Mavzu. Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash kirish I bob. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə17/26
tarix07.06.2023
ölçüsü340,5 Kb.
#126351
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
G`olib disertatsiya eng yangi

Oltinchibugungi kunda insoniyat, xalqimiz duch kelayotgan umumbashariy muammolarga o‘z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda echim topish. Mamlakatimizda muhim bo‘lgan global muammolarni hal qilishda kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, umumiy va xususiy manfaatlarni uyg‘unlashtirish lozim. Bu esa, o‘z navbatida, kelajagimiz qiyofasini belgilaydigan global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi echimlarini topishni paysalga solmaslik zarurligidan kelib chiqadi.
Ettinchi – mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish. Markaziy Osiyo mintaqasida va butun dunyoda murakkab vaziyat yuzaga kelayotgan, terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda mamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi46.
Paragraf xulosalariga ko‘ra, yuqorida keltirilgan ichki islohotlar asosini tashkil etuvchi vazifalar davlat xavfsizligini ta’minlovchi, fuqarolarning Vatanparvarlik g‘oyalari asosida kamol topishini takomillashtiruvchi sub’ektiv omillar hisoblanadi. Barcha fuqarolarimizda Vatanparvarlik g‘oyalari asosida jipslashish ko‘nikmasi shakllanganini inkor etmaymiz. Ammo, ularni yanada takomillashtirish uchun sub’ektiv omillarning o‘rni muhim ekanligini zamonning o‘zi ko‘rsatmoqda. SHu sababli, mamlakatda ichki tizimni yanada mustahkamlash orqali Vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash ustuvor ahamiyatga ega.
II BOB XULOSASI
1. Axborot jamiyatiga o‘tish, axborot oqimlari va yalpi axborot muhitining ko‘lamlari kengayishi hamda uning mazmun-mohiyati va tuzilmasi murakkablashishi munosabati bilan uning inson psixikasiga ta’siri bir necha marta kuchayadi, bunday ta’sirning sur’atlari jadal oshib boradi. Bu hol hozirgi zamon jamiyatida ijtimoiy faol sub’ekt sifatida inson omon qolishining yangi mexanizmlari va vositalarini shakllantirish zarurligini taqozo etadi.
2. Inson psixikasining axborot muhiti bilan birgalikda harakat qilishi sifat jihatidan ixtisoslashuvi bilan farqlanadi va boshqa biologik tuzilmalar bilan axborot birgalikda harakat qilishining o‘xshash shakli ega emas.
3. Inson va uning psixikasi axborot ta’sirining asosiy va markaziy nishoni hisoblanadi. Turli murakkablikdagi ijtimoiy sub’ektlaring, har qanday odamlar birligi va ijtimoiy tashkilotlarning – kichik guruhdan tortib, to mamlakatning barcha aholisiga normal faoliyat yuritishi ayni shaxslarga, ularning o‘zaro aloqalari va munosabatlariga bog‘liq.
4. Bugungi kunda insoniyat, xalqimiz duch kelayotgan umumbashariy muammolarga o‘z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda echim topish. Mamlakatimizda muhim bo‘lgan global muammolarni hal qilishda kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, umumiy va xususiy manfaatlarni uyg‘unlashtirish lozim. Bu esa, o‘z navbatida, kelajagimiz qiyofasini belgilaydigan global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi echimlarini topishni paysalga solmaslik zarurligidan kelib chiqadi.
5. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish. Markaziy Osiyo mintaqasida va butun dunyoda murakkab vaziyat yuzaga kelayotgan, terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda mamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin