Mavzu. Antibiotiklar ishlab chiqarish biotexnologiyasi Reja: 1



Yüklə 175 Kb.
səhifə5/13
tarix02.06.2023
ölçüsü175 Kb.
#122990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu Antibiotiklar ishlab chiqarish biotexnologiyasi Reja 1

Makrolidlar – bir qancha sonli birikmalarni birlashtiradi, shular ichida eng muhimlari eritromisin, magnomisin, pleandomisin va boshqalar. Biologik ta’siri boʻyicha makrolidlarni ikki guruhga boʻlish mumkin: grammusbat bakteriyalarning taraqqiyotini toʻxtatuvchi antibiotiklar va zamburugʻlarga qarshi faollikka ega, bakteriyalarga kam ta’sir qiladigan antibiotiklar. Birinchi guruhga Str. erythreus hosil qiladigan eritromisin, oleandomisin (Str. antibioticus sintezlaydigan), Str. halstedii kulturasidan ajratilgan magnomisin va boshqalar;
Ikkinchi guruhga: Str. filipensis sintezlaydigan filipin, Str. notalinsisdan olingan pimorisin va boshqalar. Antibiotiklar makrolidlar penisilinga, tetrasiklinga, streptomisinga chidamli bakteriyalarning oʻsishini toʻxtatadi.
Anzamisinlar – bunga kiruvchi antibiotiklarni aktinomisetlar, nokardiyalar, ayrim tur yuksak oʻsimliklar sintezlaydi. Bu guruh antibiotiklar oʻzining nomini molekulasining xarakterli tuzilishidan olgan. Guruhdagi birikmalar aromatik yadroga u bilan bogʻlangan makrosiklik alifatik bogʻga ega, uni anza-bogʻ deb aytiladi (anza – lotinchada qalam degani). Shuni aytib oʻtish kerakki, anzamisinlarning makrolid antibiotiklardan farqi ularni lakton bogʻiga ega emasligidir. Anzamisinlar, bakteriyalarga nisbatan ayrim viruslarga va bir qancha eukariotlarga biologik ta’sir koʻrsatadi. Ma’lum tabiiy anzamisinlar ichida quyidagilarni aytish mumkin: streptovarisinlar (Str. spectobilis kulturasi hosil qiladi), rafomisinlar (Nocordia mediterranea, Micromonosporaning ayrim turlari hosil qiladi); galamisinlar, Micromonospora halaphyticada kuzatilgan, maytanzinoidlar Nocordia va ayrim oʻsimliklar sintezlaydi; naftomisin Str. collinus sintezlaydi; geldanomisin Str. hudroscopicus hayot faoliyatidagi mahsulot va boshqalar.
Eng katta amaliy qiziqishga ega rafamisinlardir, bular juda katta guruhni tashkil qiladi (mingga yaqin), tabiiy va yarim sintetik preparatlardir. Bu anzamisinlar ichida rafamisin CB (riftosin); rifomisin va rifomid keng spektr ta’sirga ega antibiotiklardir, bular tibbiyotda keng qoʻllaniladi.
Rifampisin klinikada oʻpka siliga qarshi qimmatli preparat sifatida qoʻllaniladi. Bu antibiotik bakteriya DNK siga bogʻliq boʻlgan RNK-polimerazani sintezini toʻxtatadi.
Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklarga muhim amaliy ahamiyatga ega boʻlgan novobiosinni albatta aytib oʻtish lozim boʻladi. Bu antibiotik Str. gpheroides kulturasidan olingan. U grammusbat va ayrim grammanfiy bakteriyalarni oʻsishini toʻxtatadi. Antibiotikni muhim xususiyati penisillinga, streptomisinga, eritromisinga, tetrasiklinga, neomisinga chidamli bakteriyalarni oʻldiradi.
Novobiosin pnevmoniyaning turli xil shakllarini davolashda, enterokokklarga, anginalarga va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi ishlatiladi.



Yüklə 175 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin