari, axborot texnologiyalarining istiqbollari bo’limlaridan iborat.