Mavzu: Arxivshunoslik fani va uning vazifalari. Dastlabki arxivlarning tashkil etilishi



Yüklə 60,19 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#169795
Muzey 8-mavzu (1)


8-Mavzu: Arxivshunoslik fani va uning vazifalari. Dastlabki arxivlarning tashkil etilishi
Reja:

1. Kirish. O‘rta Osiyoda dastlabki qo‘lyozmalarning paydo bo‘lishi.

2. Arxiv hujjatlarining ahamiyati.

3. Dastlabki arxivlarning tashkil etilishi


Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasida arxiv materiallari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Shuning uchun tarixiy jarayonlarni yoritishda arxiv hujjatlarini qayta tadqiq va tahlil etish masalasi alohida e’tiborga molik ekani shubhasiz.


Arxiv - lotincha «arxivium» - hukumat binosi so‘zidan olingan. Lekin «arxiv» atamasining hozirgi qo‘llanilish ma’nosi bo‘tunlay boshqa. Arxiv - bu idoralar, korxona va tashkilotlar, shuningdek tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa.
Markaziy Osiyoda arxiv yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Arxeologlar qadimgi Tuproqqal’a xarobalaridan Xorazm Shoxlariga tegishli III—IV asr boshlariga oid qadimgi hujjatlardan iborat arxiv qoldiqlarini topishdi. 1930-yil boshlarida qadimgi Sug`diyona davlatining Mug` toglari xarobalaridan Devashtich arxivi topildi. Qazishmalar natijasida VIII asrga oid 80 dan ortiq qo`lyozma hujjatlar topildi.
Tarixdan ma’lumki, Buxoroda IX—X asrlarda Abu Ali Ibn Sino foydalangan arxiv kutubxona bo‘lgan. Markaziy Osiyoda arxivlar XI-XII asrlarda Xorazm davlatida, keyinchalik Oltin O`rdada, Temuriylar, Ashtarxoniylar davrida ham mavjud edi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi millatimiz, o‘zbek xalqining hujjatli madaniy yodgorliklari saqlanadigan eng katta, eng boy arxiv xazinasidir. Bu erda saqlanayotgan eng qadimgi hujjatlar vaqfnomalar bo‘lib, ular XIX—XX asrlarga oiddir.
Qadimgi davlatlarning, xonliklarning XIX asrgacha bo‘lgan hujjatli manbalari baxtga qarshi bizgacha saqlanmagan. O`zaro feodal urushlar, vayrongarchiliklar natijasida arxiv hujjatlari yo`q bo‘lib ketgan. Qo‘qon va Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining qushbegi arxivi saqlanib qolgan. Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi saqlangan xolos, Markaziy Osiyoni chor Rossiyasi bosib olgandan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to‘la saqlangan.
Qo‘qon va Xiva.xonliklari arxivlari tarixi o‘ziga hosdir. Chorizm bu xonliklarni bosib olgandan keyin ushbu arxivlar materiallari 1876-yili Peterburgga — Imperator kutubxonasiga olib ketiladi. Bu hujjatlar 30-yillarning oxirigacha e’tibordan chetda qolib, umumiy ishda foydalanilmay kelindi. Keyin bu arxivlar topilib, ularning Xiva, Qo‘qon arxivlari ekanligi aniqlandi. Shundan so`ng ulardan keng foydalanila boshlandi. Xiva xonlari arxivini birinchi bo‘lib 1939-yili tarixchi olim P. P. Ivanov o‘rganib chiqib, bu arxiv to‘g‘risida xabar beradi.
Qo‘qon arxivi haqida tarixchi A. L. Troitskaya 1968-yilda «Katalog arxiva kokandskix xanov XIX veka» nomli ma’lumotnomasini e’lon qiladi. 1962-yilda bu hujjatlar Leningraddan Toshkentdagi Markaziy davlat arxiviga olib kelingan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida Qo‘qon, Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining qushbegi arxivi, Turkiston general gubernatorligi, uning barcha tashkilotlari arxivlari, Shuningdek, O‘zbekistonning oktyabr’ tuntarishidan keyingi davr, sovet davri tashkilotlarining arxiv materiallari saqlanadi. Bu arxivda bir milliondan ortiq yig‘ma jildlar bor. Bu Markaziy Osiyodagi eng katta va boy arxivdir.
3.Mustaqillik sharoitida arxiv ishining istiqbolli ravnaqi masalasi muhim o`rin tutadi. Zero, moziy saboqlari, o‘tmish tajribalarini arxiv materiallari asosida o‘rganishning nafaqat nazariy, balki dolzarb amaliy ahamiyati bor.
Albatta, arxiv materiallariga eng ko‘p murojaat qiluvchilar — tarixnavislar, moziyshunoslardir. Mustaqillik davridagi tarixiy tadqiqotlarning aksariyati arxiv materiallariga asoslangani va yangicha, holis tarixiy taraqqiyot kontseptsiyasi zaminida yaratilayotgani tufayli bugun tariximizga qiziqish tobora ortayotir.
Shuningdek, arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar sirasiga o‘zi tadqiq etayotgan muammo tarixini o‘rganmoqchi bo‘lgan muayyan soxa tadqiqotchilari — iqtisodchilar, huquqshunoslar, adabiyotshunos va san’atshunoslar, fan va texnika tarixi mutaxassislari, umuman, tabiiy fanlar soxasi vakillari ham kiradi. Bu jabxa tadqiqotchilari uchun arxiv materiallari fan ufqlarini kengaytirish, uni yangi dalil isbotlar bilan boyitish, jamiyat xayoti, insoniyat tafakkuri taraqqiyoti jarayonining turfa xil jixatlarini mo‘tlaqo yangicha va nisbatan to‘g‘ri baholash bobida ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Arxiv hujjatlari jamiyatimizning kundalik hayotida, xususan» xalq xo`jaligida muhim o`rin to‘tishini ta’kidlash joiz. Arxiv hujjatlarida kechmish ajdodlarimiz mexnatining samaralari o`z aksini topgan bo‘lib, ularning tajribalari bugungi kunda qul kelishi mumkin. Deylik, XX asrning birinchi yarmida barpo etilgan turli me’moriy muxandislik inshootlarining ko‘rilishi va loyixalashtirilishi bo`yicha chizma hamda yozma hujjatlar muayyan ahamiyatga ega (masalan, Toshkent shahridaga temiryo‘lchylar saroyi va sobiq davlat filarmoniyasi binolarini ta’mirlash chog`ida arxiv hujjatlariga murojaat qilingani ma’lum).
Bunday tarixiy inshootlarni ta’mirlash mobaynida arxiv hujjatlaridan foydalanish ishning rivojiga ijobiy ta’sir etish barobarida davlat mablag`ini tejash imkonini ham beradi. Ayniqsa me’moriy va san’at yodgorliklarini tiklash chog`ida arxiv materiallari beqiyos ahamiyat kasb etadi. Arxiv materiallarydan olis asrlar ta’siri tufayli urushlar va o‘quvsiz qayta ta’mirlashlar oqibatida vayron bo‘lgan qadimiy obidalarning dastlabki qiyofasini tiklash, ularni ta’mirlash ishlarida unumli foydalaniladi.
Bundan tashqari, iqlim, muzliklar, ob-havoning o`zgarishi, daryolar suvining ko‘tarilib pasayishi va shu kabi boshqa holatlar, tabiat hodisalari to‘g‘risida to`plab borilgan ma’lumotlarga ham qiziqish katta ekani tabiiy. Bu singari arxiv ma’lumotlari qancha uzoq davrni qamrab olsa, ularning qimmati shuncha ziyodadir.
Arxiv hujjatlari targ`ibot tashviqot ishlari va o‘quv tarbiya maqsadlarida, tarixiy va badiiy film hamda spektakllarni sahnalashtirish, muzeylar ko‘rgazmalarini tashkil etish uchun ham jalb etiladi.
Shu bilan birga arxiv hujjatlaridan turmushning muayyan bir davriga aniqlik kiritish, fuqarolarning mehnat stajini tasdiqlash zaruriyati tug`ilganda ham foydalanish mumkin.
4.Arxiv hujjatlaridan foydalanish tartib qoidasi, odatda bir qancha amallardan iboratki, bularning eng asosiylari sirasiga hujjatlarni qidirib topish, muallifi, sanasi va yaratilish shart sharoitlarini aniqlash hamda ularni tarixshunoslik nuqtai nazaridan baholash, qolaversa, hujjatlar bilan bevosita ishlash, ya’ni ularni tadqiq qilish, ulardan foydalanish kabilar kiradi.
Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish tadqiqotchidan o`z tadqiqot sohasi bo`yicha orttirgan bilimlaridan tashqari maxsus Arxivshunoslik ilmidan xabardorlikni, arxiv hujjatlari bilan ishlash metodikasini egallagan bo‘lishni takozo etadi.
Bunday vazifalar majmuini o`rgatish bilan Arxivshunoslik kursi shug`ullanadi. Ushbu ko‘rs davomida talabalar o`zlari egallagan nazariy qoidalarni arxiv tashkilotlarida o‘tadigan ishlab chiqarib amaliyoti ko`magida mustaxkamlaydilar. Tarix va zamonaviy arxivchilik, arxiv ishlari nazariyasi va amaliyoti, hujjatshunoslik va arxeografiya mazkur fanlarning eng muhimlari sirasiga kiradi. Arxivshunoslik, bundan tashqari, tarix fakultetida aloxida kurs sifatida o‘tiladigan manbashunoslik bilan ham o`zaro bog‘lik ekanini ta’kidlash lozim.
Hozirgi paytda Arxivshunoslikning asosiy maqsadi bo‘lajak tarixchilarni arxiv muassasalari bilan ishlashga, arxiv hujjatlarini qidirib topgap metodikasi bilan tanishtirishga hamda ulardan ilmiy tadqiqot yoxud targ`ibot tashviqot va amaliyot ishlarida foydalanishga o`rgatishdan iborat.
Arxiv hujjatlari, ya’ni arxivlarda saqlanayotgan yozma, chizma shaklida qog`ozga tushirilgan hujjatli materiallar, kinofotohujjatlar va boshqa turli manbalar arxishnunoslikning asosiy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Bunday manbalar esa davlat muassasalari, jamoat tashkilotlari, korxonalar yoxud aloxida shaxslarning faoliyati natijasi o`laroq dunyoga keladi, to`planadi va arxivlarning bebaxo mulkiga aylanib boradi.
Insoniyat tarixida yozuv eng qadimgi jamiyatda bundan 3,5-4 ming yil oldin janubiy Mesopotamiyada vujudga keldi. Yozuvning vujudga kelishi isha davr uchun, davlatlar, xalqlar taraqqiyoti uchun muhim omil bilib xizmat qilgan, bugungi tariximizni o‘rganishimizda qadimgi yozma manbalar muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon tarixidagi dastlabki o‘ziga xos arxivlar albatta yozuv rivojlangandan keyin, asosan xukumdorlarning saroylarida to‘plangan va asosan davlat boshqaruviga oid hujjatlar bo‘lgan.
Bizning o‘lkamiz tarixi haqida ma’lumot beruvchi yodgorliklar ham ko‘p. Shulardan eng e’tiborga molik Yuqori Zarafshondagi Qal’ai Mug‘dan topilgan sug‘d yozuvidagi hujjatlardir.
Sug‘d tilidagi yozuvlar asosan IX-X asrlarga oid bo‘lib, turli mazmundagi yuridik hujjatlar (ahdnomalar, nikoh haqidagi shartnomalar, oldi-sotti hujjatlari, tilxatlar), hukumdorlar (Sug‘d, , Turk va Farg‘ona hukumdorlari) o‘rtasidagi yozishmalar, xo`jalikning kundalik turmushiga oid hujjatlar, masalan, xarajatlardan iborat hujjatlar hamda farmonlardan iborat.
Bu hujjatlar Sug‘diyonaning izidan (mug‘ qal’asidan) Samarqandda (Afrosiyobdan), Qirg‘iziston va Sharqiy Turkistondan topilgan.
Bular orasida Mug‘ qal’a xarobalaridan 1932-yilda topilgan hujjatlar alohida ahamiyatga ega. Hujjatlar jami 80 nafar bo‘lib bu lardan 74 tasi qadimgi sug‘d, 1 donasi arab, 3 nafari xitoy va 1 tasi turk tilidadir. Ular har xil materialga: charmga, taxtaga va qog‘ozga yozilgan. Hujjatlar sug‘d dehqoni va podshosi Divashtich (708-722 y.y.) va yirik mansabdorning (framandar), Shuningdek, Xoxsar hamda Kshto‘t dehqonlarining Shaxsiy arxiviga tegishli bo‘lib, Sug‘dning asrning birinchi choragidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o‘rganishda muhim manba rolini o‘ynaydi.
Mug‘ qal’asidan topilgan hujjatlar A.A.Freyman, A.V.Vasil’ev, I.Y.Krachnovskiy, M.N.Bog‘omobov, V.A.Livitsits, hamda O.I.Smirnovalar tarafidan chuqur o‘rganilgan.
Mug‘ hujjatlarining va ular topilish tarixi va ular haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1934-yili maxsus to‘plam shaklida («Sogdiyskiy sbornik», Leningrad, 1934) e’lon qilindi. Ayrim hujjatlarning tarjimasi I.Yu.Krachnovskiy va A.A.Freyman tomonidan 30-yillari e’lon qilindi. Yuridik hujjatlar hamda maktublar tarjimasi, zarur izoh va tadqiqotlar bilan (sogdiyskie dokumenti s gori Mug, Chtenie, perevod, kommentariy. II chiqishi, M., 1962) 1962-yili V.A.Pivitsu tomonidan chop qilindi.
1961 va 1965-yillari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix va arxeologiya instituti ekspeditsiyasi afrosiyobda V -VII asrga oid saroy xarobalarini ochdilar. Saroy mehmonxonasining devorlari turli mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan bo‘lib ular orasida oq kiyim kiygan Chag‘oniyon elchisining surati ham bor. Uning otasiga sug‘d tilida 16 satrdan iborat ishonch yorlig‘i ham yozib qo‘yilgan.
Muhim hujjatlar Sug‘diylarning Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Sharqiy Turkistondagi savdo kolonniyalaridan ham topilgan. Bo‘lar orasida ayniqsa A.Steyn (1862-1943) tarixidan 1907-yili Dun’xuan (Xitoyning Gan’su viloyati) va Turfonda (Sharqiy Turkiston) topilgan hujjatlar, Talas daryosining sohilida, hozirgi Talas Shahridan 7-8 kilometr Shimolda joylashgan Kulonsoy hamda Teraksoydaryolarida qoyatoshlarga o`yib bitilgan yozuvlar alohida e’tiborga ega. Bu yozuvlar IV-XI asrlarda So`g‘d koloniyalarining ijtimoiy ahvoli haqida, ayniqsa O`rta Osiyo bilan Sharq mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalari va bunda sug‘diylarning roli haqida qimmatli ma’lumot beradi.
Dun’xuan va Xo‘tan hujjatlari A.Stey, Tolasdan topilgan yozuvlar esa V.A.Kallaur, M.E.Masson. D.F.Vinnik, A.Asanaliev, K.AShiraliev, U.Jumag‘ulovlar tomonidan o‘rganilgan.
VII va VIII asr boshlariga mansub hujjatlarda Sug‘dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodiy va diniy e’tiqodlari xususida muhim ma’lumotlar keltiriladi. Masalan, Qal’ai Mug‘ hujjatlari orasida O‘ttegin nomli yigit bilan Dundg‘uncha ismli ayol o‘rtasida tuzilgan nikoh guvohnomasi qayd etilgan. Bu hujjat asosida tuzilgan bitimga binoan Dundg‘unchaning ixtiyori bilan qonunga muvofiq O‘ttegin sevimli va ardoqli xotin sifatida uni qabulqilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak, zeb-ziynat bilan ta’minlamog‘i va hurmat izzat qilmog‘i lozim edi. O‘z o‘rnida Dundg‘uncha ham O‘tteginni sevimli va ardoqli er sifatida to‘tmog‘i, uning baxtli turmushi haqida qayg‘urmog‘i va uning buyrug‘larini qonun kabi tinglamog‘i lozim. Shuningdek hujjatda eru-xotinlardan biri ikkinchisining roziligisiz nikoh bitimini buzmaslik shartlari bayon etiladi. Jumladan agar O‘ttegin Dundg‘unchaning ijozatisiz uning ustiga o‘ylansa, u vaqtda Dundg‘unchaga 30 dinoriy sof kumush draxma tovon tilash va uni na xotin va na xizmatkor sifatida to‘tib turmay ozod etishi sharti bo`lgan. Hujjatda keltirilgan ma’lumot shuni aniqlab beradiki, VII-VIII asrlarda Sug‘d jamoasida inson haq-huquqlari va ahloq qonun qoidalari, xususan nikohlanayotgan shaxslarning o`zaro mulkiy munosabatlari, ayniqsa kuyovning kelin oldidagi burchi va majburiyati o‘z zimmasi uchun juda adolatli ravishda belgilab qo‘yilgan.
Sug‘d yozuvi asosida uyg‘ur va turk yozuvlari shakllanadi. Uyg‘ur yozuvidan esa keyinchalik mug‘ul va manjur yozuvlari tarqalgan.
Qadimgi turk runiy yozuvi hali katta ahamiyatga ega. Yozma hujjatlardan O‘rxun-Yenisey yozuvlarining ahamiyati ayniqsa kattadir. Mug‘ulistonda topilgan Tunyuquq Kultegin, Bilga xoqon va Angin bitiklari turkiy xalqlarga qo‘yilgan haykal misolidir.
Hujjatlarni tiplash va avaylab asrab saqlash tarixni o‘rganish uchun katta ahamiyatga ega. Bu ishni o‘zining muhim ijtimoiy-siyosiy vazifasi deb bilgan davlat xalq tarixining hujjatli xotirasini tiklash va avaylab saqlash ishiga katta e’tibor bergan va berib kelmoqda.
Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublika milliy arxiv fondi tuzilgan va u davlat mulki, xalq boyligi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarida xalqning eng qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrdagi jamoatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy, madaniy faoliyatning barcha tomonlari, barcha qirralari o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasi milliy arxiv fondida mavjud bilgan hujjatlar – arxiv materiallari – bu o‘tmishning tarixiy saboqlaridan to‘laqonli axborot beruvchi tarixning hujjatli yodgorliklaridir.
O‘zbekiston Respublikasi arxiv fondining saqlanishi, hamda uni doimiy ravishda to‘ldirib va foydalanib borish uchun davlat arxivlari tashkil qilingan.
Davlat arxivlari maxsus muassasalari bo‘lib ular zimmasiga qo‘yidagi juda vazifalar yuklatilgan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining davlat saqlovini amalga oshirish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi hujjatlarini davlat hisobiga olish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi ilmiy-ma’lumotnomalar bilimini tashkil etish va rivojlantirish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini siyosiy xujalik, ilmiy, ijtimoiy-madaniy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi hujjatlar bilan qimmatini ekspertiza qilish yuli bilan to‘ldirish;

  • Idora arxivlari va ish jarayonida hujjatlarni tashkil qilishga tashkiliy-uslubiy rahbarlik va ularning ishlari ustidan nazorat qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlaridan siyosiy, xo`jalik, ilmiy, ijtimoiy-madaniy maqsadlarda, Shuningdek fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida foydalanish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini e’lon qilish va tartibga solish;

  • Arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari o‘tkazish;

  • Davlat arxivi xodimlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash.

Davlat arxivlari izlarining amaliy faoliyatlari davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining arxiv ishi to‘g‘risidagi qaror va farmoyishlariga, Vazirlar mahkamasi huzuridagi bosh arxiv boshqarmasi, hokimliklar huzuridagi arxiv boshqarmalari qaroriga amal qiladilar. Respublikamizdagi arxiv xizmatining asosini tashkil qilgan davlat arxivlari katta hajmdagi arxiv ishlarini bajaradilar, arxiv ishini rivojlantirish davlat rejalarini bajarilishini ta’minlaydilar va mustaqillikni mustahkamlash va rivojlangan jamiyat qurish sharoitida arxiv ishining keyingi rivojlanishiga, yuksalishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shadilar.
Davlat arxivlari zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning muvaffaqiyatli va samarali bajarilishini ta’minlaydigan asosiy uslubiy hujjat davlat arxivlari faoliyatining qoidalari hisoblanadi.
Arxiv ishining qoidalari avvalgi qoidalarni ijodiy qayta ishlash, arxiv ishida to‘plangan tarjribalarni zamonaviy sharoitlarda o‘rganish va umumiylashtirish, hozirgi zamon talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Arxiv ishi qoidalari arxiv qurilishining umuminsoniy ilmiy prinsiplariga asoslanadi va unda Arxivshunoslik, hujjatshunoslik, arxeografiya kabi fanlarning arxiv ishini o‘rganish sohasida erishgan ijobiy shakllari,yutuqlari o‘z ifodasini topadi.
Qoidalarda barcha davlat arxivlari uchun yagona va majburiy bo‘lgan talablar ifodalangan. Ular hujjatlar sanovini ta’minlash, ularni davlat hisobiga, hujjatlarni to‘ldirish va qiymatini ekspertiza qilish, hujjatlardan turli maqsadlarda foydalanishga bo‘lgan talablar yagonaligini mustahkamlaydi. Shu bilan birga qoidalar ilg‘or tajribadan foydalanishni hisobga olgan holda u yoki bu turdagi ishni amalga oshirish usuli va texnologiyasini takomillashtirish uchun imkoniyat ham yaratadi.
Arxiv ishini tashkil etish yuzasidan qoidalar quyidagi bo`limlardan iborat bo‘lishi mumkin:
I bo‘lim: O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini klassifikatsiya qilish;
II bo‘lim: O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlovini ta’minlash:
III bo‘lim: O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining davlat hisobi.
IV bo‘lim: O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga ilmiy-ma’lumotnoma tizimi.
V bo‘lim: O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini to‘ldirish va hujjatlar qiymatini ekspertiza qilish.
VI bo‘lim: idora arxivlari ishiga tashkiliy uslubiy rahbarlik qilish va nazorat qilish va muassasalardagi ish jarayonida hujjatlarni tashkil qilish.
VII bo‘lim: O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlaridan foydalanish va e’lon qilish.
VIII bilim: O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlarining ilmiy tadqiqotchilik va uslubiy ishlari.
IX bo‘lim: O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari ishini tashkil qilish.
X bo‘limda hujjatlarni qaysi tarixiy davrga, qaysi hududiy ahamiyatga, davlat va jamoatchilik sohalariga, tegishli ekanligini, axborotni mustahkamlash usuli va texnikasi, arxiv hujjatlarini davlat arxivlari o‘rtasida taqsimlash, hujjatlarni qaysi fondga tegishli ekanligini aniqlash, birlashgan arxiv fondlarini tashkil qilish, arxiv kolleksiyalarini tashkil qilish arxiv fondlarini kategoriyalarga bilish kabi ishlar tartibga solinadi.
XI bo‘lim. Hujjatlarni saqlash uchun optimal sharoitlar yaratish, elektr uskunalar va yorug‘likka bo‘lgan talablar, yong‘inga qarshi jihozlar, namlik va harorat, tibbiy-gigienik talablar, xonalarni saqlash voistalari bilan jihozlash, hujjatlarni xonalarga joylashtirish, yig‘ma jildlarni joyidaligi va holatini tekshirish, alohida qimmatga ega bilgan hujjatlarni sug‘urta va foydalanish fondlarini tashkil qilish kabi masalalarni tartibga soladi.
III bo‘lim: Davlat arxivi hujjatlarining hisobi, hujjatlarni kelib tushishi hisobi, hujjatlarni chiqib ketishini hisobi, alohida qimmatdagi hujjatlar hisobi, sug‘urta fondi nusxalari hisobi kabi masalalarni tartibga soladi.
IV bo‘lim: I.M.A.ning tarkibi arxiv yozuvlari: yig‘majildlar ro‘yxati, yig‘majild sarlavhasini tuzish, fondning nomi va qismlarini belgilash, yig‘majildi hujjatlari oxirgi sanalarini aniqlash va belgilash, yig‘ajildning arxiv Shifri, kataloglar tizimi, sistematik katalog, predmet-mavzuli katalog, predmetli katalog, geografik katalog kabilarni tarkibga soladi.
V bo‘lim: davlat arxivini tildirish manbalari, saqlash uchun qabul qilinadigan hujjatlar tarkibini aniqlash, saqlash uchun qabulqilish, hujjatlar qiymatini ekspertiza qilishni tartibga soladi.
VI bo‘lim. Idora arxivi ishini takomillashtirish, hujjatlarini hisobga olish, idora arxivlari faoliyatini tekshirishni tashkil qilish.
VII bo‘lim esa: Axborot xati, arxiv ma’lumotnomasi, nusxa va kichirma berish, hujjatlarni vaqtincha foydalanishga berish, hujjatlar kirgazmasini tashkil qilish kabi masalalar.
Ilmiy tadqiqot ishlarin olib borishni tashkil qilish, mavzularni ishlab chiqish bosqichlari, ilmiy tadqiqotlar hisobi, ilmiy kengash, uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash, uslubiy komissiyalar.
XI bo‘lim Davlat arxivini boshqarish, arxiv ishini rejalashtirish, xodimlar bilan ishlash, xodimlar mehnatini tashkil qilish kabi masalalarni yoritadi.
Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin