Mavzu: Atrof muhitni qadrlash



Yüklə 44,37 Kb.
səhifə10/17
tarix07.02.2023
ölçüsü44,37 Kb.
#83282
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Atrof muhitni qadrlash

BMТning atrof-muhit boyicha dasturi (YUNEP) 1972-yil 15-dekabrda tashkil topgan. YUNEP ning uchta bo‘limi — boshqa­ruvchilar Kengashi, atrof-muhit muhofazasini muvofiqlashtiruvchi Kengash va atrof-muhit Jamg‘armasi mavjud. Hal qiluvchi masalalar boshqaruvchilar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va amalga oshiriladi. Uning kun tartibiga sakkiz yo‘nalishdagi masalalarni hal qilish qo‘yilgan:
- atrof-muhit sanitariyasi, aholi punktlarida kishilar salomatligi;
- yer va suv muhofazasi, cho‘llanishning oldini olish;
- okeanlarni muhofaza qilish;
- tabiat, yovvoyi hayvonlar va genetik resurslar muhofazasi;
- energetik muammolar;
- ekologik o‘quv va tegishli mutaxassislarni tayyorlash;
- tabiiy resurslar savdosi, iqtisodi va texnologiyalari;
- xalqaro va milliy qonunchilikni kodifikatsiyalash va unifikatsiyalash.­
YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar ko‘magida O‘zbekiston Respublikasida Biologik xilma-xillikni saqlashning milliy strategiyasi va harakatlar rejasi va 10 dan ziyod milliy ekologik qonunlar ishlab chiqildi. O‘zbekistonda ekologik axborot tizimi — YUNEP/GRID — ARENDAL (Norvegiya) loyihasi tayyorlandi.
O‘zining ekologik funksiyalari bilan YUNEP ga yaqin bo‘lgan BMТ tashkilotlaridan biri (YUNESKO)madaniyat, fan va maorif masalalari boyicha xalqaro tashkilot. YUNESKO 1948-yil tashkil topgan va o‘z Nizomiga muvofiq u atrof tabiiy muhit muhofazasiga doir quyidagi masalalarni hal qilishda faoliyat yurgizadi:
- 100 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etadigan xalqaro ekologik dasturlarga rahbarlik qiladi. Shular qatorida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurgizib kelayotgan «Inson va biosfera» (MAB), Тabiat muhofazasiga doir xalqaro maorif dasturi, Xal­qaro gidrologik dastur (1995-yildan buyon YUNESKO va Germaniya fan va texnologiyalar vazirligi loyihasiga binoan Orol dengizi atrofidagi yer usti va osti suvlarini baholash va modellashtirish ishlari olib borilmoqda) va hokazo;
- tabiiy ob’yektlar muhofazasini hisobga oladi va tashkil etadi. Shunga asosan Yer kurrasining turli burchaklarida biosfera qo‘riqxonalari tashkil etilgan. Biosfera qo‘riqxonalarini tashkil etish, ularda atrof-muhitga inson faoliyatining ta’sir qilish darajasining monitoringini olib borish YUNESKOning universal dasturi asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston hududida 1995-yildan buyon Chotqol tog‘-o‘rmon biosfera qo‘riqxonasi xalqaro yagona biosfe­ra qo‘riqxonalar tizimida ishtirok etib kelmoqda. Ammo uning faoliyati YUNESKO dasturining 3 tabaqali tegralash bo‘yicha qo‘riqxona ishini tashkil qilish talabiga hanuzgacha javob bermaydi. Bios­fera qo‘riqxonasi hududi — qo‘riqxona, bufer (himoya) va yadro tegralariga ajratilmagan. Qo‘riqxonadagi bunday tashkiliy ishlarni amalga oshirish ma’lum darajada moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni taqozo qiladi.

Yüklə 44,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin