mavzu avtomatlashtirishning mpli vositalari interfeyslari Reja Unifikatsiyalangan interfeys



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix16.05.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#114650
1   2   3   4   5   6
lecture № 4

REGISTRLAR TURLARI VA TASNIFI 
Operativ xotiraning yacheykalari bilan birgalikda qisqa vaqtli tezkor 
ma‟lumotlarni registrlarda saqlash ham mumkin. Registilar processor tarkibiga 
kiradi va mashina dasturi orqali ularga murojaat o„rnatilishi mumkin. 
Registlarga murojaat xotira yacheykalariga nisbatan tezroq bajariladi, 
shuning uchun registrlarni ishlatish dastur ishini sezilarli darajada tezlashtiradi. 
Intel firmasining protsessorlarida registrlar 2 guruhga bo„linadi: sistemali 
va amaliy maqsadga yo„naltirilgan. Quyida dasturchiga tegishli amaliy maqsadga 
yo„naltirilgan registrlarni ko„rib chiqamiz. 1486 protsessori 16 registrni o„z ichiga 
oladi. Registrrlarning ko„pchilik qismi 2 so„z uzunligiga ega (32 bit) ularning har 
biri tegishli nomga ega - EAX, EVX va hokazo. Ushbu registrlar quyidagi 
guruhlarga bo„lingan: 
1.Umumiy foydalanuvchiga mo„ljallangan regisir - 8 ta 32 bitlik registr; 
2.Segment registr - 6 ta xotiraga murojaatning turli ko„rinishiga mos 
selektor segmentlari; 
3.Holat va boshqaruv registrlari, ushbu registrlar protsessorning holatini 
aniqlash va o„zgartirish uchun xizmat qiladi. 
UMUMIY FOYDALANUVCHIGA MO‘LJALLANGAN 
REGISTRLAR 
Umumiy foydalanuvchiga mo„ljallangan registrlari 32 bitlik registrlar deb 
ham ataladi. EAX, HBX, EDX, EBP, ESP, ESI, va EDI. Ushbu registrlar mantiqiy 
va arifmetik buyruqlarning operandlarini saqlash uchun xizmat qiladi. Bundan 
tashqari ular adresni aniqlashda operandlami saqlashga ham xizmat qiladi. 16 
bitdan kichik registrlarni 8086 processor registrlari ismlaridan foydalanib adreslash 
mumkin: AX, BX, CX, DX, BP, SP, SI, va DI. 
Ba‟zi registrlarning shartli nomlanishi: 
• 
A - accumulator, akkumlyator. 
• 
B- base, baza. 
• 
S- counter, schetchik. 
-
D- Data, ma‟lumot, berilganlar. 
-
BP- base pointer, baza ko„rsatkichi. 
• 
SI - source index, manba indeksi. 
• 
DI- Destinition Index, qabul qiluvchi indeksi. 

SP- Staek Pointer, stek ko„rsatkichi. 
• 
CS - code segment buyruqlar segmenti. 
• 
DS- data segment, ma‟lumot segmenti. 
• 
SS - Slack segment, segment steki. 
• 
ES - extra segment, qo„shimcha segment. 
• 
IP - instruction pointer, buyruqlar schetchigi. 


10 
Umumiy foydalanuvchiga mo„ljallangan registrlarini barcha mantiqiy va 
arifmetik buyruqlarda ishlatish mumkin. Shu bilan birga ularning har bir maxsus 
tegishli vazifani bajaradi. Masalan, ko„paytirish va bo„lish amali buyruqlari 
operandlaming biri AX registrlarida yoki AX va DX registrlarida bo„lishini talab 
qiladi. Tsiklni boshqaradigan buyruq bo„lsa tsikl schyotchigi sifatida SX 
registridan foydalanishni lozim topadi. 
VX va VR registrlari ko„pincha bazali registrlar sifatida ishlatiladi. SI va 
DI registrlaridan esa indeksli registrlar sifatida foydalaniladi. SP registrlar 
protsessor tomonidan qo„llab quvvatlanadigan stek yuqori cho„qqisini 
(chegarasini) ko„rsatadi. 
AX. BX, CX va DX registrlarining har birini 2 baytdan iborat registrlardan 
tashkil etgan deb qurish mumkin. Ular quyidagicha belgilanadi: AH
1
AL, BH, BL 
va hokazo (N - hegh. yuqori, L - low kichik). Bu registrlarning har biri bilan 
alohida yoki yaxlit birlik sifatida ishlash mumkin. Masalan: so„zni AX yozib, AN 
dan uning faqat bir qismini o„qib olish yoki AL dagi qismini o„zgartirish mumkin. 
Registrlarning bunday tuzilishi ularini son bilan birga simvollar bilan ishlashga 
imkon beradi. Qolgan registrlar qismlarga ajralmaydi, shuning uchun ularning 
tarkibini o„qish yoki yozish faqat yaxlit birlik sifatida amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin