HOLAT VA BOSHQARUV REGISTRLARI
Bavroq - bu ma‟lum shart bajarilganda 1 qiymatini, aks holda 0 qiymatini
qabul kiluvchidir. Bir necha xildagi bayroqlar ishlatiladi. Ularning har biri ma‟lum
nomga ega (ZF,CF va hokazo). Ularning bayroqlar registrida joylashgan. Ba‟zi
bayroqlar shart bayroqlari deb ataladi, ular buyruqlar bajarilganda ularning
natijasining xususiyatini aniqlab, shunga qarab almashinadi. Boshqa bayroqlar
holat bayroqlari deb ataladi. Ular dasturlar yordamida o„zgartiladi va
protsessoming keyingi holatiga ta‟sir qiladi.
•
CF (corry flag) - o„tkazish (ko„chirish) bayrog„i:
•
OF (overflow flag) -to„ldiruvchi bayroq;
•
ZF (zero flag) - nol bayrog„i;
•
SF (sign flag) - simvol bayrog„i:
•
PF (pority flag) - juft toqligini tekshirish bayrog„i;
-
AF (auxiliary corry flag) - qo„shimcha o„tkazish bayrog„i;
HOLAT BAYROQLARI.
«DF (direction flag) - yo„naltirish bayrog„i satr va satrni buyruqlarni
ko„rish yo„nalishini ko„rsatadi DF = 0 bo„lganda satr boshidan oxiriga qarab
o„qiladi. DF=0da shuning teskarisi:
12
•
IF (interrupt flag) - uzilishlami ruxsat etuvchi bayroq. IF=0 bo„lganda
protsessor o„ziga kelayotgan uzilishlarga ta‟sir ko„rsatmaydi. IF = 1 bo„lganda
uzilishlar blokirovkasi olib tashlanadi va protsessor aks ta‟sir ko„rsata boshlaydi;
•
TF (trap flag) - qopqon bayrog„i. TF = I bo„lganda protsessor har bir
buyruqdan keyin uzilish beradigan qadamma-qadam ishlash rejimiga o„tadi. Ushbu
rejim dasturni kompilyatsiya va sozlovchi qilish uchun ishlatiladi.
EFlags registridagi bayroqlar qo„shimcha kiritish/chiqarish boshqarish va
8086 virtual rejimiga o„tishni boshqaradi. Ko„pchilik sistemalarda bu registrlar
murojaat maxsus holat (vaziyatga) olib keladi.
BA‟ZI YANGI BAYROQLAR VAZIFASI:
«AC (xotirada saqlash rejimi, 18 bit). AC bayrog„i o„rnatilishi va CRO dagi
AM bitlarining o„rnatilishi xotiraga murojatdagi tyokislashni boshqarishga ruxsat
beradi.
•VM (virtual rejim 17 bit) VM bayrog„ining o„rnatilishi protsessorning
8086 virtual rejimiga o„tishiga olib keiadi.
•
RF (qayta tiklash bayrog„i 16 bit) RF bayrog„i vaqtinchalik otlatka
chegaralanishini bekor qiladi. shuning uchun bunday chegaralanishdan keyin
boshqa buyruq bajarilishi mumkin va bu boshqa sozlovchi chegaralanishini
yaratilishiga olib keladi. Sozlovchi kirishda bu bayroq uning normal
funktsiyalanishiga olib keladi, aks holda otladchik o„zi-o„zini rekursiv chaqirislmi
davom etib stekni to„ldirar edi. POPF buvrug„i RF ga hech kanday ta‟sir
ko„rsatmavdi, lekin PORT-D da IRET buyruqlari bu bayroq holatiga ta‟sir
ko„rsatadi.
•
•NT (vazifa qoyilishi bayrog„i 14 bit) Ushbu bayroq chaqirilgan yoki
uzilgan vazifalami boshqarish uchun xizmat qiladi. NT bayrog„i IRET buyrug„i
ishiga ta‟sir ko„rsatadi. POPF. POPFD va IRF.T buyruqlari NT bayrog„i holatiga
ta‟sir qiladi.
•IOPL (kiritish/chiqarish darajasi 12-13 bit). KiritislVchiqarish
buyruqlarining ustunlik darajasini bclgilaydi. Bu bayroq faqat himoyalangan
rejimda ishlatiladi.
YANGl REGISTRLAR TURLARI.
80386 dan boshlab 32-razryadli protsessorlarda foydalaniladigan
regislrlaming bir qismi 32-razryadli bo„lgan. Lekin shunga karamay, segment
registrlari
avvalgiday
16-razryadliligicha
qoldi.
Bundan
tashqari
486
piotsessorlaridan boshlab. asosan sitemaga qaratilgan yangi registrlar turiari paydo
bo„ladi.
SISTEMALI REGISTRLAR.
Sistemaga karatilgan registrlar klassifikatsivasi:
•
Eflags bayroqlar registri;
13
•
Xotirani tashkil ctish registrlari;
•
Boshqaruvchi registrlar;
•
Sozlovchi registrlari;
•
Test registrlari.
Sistemali registrlar amaliy dasturlar bajariladigan muhitni boshqarish
uchun xizmat qiladi. Ko„pchilik sitemalarda ushbu registrlarga murojaat
taqiqlanadi.
XOTIRANI BOSHQARISH REGISTRLARI:
I486 protsessorida 4 registr ma‟lumotlar strukturalariga νοΊ ko„rsatadi. Ular
xotira segmentlarining Uizilishini boshqaradi. Ushbu registrlami yuklash va
saqlash uchun maxsus registrar mavjud. GDTR va IDTR regsitrlari xotiradan 6
baytli bloklarni chiqaruvchi buyruqlar yordamida chaqirilishi mumkin. LDTR va
TR registrlari operand sifatida 16 bitlik selektor scgmentidan foydalanadigan
buyruqlar yordamida vuklanadi. So„ngra bu registrlarning qolgan baytlari
protsessor tomonidan yuklanadi. Ko„pchilik tizimlar bu registrlar yuklanishini
taqiqlab qo„yadi.
-GDTR global deskriptorlar jadvali registri. 32 bitli bazali adres va 16
bitlik segment chegarasi global deskriptorlar uchun. Segment deskriptori
segmentning bazali adresini o„zida mujassamlashtirgan.
-LDTR - 32 bitlik bazali adresga ega lokal deskriptorlar jadvali registri.
LDTR li segment GDT da tegishli segment deskriptorgi ega bo„ladi.
-DTR - uzilishlar deskriptorlari jadvali registri. Uzilish ro„y berganda
uzilish vektori shlyuz deskriptori jadvali indeksi sifatida quriladi.
-TR - vazifa registri, u global deskriptor jadvalidagi vazifa holati
segmentiga ssilkadan iboratdir.
BOSHQARISH REGISTRLARI:
CRO, CRl, CR2, CR3 - boshqarish registrlari. Ko„pchilik tizimlarda
Amaliy dasturlar bor registrlarni yuklash mumkin emas. Amaliy dasturlar ushbu
registrlar yordamida matematik soprotsessorga murojjat etishi mumkin. MOV
buyruqlarining ba‟zi ko„rinishlari registrlarni umumiy foydalanishga mo„ljallangan
registrdan chiqarishga imkon beradi. Masalan:
MOV EAX5 CRO
MOV CR3, EBX
-
CR0 registri tarkibiga protsessor holatini ko„rsatuvchi va rejimlarni
boshqaruvchi bayroqlar bor. Dastur ushbu bitlarning holatini hech qachon
o„zgartirmasligi lozim.
-
PG (sahifani podkachkasi 31 bit) Ushbu bit sahifani podkachkasini
ijozat etadi. Agar u yoqiigan bo„lsa va u o„chirilgan bo„lsa man etadi.
-
CD (keshlashni ta‟qiqlash 30 bit) Ushbu bit ichki keshlashni ruxsat
14
beradi. Agar u tozalangan bo„lsa, ask holda man etiladi.
•NW ((Skvoznaya) o„zish ta‟qiqlanishi, 29 bit) Ushbu bit skvoznaya.
o„zishni va keshni nolga tenglashtiradi. Agar bu bit o„rnatilmagan bo„lsa.
•AM (tekislash yacheykasi 18 bit) Ushbu bit o„rnatilgan bo„lsa tekislashni
boshqarishga ijozat beriladi.
•WP (o„zishni himovalash 16 bit) Agar bu bit o„rnatilgan bo„lsa supervizor
rejimdagi murojatda, o„zish man etiladi.
•ME (sonli xatoiik 5 bit) O„rnatilgan holda o„zgaruvchi nuqtali sonlar bilan
bo„ladigan operatsiyalardagi xatoliklarni e‟lon qiladi.
•ET (kengaytrna tipi 4 bit) Ushbu bit 378 DX matematik soprotsessori
buyrug„ini qo„liab quvvatlash va ko„rsatish uchun xizmat qiladi.
•TS (masalalar orasida o„tish 3 bit) Ushbu bit sonli ma‟lumotlarni
ishiatilmasdan oldin qayta tiklash, o„zishni orqaga qoldirishga xizmat qiladi.
•EM (emulyatsiya 2 bit) YeM yoki TS ning bitlaridan biri yoqilgan bo„lsa,
WAIT buyrug„ining bajarilishida soprotsessor nedopusten xulosasiga keladi.
•
MR (matematik soprotsessor mavjud 1 bit RE (xizmatning ruxsat
etilishi bit). Ushbu bit o„rnatilishi segmentda rejasidagi himoyaga ruxsat etilishini
ko„rsatadi.
SOZLOVCHI REGISTRLAR:
Sozlovchi registrlari sozlovchining kengaytirilgan imkoniyatlarini ochib
beradi. U kodli segmentlarning o„zgarishsiz kontrol nuqtalarini o„rnatishga imkon
beradi. Ushbu registrlarga murojaat faqat yuqori darajali dasturlar yordamida
amalga oshishi mumkin.
Sozlovchi registrlari: DR0-DR7
TESTLI REGISTRLAR:
Testli registrlar protsessoming arxitekturaviy qismining formal qismi
hisoblanmaydi. Ular keshni va translyatsiya buferini testdan o„tkazadigan maxsus
mustaqil bo„lmagan vosita hisoblanadi. TR0-TR7 test registrlari ishlatilishi
mumkin.
Registr o„zining strukturaviy tuzilishiga aura 8-razryadli. 16-razryadli, 32-
razryadli bo„ladi. Registrlarni quyidagi guruhlarga bo„lish mumkin:
1.
Umumiy foydalanishga mo„ljallangan registrlar
2.
Segment registrlar
3.
Bayroq registrlar
4.
Buyruq registrlar
5.
Soprotsessor registrlari
6.
MNIX kengaytmali butun sonli registrlar
7.
MMX kengaytmali qo„zg„aluvchan o„nlik sonlar bilan ishlovchi
registrlar.
15
Umumiy foydalanishga mo„ljallangan registrlar 8 ta
•
ΑΧ/ΈAΧ/ΑH/AL - akkumlyator
•
DX/EBX/BH/BL - baza registr
•
CX/ECX/CH/CL - hisobchi registr
•
DX/EDX/DH/DL - ma‟lumotlar registri
•
SI/ESI - manba indeksi
•
DI/EDI - qabul kiluvchi indeks
•
BP/EBP - baza ko„rsatgichi
•
SP/ESP - stek ko„rsatgich
Segment rcgistrlar:
Segment registrlar asosan 6 ta shulardan 3 tasi asosiy, 3 tasi yordamchi,
qo„shimcha
•
SS - stek segmenti
•
CS kod segmenti
•
DS - ma‟lumotlar segmenti
Qo„shimchalar: ES, FS, GS - qo„shimcha segment registri
Bayroq registri:
Bayroq registri 1 ta registr. Undagi har bir razryad ma‟lum bir vazifani
bajarisbga mo„ljallangan. Shunga ко‟ra bayroq razryadlarmi 2 ga bo„lish mumkin:
1)
Holat bayroqlari
2)
Boshqarish bayroqlari
Holat bayrog„iga quyidagilar kiradi:
•
00-CF - 0-razryaddagi CF o„tkazish bayrog„i;
•
02-PF - qivmatning juftligini tekshiradi;
•
04-AF - qo„shimcha o„tkazish bayrog„i;
-
06-ZF - nol bayroq;
•
07-SF - ishora bayrog„i;
•
10-OF – to‟lib-toshish bayrog„i;
•
12-13 - IOPL-kiritish chiqarish darajasini belgilash bayrog„i;
•
14-NT - masala berilishi bayrog„i.
Boshqarish bayroqlari:
-
08-ТF - qopqon bayrog„i;
•
09-IF - uzu Iishlar bayrog„i;
•
10-DF - yo„nalish bayrog„i;
•
16-RF - yangilash bayrog„i;
-
17-VM - vertual rejim bayrog„i;
•
18-AC - taqqosiashni nazorat qilish bayrog„i;
•
19-VIF uzulishning virtual bayrog„i;
-
20-VIP - qoldirilgan uzulishlar bayrog„i;
16
•
21-ID - protsessorni identifikatsiyasini qo„llash.
Buyruq registri:
Bu regisirning vazifasi navbatdagi bajariladigan buyruqni saqlash.
Soprotsessor registrlari:
Soprotsessor registrlar o„nli nuqtasi o„zgaruvchan sonlar bilan ishlashga
mo„ljallangan bo„lib, ularni nomlashda st(0) dan sf(7) gacha bo„lgan 8 ta registrdan
foydalaniladi. Ularning har biri 80 ta razryadga ega.
Multimedia kengaytmali butun sonli registrlar:
MMX0-MMX7 bo„lgan registrlardan foydalaniladi. Bu registrlar
multimediaga ma‟lumotlarni qayta ishlashga mo„ljallangan ularning har birida 64
ta razryad mavjud.
O„nli nuqtasi qo„zg„aluvchan registrlar:
O„nli nuqtasi qo„zg„aluvchan registrlarga XMM0-XMM7 gacha bo„lgan
registrlar o„nli nuqtasi qo„zg„aluvchan mul‟timedia vositalarini qayta ishlashga
mo„ljallangan bo„lib, har bir registr 128 ta razryaddan iborat. Pentium 2 dan
boshlab joriy etilgan.
AХ, VX, SX - registrlari arifmetik amallami bajarishga mo„ljallangan.
Bandan tashqari SX hisobchi registr bo„lib tsikl jarayonlarini tashkil etishda
foydalaniladi.
DX - registr adreslar ustida amailar bajarishda foydalaniladi.
SI - ifodaning tartibini ko„rsatish uchun xizmat qiladi. Manba sifatida
registr, o„zgaruvchi, son bo„lishi mumkin.
DI - chap tomonida turgan hadning tartibini ko„rsatish, qabul qiluvchi
sifatida o„zgaruvchi yoki registrdan foydalanish mumkin.
SP - stekdagi mа‟lumot hajmiga ko„ra stekning o„lchamini ko„rsatadi.
Bayroq registrlari:
CF - amal bajarish natiajasida katta razryadga o„tsa yoki undan kamaysa
CF-I qiymat qabul qiladi, aks holda O qivinat qabul qiladi.
PF - demak. son jufi bo„lsa PF-I aks holda PF=-O
ZF- 0 bayrog‟i, natija 0 ga 1 eng bo„lsa ZF=1 aks holda ZF=0
SF - ishora bayrog„i, sonning ishorasi o„zidan katta razryadda joylashgan
bo„ladi.
SF - 07, 15 razryadlarda ifodalangan bo„lgan. Agar bu razryadlarga qiymat
1ga teng bo„lsa, son manfiy bo„ladi, aks holda musbat son bo„ladi.
OF - arifmetik amallarni bajarish natijasida hosil bo„lgan natija belgilangan
chegaradan oshsa, bayroq 1 qiymat qabul qiladi, aks holda 0 qiymat qabul qiladi.
IOPL va NT bayroqlari himoyalangan rejimlarda foydalaniladi. Uning
vazifasi kiritish/chiqarish buyruqlarining ustunlik darajasini ifodalaydi.
Holat bayroqlari dasturning bajarilish tartibiga ta‟sir qiladi, biroq hisoblash
17
mashinasining ish faoliyatiga ta‟sir ko„rsata olmaydi.
Boshqarish bayroqlari:
Boshqarish
bayroqlari
nafaqat
programmaning
balki
hisoblash
mashinasining ish faoliyatiga ta‟sir ko„rsatadi.
Mikroprotsessorning sistemali registrlari:
Ushbu registilarning nomidan ko„rinib turibdiki, ular sistemada maxsus
funktsiyalarni bajaradi. Aynan shu registrlar himoyalangan rejim ishini
ta‟minlaydi. Shuningdek ularni mohir dasturchi turli xil operatsiyalarni bajarish
uchun dastur tuzishga to„sqinlik qilmaydigan mikroprotsessorning maxsus qismi
deb ko„rsa bo„ladi.
Sistema registrlari 3 guruhga bo„linadi:
- 1 ta boshqarish registrlari:
- 4 ta sistema adreslari registrlari;
- 6 ta sozlovchi registrlari.
Pentium mikroprotsessorlari uchun quyidagi o„zgarishlari kiritilgan:
-
Oldin band qilib qo‟yilgan CR4 boshqarish registrlari qo„llanilgan;
-
MSR registrlar guruhi kiritilgan.
Boshqarish registrlari:
Boshqarish registrlari guruhiga beshta registr kiritilgan: CRO, CRl, CR2,
CR3, CR4. Bu registrlarning vazifasi butun sistema ishini boshqarish hisoblanadi.
Mikroprotsessor beshta boshqarish registrlariga ega bo„lsa ham ulardan faqat
to„rttasi ishlatiladi. CRl registri ishlatilmaydi, chunki uning funktsiyasi
aniqlanmagan.
CRO registri mikroprotsessoming holatini va uning ish rejimini
tasvirlovchi sistema bayroqlaridan tashkil topgan. Quyida ular bilan tanishantiz:
-
PE (protect enobic) mikroprotsessoming joriy vaqtida qaysi ish rejim:
ishlayotganini ko„rsatadi. Agar uning qiymati I bo„Isa, liimoya rcjimi, 0
bo„lsa real rejim;
-
MP (math present) soprotsessor borligi;
-
TS (task switched) amallar orasida o„tish (pereklyuchatel zadach);
-
AM (alignment mask) tekislash maskasi. Ushbu bit tekislashni
boshqaradi;
- CD (cache disable) KESH xotirani ta‟qiqlash. Ushbu bit AM=1 da KESH
xotira borligiga ruxsat beradi. AM 0 bo„lsa, ta‟qiqlaydi;
-
PG (pa ging) xotirani sahifalashda ruxsat BSRish (Pg=1) yoki
ta‟qiqlash
(Pg=O).
CR2 registri operativ xotiraning sahifa rejimida ishlatayotganda ma‟lum
18
vaziyatdan chiqib ketish uchun mo„ljallangan. Ushbu vaziyad quyidagicha:
-
Agar buyruq xotirada joriy vaqtda bo„lmagan sahifa adresiga
murojaat qilsa mikroprotsessor ushbu adresni CR2 registriga yozib qo„yadi. Shu
ma‟lumotga qarab kerakii sahifa topiladi va xotiraga yuklanadi;
-
CR3 registri ham xotiraning sahifalashda ishlatiladi. Ushbu registrni
birinchi darajali sahifalar katalogi registri deb ham atasak bo„ladi.
-
CR4 Pentium mikroprotsessorlarining turli modellariga paydo bo„lgan
elementlami xarakteriavdi.
Registrlar shuningdek xotirani boshqarish registrlari deb ham aytiladi. Ular
mikroprotsessorning multi amalli holatida ma'lumotlarni va adresni himoyalash
uchun qo„llaniladi. Himoyalangan rejim da mikroprotsessor adresli muhiti 2 ga
bo„linadi:
Global - barcha vazifalar uchun umumiy,
Lokal - har bir vazifa uchun alohida.
Mikroprotsessor tarkibida quyidagi sistemali registrlar mavjud:
-
GDTR (global descriptor table register) 48 bit o„lchamga ega, shundan 32 bit
global deskriptor jadvali va 16 bit GDT jadvali chegarasi;
-
LDTR (local descriptor table register) 16 bit o„lchamga ega va LDT
deskriptor jadvali spektorini o„z tarkibida saqlaydi;
-
IDTR (interrupt descriptor table register);
-
TR (task register) 16 bitli vazifa registri.
Sozlovchi registrlari:
Bu apparatli sozlash uchun mo„ljallangan registrlar guruhidir. Apparatli
sozlash vositasi birinchi marta 1486 mikroprotsessorlarida paydo bo„ldi. Apparatli
qism tomonidan mikroprotsessor 8 ta sozlovchi registridan iborat. Lekin real holda
ularning faqatgina 6 tasi ishlatiladi.
DR0, DR1, DR2, DR3 registrlari 32 bit razryadga ega va 4 ta uzulish
nuqtasi adresini ko„rsatishga xizmat qiladi. Dastur tomonidan yaraladigan har
qanday adres DR0...DR3 registrlari tarkibidagi adreslar bilan taqqoslanadi va mos
tushish holida 1 raqamini sozlovchi iperatsiya qilinadi.
DR6 - sozlash holati registri deb ataladi. Ushbu registr bitlarini ko„rib
chiqaylik:
BO - agar ushbu bitda 1 o„rnatilgan bo„lsa, oxirgi uzulish DRO registridan
kontrol nuqta natijasida ro„y beradi.
Vl-V0 analogi faqat DRl registri kontrol nuqtasi uchun, V2-V0 analogi
faqat DR2 registri kontrol nuqtasi uchun, V3-V0 analogi faqat DR3 registri kontrol
nuqtasi uchun, BD - sozlovchi registrlarini himoyalash maqsadida ishlatiladi.
BS-eflages registrida tf=l bo„lsa, birni qabul qiladi.
BT- qopqon bit ISST=l bo„lganda birni qabul qiladi.
19
Ushbu registrlarda qolgan bitlar nollar bilan to„ldiriladi.
DR7 - sozlovchini boshqarish registri deyiladi.
Soprotsessor registrlari:
Soprotsessor dasturiy modelida registrlarning 3 ta guruhini qurish mumkin:
1)
soprotsessor stekini tashkil etuvchi R0...R7 8 ta registrlar. Har bir registr
o„lchami 80 bit. Bu hol hisoblash algoritmlarini bajaruvchi qurilma uchun
xarakterli hisoblanadi;
2)
uchta xizmatchi registr:
SWR (status word register) - soprotsessor holatini ifodalovchi registr. SWR
registrlarida oxirgi buyruq bajarilishining holatlari oxirgi buyruq bajarilganda
qanday chegaralanish kelib chiqdi, soprotsessor stekining yuqorigi registrlari
qaysiligini ko„rsatuvchi maydonlar mavjud.
CWR (control word register) soprotsessor ish rejimlarini boshqaradi.
Ushbu registrdan maydonlarga qarab sonli hisoblashlar aniqligi, yaxlitlashni
boshqarish, o„z ishlarini maskirovka qilish mumkin.
TWR (tags word register) teglar so„zlari registri R0...R7 registrlarining
holatlarini boshqarish uchun ishlatiladi.
3)
ikkita ko„rsatish registrlari:
DPR (data point regiter)
IPR (instruction poin register) buyruqlar ko„rsatiladi.
Ular buyruq adres va ular operandi adresini eslab qolish uchun xizmat
qiladi. Bu ko„rsatgichlar qoidadan istisno holida bajariladigan qayta ishlash
jarayonida ishlatiladi.
SWR holat registrlari:
Yuqorida aytib o„tilganidek SWR registri soprotsessor holatini ifodalaydi.
SWR registrining strukturaviy ko„rinishi quyidagicha:
-6 ta chegaraviy bayroq
-SF bit - soprotsessor steki ishidagi xatolik.
-HS bit - soprotsessor ishidagi xatoliklar yig‟indisi.
-CO - C3 bitlar - shart kodlari.
-TOP - uch bitlik maydonlar.
CWR boshqarish registri:
Soprotsessor ishini boshqaruvchi registr quyidagilardan tashkil topgan:
•
6 ta chegaralash maskasi;
•
PC aniqlikda boshqarish maydoni;
RC yaxlitlash bilan boshqarish
TWR teglar registri:
TWR teglar registri ikki bitli maydonlardan tuzilgan. Har bir maydon stek
registrining fizik holatiga mos bo„ladi va uning joriy holatini xaraklerlaydi. Stek
20
regisirining o„zgarishi ushbu maydonlarga ta‟sir qiladi. Teglar registri maydonlari
quyidagi qiymatiarni qabul qilishi mumkin:
00 soprotsessor stek registri nolga teng bo„lgan qiymat bilan band;
01 soprotsessor stek registri nol qiymatga ega;
10
soprorsessor stek registri noldan arkli maxsus sonli qiymatga ega;
11
registr bo„sh va unga qiymat yozish mumkin.
Savollar:
1. Unifikatsiyalangan interfeys nima?
2. Ma'lumotlar magistrali, adreslar magistrali, boshqaruvchi magistrali,
ularning razryadligiqanday?
3. MP li sistemaning bloklarini umumiy ma'lumotlar magistraliga ulashda
qo„yiladigan asosiy talablari va xususiyatlari haqida gapirib bering.
4. Ma'lumotlarni qiymatlar magistralidan xotiraga (registrga) yozish va
xotiradan (registr) o„qish uchun beriladigan signallar (buyruqlar) va
ma'lumotlardan almashuvini tashkil etuvchi sxemalari qanday?
Dostları ilə paylaş: |