Mavzu: atmosfera va unimuhofazasi reja Atmosferatarkibi



Yüklə 23,16 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü23,16 Kb.
#178158
  1   2
Reja Atmosfera tarkibi. Atmosfera tuzilmasi-fayllar.org


Reja Atmosfera tarkibi. Atmosfera tuzilmasi

MAVZU: ATMOSFERA VA UNIMUHOFAZASI

Reja
Atmosferatarkibi.

Atmosferatuzilmasi.

Atmosfera ifloslanishi va tabiiy tozalanishi. 4.Atmosferanimuhofazasi.

Tayanch so’zlar: Atmosfera,energetik komplekslar,Tabiiy ifloslanish, Tabiiy ifloslanish.

Atmosfera havosi va uni muhofazasi

Atmosfera sayyoramizning gazsimon qobig’i hisoblanib, Yer yuzasi xar hil gazlar aralashmasivasuvbug’lari,changlardantashkiltopgan.Hozirgiyerningatmosferaqobig’ikeyin paydobo’lganalbatta,Atmosferaerninggeologiktarixidayerqobig’iningtarkibiyqismlaribilan tirik organizmlar faoliyati o’rtasidagi geokimyoviy jarayonlar oqibatida litosferadan ajralib chiqqan gazsimon moddalardan tarkib topgan.Atmosferadagi gazlar tarkibi ancha turg’un: unda azot 78,08%,kislorod 20,95%,argon0,93%,karbonat angidrid 0,032%.Boshqa gazlar (neon, geliy, metan, ksenon, radon va boshqalar) tahminan 0,01% ni tashkil etadi. Ana shu tarkibning buzilishi, karbonat angidrid miqdorini ortishi va kislorod miqdorini kamayishi natijasida tirik organizmlar zarar ko’radi, ularning nafas olishi qiyinlashadi va boshqa fiziologik jarayonlarning buzilishiga olib keladi.
Tabiat uchun atmosfera havosining ahamiyati juda katta. Atmosfera havosi nafas olish uchun kislorod, fotosintez uchun karbonat angidrid manbai hisoblanib, sayyorada suvbug’larini tashuvchi hisoblanib, tirik organizmlarni kosmik nurlanishdan saqlab turadi. Havo iqlimni idora etadi, havo uchib yuruvchi organizmlar uchun muhit bo’lib, tuproq unumdorligiga ta’sir yetadi, bir qancha kimyoviy jarayonlar ro’y berishiga imkonberadi.
Havo kishilarga kimyoviy xom ashyo beradi. Undan energiya manbai sifatida foydalaniladi.
Havo kislorodni yonish jarayoniga sabab bo’ladi.
Yer sharida kislorodsiz hayot bo’lishi mumkin emas. Kislorod quruqlikdagi o’simliklarning hayot faoliyati mahsulidir, o’simliklar fotosintez paytida suvni va karbonat angidridni yutib parchalab, atmosferaga erkin kislorod ajratib chiqaradi. Boshqa barcha tirik mavjudotlar kislorodni o’zlashtiradi xolos.
Karbonat angidrid tirik organizmlarning nafas olishi, yoqilg’i yoqilishi, organik moddalarning chirishi va parchalanishi oqibatida atmosferaga tarqaladi.
Atmosferadagi azot muhim biologik ahamiyatga ega. U azot to’plovchi bakteriyalar va ko’kyashil suv o’tlari uchun ozuqa manbaidir. U boshqa o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Fiziologik nuqtai nazardan esa atmosfera bosimini ushlab turib hayot jarayonlarini amalga oshishiga imkon beradi.
Atmosfera havosining tabiiyvasun’iy ifloslanishlariajratiladi.

Tabiiy ifloslanish. Atmosferada doimo ma’lum miqdorda changlar uchraydi. Ular tabiatdagi hodisalar natijasida hosil bo’ladi. CHanglarning uch turi ajratiladi: mineral,organik,kosmik.Mineral changlar tog’ jinslarining emirilishi, vulqonlar otilishi, o’rmon yong’inlari, dengizlar yuzasidan suvlarning bug’lanishi kabilar natijasida kelib chiqadi. Organik changlar havo qatlamidagi aeroplanktonlar shuningdek, o’simlik va hayvonlarning qoldiqlar va parchalanish mahsulotlaridir.


Kosmik changlar metioritlarning atmosfera qatlamidan o’tayotganda yongan qoldiqlari hisoblanadi.


Sun’iyifloslanish.Atmosfera havosini asosan ifloslantiruvchi manbalar bugungi kunda tobora rivojlanib borayotgan insonning sanoat ishlab chiqarishidagi va avtotransportlarning rivojlanishidir. Havoga ko’p miqdorda karbon kislota, uglevodorodlarning oksidlari, sulfid angidrid va boshqa moddalar chiqarilib, ular tabiiy muhitga va odamlarga juda katta zarar yetkazmoqda. Bu holat ayniqsa yirik shaharlarda ko’zga tashlanadi. Atmosfera havosini ifloslanishi muammosi barcha insoniyatni tashvishlantirmoqda.Insonning hayot faoliyati uchun eng muhim mahsulot havo hisoblanadi. Odam ovqatsiz 5 hafta, suvsiz 5 kun, havosiz 5 daqiqayashashi mumkin. Insonlar normal yashashlari uchun nafaqat havo, balki uning tozaligi ham muhim hisoblanadi. Havoning ifloslanishi odam salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonda atmosferaga chiqariladigan nisbiy ifloslantiruvchi moddalarning miqdori keyingi yillarda ikki martaga qisqardi, ya’ni jon boshiga 90kg ni tashkil etdi. Ifloslantiruvchi moddalarning umumiy miqdoriga nisbatan 51,9%-SO2, 16%-NO2, 17,9%-SN lar, 8,9%-SO2, 6,1%qattiq moddalar va 0,2% boshqa maxsus zararli moddalarga to’g’ri keladi. SHu bilan birga ba’zi bir shaharlarda ifloslanishning sanitar-gigienik normadan ortiqligi kuzatilmoqda,.Masalan Olmaliq, Navoiy, Samarqand, Toshkent kabi shaharlarda changlar, Olmaliqda-SO, Olmaliq, Navoiy,Farg’ona,Marg’ilon,Termezlarda,Angren,Navoiy,Farg’onadafenol;Andijon,Navoiy, Chirchiq, Toshkentda ammiak bilan ifloslanadi. Respublikada eng ifloslangan shahar Navoiy shahrihisoblanadi.

Energetik komplekslartomonidan 2000 yilda atmosfera havosiga 255,5 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan. Uning 59% sulьfid angidrid gaziga to’g’ri keladi. Shuningdek, 40-60% gacha atmosferani dimiqishini keltirib chiqaruvchi karbonat angidrid gazi atmosferagachiqadi.AtmosferadimiqishihisobigaYerningo’rtachaharoratiXXIasrboshlarida 11,5oS ortadi. Atmosferaning quyi qatlamlari ortiqcha isishi yirik shaharlarda yaxshi seziladi. Yillik o’rtacha haroratning qutb muzliklarini erishi, Dunyo okeanlarining satxini ko’tarilishi, ba’zi qit’alarda ayrim joylarning suv bosishi, tektonik jarayonlarning kuchayishi va iqlimning o’zgarishi kabi oqibatlar kelib chiqadi.


1 kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarishda havoga 6,0 tonna chiqindi chiqadi.

Qora va rangli metallurgiyasohasida atmosferaga 123,6 ming tonna chiqindi chiqarilib uning 95 ming tonnasi sulьfid angidrid gaziga to’g’ri keladi. Rangli metallurgiya korxonalari og’ir metallarning aerozollari, sulьfat kislota, tsianidlar va ftoridlar kabi maxsus ifloslantiruvchi moddalar chiqaradi.


Qurilishsohasidagikorxonalartomonidan27,6tchiqindichiqarilibuningma’lummiqdori chang va is gazidan iborat. Oxongaron, Bekobod, Qarshi, Navoiy, Nukus kabi shaharlarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manba qurilish sanoati va tsement ishlab chiqarish hisoblanadi.


Kimyoviy kompleks.Kimyo sanoati xissasiga taxminan atmosferaning ifloslanishining umumiy ko’rsatkichiga nisbatan 3% to’g’ri keladi. Havoda sulьfid angidrid gazi changlar, tutun kabilar bilan ifloslanishi natijasida sanoat rayonlarida nam va sokin havoda quyun hosil bo’ladi. Uzaharlitumandaniboratodamlarhayotigahavfsolishimumkin.Londonshahridaakashunday sharoitda yurak xastaligi va o’pka kasalliklarining kuchayishi tufayli 1952 yilda 4000 kishi nobudbo’lgan.


Avtotransporthavoniifloslanishidakattao’rinegallaydi.AQSHningatmosferahavosi60% avtomobillardan chiqadigan gazlar bilan ifloslanadi. Nьyu-York, Los Anjeles, Tokio, Toshkent, Samarqand kabi yirik shaharlarda havoning ifloslanishi darajasi 80-90%ni tashkiletadi.Avtomobildan chiqadigan gazlar tarkibida zararli moddalar mavjud. Atrof muhitga is gazi oltingugurt vaazotbirikmalaribilanbirga3,4benzapirenvaqo’rg’oshinkabikantserogenmoddalarhamajralibchiqadi. Atmosferaga chiqadigan gazlar bilan 25-27% qo’rg’oshin chiqadi. Dunyo bo’yicha bugungi kunda 500 mln.dan ortiq avtomobillarharakatlanadi.


Los Anjeles shahrida havoni 2,5 mln. avtomobil Parijda esa 900 ming avtomobil havoni zaharlaydi. Havoga ajralib chiqadigan gazlar o’simlik hayvonlar va odam salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Atmosferaning eng havfli ifloslanishi radioaktiv ifloslanishdir. Bu esa odam salomatligigasalbiyta’siretib,ularningavlodlaridaturlixildagimutatsiyalarnikeltiribchiqarishi bilan havflibo’ladi.

Radioaktiv ifloslanishningmanbalari atom va vodorod bombalarini sinovdan o’tkazish bo’lsa bundan tashqari ridioaktiv ifloslanish yadro qurollarini tayyorlashda elektrostantsiyalarining atom reaktorlari va radiaktiv chiqindilardan atmosferaga tarqaladi.


Inson va boshqa tirik organizmlar uchun atmosfera havosining freonlar bilan ifloslanishi jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Ulardan sovutgich qurilmalarida, yarim o’tkazgichlar va aerozol balonchalar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Freonlar ozon qatlamiga ta’sir yetadi.Ular qisqa to’lqinli ulrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanadi natijada xlor, ftorlarga ajraladi. Natijada xlor va ftorlar ozon bilan o’zaro ta’sir etadi. Ozon qatlamining siyraklashishi havfli yerlarga ultrabinafsha nurlarning kirib kelishi natijasida teri raki kasalligi ortishiga sababchi bo’lmoqda.
Havoning ifloslanishi natijasida odamlarda darmonsizlanish, ish qobiliyatini pasayishi, yo’tal,boshaylanishi,ovozboylamlariningsiqilishi,o’pka,ko’zbilanbog’liqharxilkasalliklar organizmning umumiy zaharlanishi, kasallikka qarshi kurashishning susayishi kabilar kelib chiqadi.
Atmosferaniifloslanishigaqarshikurashishjudamurakkabvako’pqirralidir.Shuningdek, katta kuch va mablag’ talab etadi. Atmosfera havosini muhofaza qilish uchun quyidagi choratadbirlarni qo’llashlozim:

Havfli moddalarni hosil bo’lishini bartaraf etuvchimavjud texnologiyalarni takomillashtirish. Yangi texnologik jarayonlarni joriy etish;


Yoqilg’i tarkibi apparatlar va karbyuratorlarni yaxshilash, tozalovchi qurilmalar yordamida atmosferaga chiqindilar chiqishini kamaytirish va bartaraf etish; 3. Zararli chiqindilar chiqaruvchi manbalarni to’g’ri joylashtirish orqali atmosferani ifloslanishini oldini olish va yashil maydonlarnikengaytirish.


O’zbekiston Respublikasida Bosh gidromet va Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tomonidan atmosfera havosi va uni ifloslantiruvchi manbalari nazorat qilinadi. Bosh gidromet har sutkada atmosfera havosini zararlanish darajasini 39 aholi punktlarida kuzatib turadi. 16 turdagi gazlar (chiqindilar) va 6 turdagi og’ir metallar hamda benzapiren nazorat ostidadir. Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tomonidan respublikamizning 136 aholi punktlarida sanoat korxonalarini va harakatdagi avtotransportlarni nazorat qiladi. O’zbekiston Respublikasining«Atmosferahavosihaqidagi»Qonunigabinoanatmosferahavosiningholativa unga tegishli ma’lumotlar yagona davlat nazorati ya’ni tabiiy muhitni nazorati tizimida olib boriladi.

Atmosfera tarkibi
4-ilova

Atmosfera ifloslanish yo’llari va manbalari

klaster

O’zbekistonda atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori (kg/km


jadval






Shahar va
viloyatlar

Maydoni
km

Yüklə 23,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin