Mavzu: Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari



Yüklə 41,74 Kb.
səhifə10/14
tarix27.12.2023
ölçüsü41,74 Kb.
#198909
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mavzu Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari. Reja-fayllar.org

2NaОН+Н2SО,=Na2SО,+2Н2O
Kislota va asos o'zaro reaksiyaga kirishganda tuz va suv hosi bo'ladigan reaksiyalar neytrallanish reaksiyasi deb ataladi.
Tuz bilan kislota reaksiyaga kirishganda almashinish reaksiyasi natijasida yangi tuz va yangi kislota hosil bo'ladi.

BaCl2+H2SO2=BaSO2+HCl
tuz kislota kislota tuz

Eng muhim kislotalar va ularning ishlatilishi

HC1 - xlorid kislota odam va hayvon organizmida muhim biologik vazifani bajaradi. U oshqozon shirasi tarkibida bo'lib, ovqat hazm bo'lishini ta'minlaydi. Shuningdek, u ovqat bilan kirib qolgan zararii mikroblarni o'ldiradi.


Oshqozon shirasi tarkibida xlorid kislotaning ko'p bo'lishi ham katta ziyon keltiradi. U oshqozon devorini yallig'lantirib kasallantirishi mumkin.
Agar oshqozon shirasida xlorid kislota me'yoridan ko'p bo'lganda «jig'ildon qaynaydi». Bunday holat yuz berganda dorixonalardan ichimlik soda (NaHCO,) olib ichish tavsiya qilinadi.
Xlorid kislota sanoatda xloridlar olishda, tibbiyotda dorilar tayyorlashda, ba'zi plastmassalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
H2SO2 - sulfat kislota kimyoviy ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U mineral o'g'itlar, portlovchi moddalar, selluloza ishlab chiqarishda, neftni qayta ishlashda hamda sulfatlar olishda ishlatiladi. HNO, - nitrat kislota mineral o'g'itlar ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. Uning tuzlari selitralar deb atalib, hamma ekinlar hosildorligini ko'paytirish uchun o'g'it sifatida ishlatiladi. Shuningdek u portlovchi moddalar va boshqalar olishda ham ishlatiladi.

Savollar.

1. Qanday murakkab moddalar kislotalar deb ataladi? Misollar keltiring.


2. Kislotalar qanday umumiy kimyoviy xossalarga ega? Ularga tegishli reaksiyalaming tenglamalarini yozing.
3. Kislotalarni guruhlarga ajratish nimaga asoslangan?
4. Uchta idishda noma'lum moddalaming tiniq eritmasi berilgan. Ulardan biri kislota eritmasi ekanligini qanday isbotlaysiz?
5. 4 g sulfit angidrid suv bilan to'liq reaksiyaga kirishganda necha gramm sulfit kislota hosil bo'ladi?
6. Natriy ishqorining 5% li eritmasidan 100 gramini to'liq neytrallash uchun xlorid kislotaning 2% li eritmasidan necha gramm kerak bo'ladi?


Yüklə 41,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin