7
4.8-rаsm. K580 sеriyadаgi bir kristаli MP blоkining strukturа sxеmаsi.
REGISTRLAR
Registrlar deb - raqamli axborotni qabul qilish. xotirada saqlash, uni
uzatish va shu axborotni kodini o„zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr
inglizcha so„zdan olingan bo„lib, «yozuv jurnali» degan ma'noni anglatadi.
Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar
ko„rinishida saqlanadi.
Registrlar triggerlardan yig„iladi va ularning soni raqamli koddagi
razryadlar soniga teng bo„ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga
registming mos razryadi to„g„ri keladi. Registrlar axborotni xotirada saqlashdan
tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
1.Sonning kodini o„zgartirish;
2.Axborotni o„ngga va chapga istalgan razryadga surish;
3.Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha;
4.Ayrim mantiqiy amallami bajarish;
Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga
bo„linadi. Registrda axborotni qabul qilish. siljitish va uzatish boshqaruvchi
impul'slar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi impul‟sli signallar
konyuktorlar orqali registrlarga o„tadi. Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2
guruhga bo„linadi:
1.Xotira (siljimaydigan) registr.
2.Siljituvchi registr.
Siljituvchi registrlarni quramiz.
Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impul‟s ta‟sirida ikkilik soni
kodini bir yoki bir necha razryad o„ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi.
Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo„qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va
mantiqiy operatsiyalami bajarish uchun ham qo„llaniladi.
Qo„shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi.
К580 ВА86
Dostları ilə paylaş: