Natriy va kaliy ishqorlari kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlari hisoblanadi.
NaOH — o'yuvchi natriy sanoatning juda ko'p tarmoqlarida ishlatiladi. U «kaustik soda» deb ham ataladi.
Natriy ishqori oq tusli modda, suvda yaxshi eriydi. Uning konsentrlangan eritmasi hayvonot va o'simlik mahsulotlaridan tayyorlangan matolarni yemiradi. O'yuvchi natriy eritmasiga botirilgan ip, jun bo'kib iviq massaga aylanadi.U odam terisiga tushsa yara qiladi.
O'yuvchi natriy sanoatning juda ko'p sohalarida ishlatiladi. U sovun tayyorlash korxonalarida, neftni qayta isMash zavodlarida va boshqalarda ishlatiladi.
O'yuvchi natriy ko'p miqdorda osh tuzining suvdagi eritmasini elektroliz qilib olinadi.
KOH — o'yuvchi kaliyning barcha xossalari, ishlatilish sohalari o'yuvchi natriyga o'xshash, faqat farq shundaki, sovun tayyorlashda o'yuvchi kaliy ishtirok etgan bo'lsa suyuq sovun hosil bo'ladi.
O'yuvchi kalsiy — Ca(OH) 2, ya'ni so'ndirilgan ohak osongina kukunga aylanadigan qattiq oq modda. U suvda kaliy va natriy asoslariga nisbatan yomonroq eriydi. Uning tiniq eritmasi ohakli suv deb ataladi.
So'ndirilgan ohak asosan qurilish materiali sifatida ishlatiladi. U ohak, qum va suvdan iborat qorishma, ancha arzon va yaxshi sementlovchi vositadir.
So'ndirilgan ohak ohaktoshni kuydirib olingan kalsiy oksidi (CaO — so'ndirilmagan ohak)ni suv bilan reaksiyaga kiritib olinadi.
Uning suvdagi eritmasiga xlor yuttirib xlorii ohak olinadi.
Xlorli ohak zararii mikroblarni o'ldiruvchi vosita sifatida turmushda, tibbiyotda ishlatiladi.
Savollar. 1. Qanday murakkab moddalar asoslar deb ataladi? Misollar keltiring.
2. Asoslarning qanday umumiy fizik va kimyoviy xossalarini bilasiz? Ularga tegishli kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
3. Asoslar qanday gruppalarga ajratiladi? Har bir gruppa asoslarga misollar keltiring.