Universitet qoshidagi akademik litseylar o‘quvchilarining OTMlarga o’qishga kirish ko‘rsatkichlari hamda o‘qishga kirmagan o‘quvchilarni "Abituriyentlar shtabi” ga jalb etish va bandligini ta’minlash;
Universitet da akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini jalb etgan holda uslubiy seminarlar tashkil etish;
Universitetning ko‘plab tajribali va professor-o‘qituvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘rindoshlik hamda soatbay asosida o‘qituvchilikka jalb etish;
Universitet professor-o‘qituvchilarining ochiq darslariga akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari ishtirokini ta’minlash;
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, o‘quvchilari uchun universitet axborot –resurs markazi hamda uning o‘quv zallaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratish;
Akademik litseylar va kasb-hunar kollej bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni ishga joylashtirish masalalarida hamkorlikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Akademik litseylar va kasb-hunar kollej o‘qituvchilari va o‘quvchilariga universitet Axborot-resurs markazidan foydalanishga imkoniyat yaratish;
Universitet bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollej ehtiyojiga muvofiq ishga jo‘natish;
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejda ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda seminarlar tashkil etish, akademik litseylar va kasb-hunar kollejning xalqaro o‘quv va ilmiy-tadqiqot aloqalarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘qituvchilar va o‘quvchilarni xalqaro ilmiy va o‘quv grantlarida ishtirok etishlariga ko‘maklashish;
Akademik litseylar va kollejda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, o‘quvchi-yoshlar bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etish, o‘quvchilarda Vatanga muhabbat va sadoqat, millatimiz, dinimiz va tariximizga yot bo‘lgan turli illatlarga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga amaliy yordam ko‘rsatish;
Akademik litseylar va kollejning axborot-resurs ta’minoti va moddiy-texnik salohiyatini takomillashtirish va rivojlantirishga ko‘maklashish, universitetning Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi va Innovatsion ta’lim texnologiyalari markazidan litsey ehtiyojlariga muvofiq foydalanishga imkoniyat yaratish va boshqalar;
Universitetda bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha "Karyera haftaligi”ga akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining rahbarlari, kadrlar bo‘limi xodimlari taklif etish va ularga universitetda tayyorlanayotgan kadrlar to’g’risida ma’lumot berish hamda ishga qabul qilish bo‘yicha shartnomalar imzolashda amaliy yordam berish.