Mavzu. Antibiotiklar ishlab chiqarish biotexnologiyasi Reja: 1


Zamburugʻlar sintez qiladigan antibiotiklar



Yüklə 175 Kb.
səhifə6/13
tarix02.06.2023
ölçüsü175 Kb.
#122990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu Antibiotiklar ishlab chiqarish biotexnologiyasi Reja 1

Zamburugʻlar sintez qiladigan antibiotiklar
Miselial zamburugʻlar nisbatan koʻp miqdorda antibiotik modda hosil qiladi. Eng katta qiziqish uygʻotadiganlari: penisillinlar, sefolosporinlar, grizeofulvin, trixotesin, fumagillin va ayrim boshqa zamburugʻlarni hayot faoliyatidagi mahsulotlar, tibbiyotshunoslikda va qishloq xoʻjaligida keng qoʻllaniladi.
Antibiotiklar sintez qiluvchi zamburugʻlardan eng koʻp ishlatiladigani Penicillium chrysogeum dir. Bu zamburugʻ oʻzining hayot faoliyatida penisillinni turli xil shakllarini hosil qiladi. Zamonaviy mikrobiologiya fanining rivojlanib borishi, yuqori faollikka ega boʻlgan zamburugʻlarning yangi-yangi turlarini topishga imkon yaratdi.


Sanoat sharoitida antibiotiklar olish texnologiyasi
Antibiotiklarni tibbiyotda, qishloq xoʻjaligida va xalq xoʻjaligining boshqa sohalarida keng qoʻllanilishi, bu biologik faol moddalarni katta hajmda ishlab chiqarish vazifasini qoʻydi. Bu ulkan vazifa katta quvvatga ega boʻlgan antibiotika sanoatini yaratish orqali yechildi.
Antibiotikani sanoat asosida ishlab chiqarishda bir qancha ketma-ket bosqichlar yotadi:

  • yuqori mahsuldor shtamm-produsent yaratish,

  • antibiotik hosil qiluvchi shtammni eng koʻp miqdorda mahsulot chiqarishi uchun moʻtadil sharoit yaratish,

  • antibiotikni ajratish va tozalashni muvofiqlashtirilgan usulini tanlash va amaliyotga qoʻllash,

  • tayyor preparatni yaratish va uning sifatini nazorat qilish.

Har bitta bosqich maxsus mutaxassis bilan ta’minlanishi kerak (genetik, mikrobiolog, texnolog va boshqalar).


Antibiotika sanoati hozirgi vaqtda katta quvvatga ega boʻlgan yaxshi taraqqiy qilgan soha boʻlib farmasevtika sanoati Davlat aksionerlik konserniga qaraydi. Ayniqsa u AQSHda, Angliyada, Yaponiyada, Fransiyada, Italiyada keng taraqqiy etgan. Masalan AQSHda har yili 100 millionlab dollarga sotiladigan miqdorda antibiotiklar ishlab chiqariladi.
Antibiotiklarni sanoat usulida tayyorlash – murakkab, koʻp bosqichli boʻlib, bir qancha texnologik ketma-ketlikni oʻz ichiga oladi:
Antibiotikani sintezlaydigan kultura-shtammni oʻstirish uchun muhit tayyorlash va ekish uchun etarli mahsulot tayyorlash;
Antibiotikani biosinteziga moʻtadil sharoit yaratish;
Kultural suyuqlikga birlamchi ishlov berish;
Antibiotik moddalarni ajratish va uni tozalash;
Tayyor mahsulotni ajratish, tozalash va dori shaklida sotishga tayyorlash.



Yüklə 175 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin