Mavzu: akt sohasidagi huquqiy me’yoriy hujjatlar O`zbekistonda aktning holati va rivojlanish istiqbollari


Mijozlarga sifatli mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilmoqda



Yüklə 42,97 Kb.
səhifə3/7
tarix14.12.2023
ölçüsü42,97 Kb.
#178097
1   2   3   4   5   6   7
AKT .docx

Mijozlarga sifatli mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilmoqda
Ta’kidlash kerak, har bir fuqaroning hayotiga kirib, muqim o‘rin egallagan mobil aloqa xizmati foydalanuvchilarning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishga xizmat ko‘rsatmoqda. Ayni paytda Uzmobile, Ucell, UMS, Beeline, Perfectum kabi mobil aloqa operatorlari o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda. Mobil aloqa operatorlari abonentlari soni 2016-yildan boshlab 21,2 million nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020-yilning oxirida 25,9 milliontani ko‘rsatgan. Yangi aloqa kompaniyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud texnik imkoniyatlarni modernizatsiya qilish orqali 2021-yilning oxirigacha abonentlar sonini 26,9 milliontaga yetkazish mo‘ljallangan. Shu bilan birga, aholiga ko‘rsatilayotgan mobil aloqa xizmatini ta’minlab beruvchi tayanch stansiyalar soni 2016-yilda 17 721 ta va amalga oshirilgan modernizatsiyalash, qurish ishlari natijasida 2020-yilda bu raqam 31 740 taga yetkazilgan. 2021-yil yakuniga qadar esa tayanch stansiyalar sonini 33 740 tagacha oshirish mo‘ljallangan. Ta’kidlab o‘tish joizki, 2016-yilda butun respublikaning 89 foizi mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrab olingan bo‘lsa, 2021-yil yakunida bu ko‘rsatkich 99 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Milliy pochta tizimi rivojlanmoqda
Barcha ijtimoiy qatlamlarga pochta xizmatlarining keng tarqalganligi, qamrovliligi hamda uning xizmatlaridan barcha aholi foydalanishi mumkin bo‘lganligi sababli, O‘zbekiston pochta xizmati faoliyati jamiyatda katta ijtimoiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Oxirgi yillarda respublika pochta aloqasi xizmati milliy operatori hisoblangan “O‘zbekiston pochtasi” AJning faoliyatida yangi, zamonaviy usullardan foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish hamda raqamlashtirishni faollashtirishga bog‘liq samarali ishlar amalga oshirilmoqda.Xalqaro yozma xat-xabarlar o‘tgan yillar mobaynida 111,6 tonna kirib kelgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib, shu ko‘rsatkich 163,1 tonnani tashkil etadi, o‘sish 146 foizga teng. 2018-yil 3-apreldan boshlab tezkor pochta xizmatlari va shu yili 1-mayda kuryerlik xizmatlari amalga kiritildi. 2020-yil dekabrdan olis va chekka hududlarda joylashgan 860ta pochta aloqasi obyektlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanilgan holda 33 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. Davriy matbuot nashrlariga onlayn obuna xizmati “www.pochta.uz” sayti orqali joriy etildi va unda 250 turdan ortiq davriy matbuot nashrlariga onlayn ravishda obuna uyushtirish imkoniyati yaratildi.Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga yetkazib berish, shuningdek, ularning tovarlarni eksport qilish imkoniyatini beruvchi Unisavdo milliy onlayn savdo maydonchasi “www.unisavdo.uz” sayti orqali 2021-yil 1-fevraldan ishga tushirildi. “Gibrid pochta” xizmatini rivojlantirish va ish unumdorligini oshirish maqsadida 2 ta avtomat konvertlash uskunasi sinov tariqasida Toshkent shahrida joriy etildi. Mijozlar nomiga kelgan pochta jo‘natmalarini olishi uchun mo‘ljallangan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashtirilgan komplekslar (pochtamatlar)ni joriy etish yuzasidan 30 ta pochtamatlar Toshkent shahri va viloyatlar markazlarining aholi gavjum joylariga o‘rnatildi.2021-yil 1-maydan AVVAL to‘lovlar va o‘tkazmalar kompleks avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilib, pochta aloqasi obyektlarida to‘lovlarni onlayn rejim orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. 2021-yil iyuldan barcha pochta obyektlarida pochta jo‘natmalarini qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish avtomatlashgan axborot tizimi tatbiq etildi. Pochta aloqa obyektlarida amaldagi pochta aloqasi an’anaviy xizmatlari, bank va moliyaviy, davlat va elektron tijorat xizmatlari bo‘yicha videokonferensaloqa tizimi orqali jami 2 894 nafar xodimning malakasi oshirildi.

Yüklə 42,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin