8
Katta razryadli triggerni sanoq kirishiga ulangan. Son registrga 2
usulda
yozilishi mumkin:
1.Parallel
2.Ketma-ket kodlar bilan.
Ketma-ket sonni yozishda katta razryadli triggerni sanoqli kirishiga soni
kichik razryaddan boshlab ketma-ket kodli signal impul‟si ko„rinishida beriladi.
Har bir razryad yozilgandan keyin siljituvchi impui‟s beriladi.
Natijada yozilgan
ikkilik son bir razryad o„ngga siljiydi. Siljituvchi impul‟s hamda triggerlarni 0
holatga keltiradi. Bu holda triggerlarda yozilgan birlik signal impul‟si shu
triggerlarning chiqishidan kichik razryadli triggerga ma‟lum vaqt kechikib boradi.
Triggerlardagi o„tkinchi protseslar tugashi bilan registrdagi ikkilik son (kodli
signal) kichik razryadga siljiydi. Registrda soni hamda razryadlar yozib
bo„lingandan keyin “o„qish” komandasi bilan chiqishdagi
konyunktorlar orqali
parallel kodli shinaga uzatiladi. Parallel kod bilan soni yozishda signal kodi kodli
shinaga beriladi. “Siljituvchi” komandasi bilan signal kodi bir razryad o„ngga
siljiydi. N razryad siljitish uchun n marta siljituvchi impul‟s berish kerak. Shunday
qilib bitta registr yordarnida soni parallel kodini ketma-ket kodiga aylantirish
mumkin. Sonni chapga siljitish uchun kichik razryadli
triggerni birlik chiqishini
kechiktiruvchi element orqali katta razryadli triggerni sanoqli kirishiga ulash
kerak. Ko„pincha EHM larda reversiv siljituvchi registrlar ham ko„p qo„llaniladi.
Hozirgi paytda registrlar integral mikrosxema ko„rinishda ishlab chiqarilmoqda.
Triggerlar EHM ning xotira va arfmetik qurilmasining
asosiy elementi
hisoblanadi. 2 ta turg„un holatga ega bo„lgan elektron qurilmadir. U ikki kaskadli
simmetrik qarshilikli kuchaytirgichdan iborat bo„lib kaskadlar orasida 100 % li
musbat teskari bog„lanishi amalga oshirilgan. Hisoblash texnikasida triggerlar
xotira qurilmasi sifatida qo„llaniladi.
Trigger kirishiga beriladigan boshqaruvchi signal ta‟sirida u bir turg„un
holidan ikkinchi turg„un holatiga o„tadi. Uning bitta turg„un holati mantiqiy 1 deb
ikkinchisi 0 deb qabul qilinadi. Triggerni kirishiga beriladigan
har bir signalga
muvofiq u nollarni o„zgartirish uchun hisobli kirish rejimi qo„llanildi- Buning
uchun triggerni alohida kirishlari o„zaro birlashtirib ulanadi.
Triggerlar amalda inertsiyasiz. 1 sekunda 10
6
marta
qayta ulanib turishi
mumkin. Triggerlar asosida EHM larni registrlari, schyotchiklari va jamlagichlari
yig„iladi. Triggerlar integral mikrosxema asosida ishlab chiqilmoqda.
Triggerlar
axborotni usuliga qarab asinxron va sinxron triggerlarga bo„linadi.
Asinxron triggerlarda axborot vaqtning istalgan momentida kirish
signalining o„zgarishi bilan o„zgarishi mumkin.
Sinxron triggerlarda ularning ishlaridagi axborot vaqtning aniq momentida
sinxron signal berilgandagina o„zgaradi.