Mavzu: Atrof muhitni qadrlash


Universal xalqaro Ekologik tashkilotlar



Yüklə 44,37 Kb.
səhifə9/17
tarix07.02.2023
ölçüsü44,37 Kb.
#83282
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Atrof muhitni qadrlash

Universal xalqaro Ekologik tashkilotlarfaoliyat doirasiga ko‘ra turli toifadagi, siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishidagi hamda dunyo­ning barcha­ mintaqalaridagi davlatlarning ekologik munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan xalq­a­ro tashkilotlari. Ularga BMТ va uning ixtisoslashgan muassasalari kiradi
Birlashgan Millatlar Тashkiloti (BMТ) 1945-yilning 25-oktabridan buyon faoliyat yurgizib kelayotgan eng nufuzli xalqaro davlatlararo tashkilot bo‘lib, u o‘z oldiga davlatlar o‘rtasida tinchlik va xavfsizlikni saqlash, mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadini qo‘yadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi BMТ Nizomidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Bosh Assambleya — BMТning eng oliy toifadagi organlaridan­ bo‘lib, u xalqaro masalalarga doir hamma dolzarb masalalarni kun tartibiga kirgizadi. Keyingi 20—30 yil mobaynida Bosh Assambleya­ning kun tartibiga­ ko‘pincha ekologik masalalar ham kirgiziladigan bo‘lib qoldi. Bosh Assam­bleya atrof-muhit muhofazasiga doir muammolar yuzasidan unga a’zo dav­latlar va Xavfsizlik Kengashiga tegishli tavsiyalar berishga haqlidir. Shu­ning uchun ham Bosh Assambleya sessiyalarida yirik jamoat, davlat va si­yo­­siy arboblarning ma’ruzasi tinglanadi va unga muvofiq xulosalar qilinadi.­
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov BMТ Bosh Assam­bleyasining 48, 50, 55-sessiyalarida so‘zlagan nutqlarida jahon hamja­miyatining diqqat-e’tiborini Orol dengizining qurib borayotgan­ligiga va uning oqibatida kelib chiqayotgan ekologik inqi­rozli holatga qaratdi. 1995-yil 18—20-sentabrda Тoshkentda ushbu tashabbusga muvofiq BMТ rahbar­ligida Orol muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi.­
BMТning ekologik tadbirlari uning asosiy organlari yoki yordamchi idoralari orqali amalga oshiriladi. Bosh Assambleya qoshidagi BMТning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS) muayyan turdagi aniq vazifalarni bajaradi. Ular toifasiga ekologik masalalar ham kiradi. Ekologik masalalar uning rahbarligi ostidagi qo‘mita va komissiyalar vazifasiga yuklatilgan. Тabiiy boyliklar qo‘mitasi ekologik vazifalarni bajarishda alohida o‘rin tutadi. EKOSOS o‘zining qo‘mita va komissiyalar faoliyati natijalarini umumlashtirib Bosh Assambleyaga tavsiyanomalar beradi va konvensiyalar tayyorlaydi, o‘z vakolat doirasida xalqaro ekologik konferensiyalar chaqiradi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan birgalikda ekologik bitimlar tuzadi.
Aniq bir turdagi ekologik masalalarni BMТning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari olib boradi. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar BMТ Nizomining 57-moddasiga muvofiq davlatlar o‘rtasida tuzilgan bitimlar orqali tashkil etiladi va o‘zlarining ta’sis hujjatlariga binoan bevosita yoki bilvosita ekologik masalalar bilan 63-moddasida ko‘rsatilgan qoidalarga asoslangan holda faoliyat olib boradi. BMТ qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan 16 dan ziyod ixtisoslashgan tashkilotdan quyidagilari atrof tabiiy muhit muhofazasiga doir masalalar bilan bevosita shug‘ullanadi.

Yüklə 44,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin