Mavzu. Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash kirish I bob. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə1/26
tarix07.06.2023
ölçüsü340,5 Kb.
#126351
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
G`olib disertatsiya eng yangi


Mavzu. AXBOROT XURUJIGA QARSHI YOSHLARDA OGOHLIK TUYGULARINI TARBIYALASH
Kirish
I BOB. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari
1.1. Axborot xuruji va ogohlik tushunchasi mazmun-mohiyati va asosiy yo‘nalishlari .......................................................
1.2. Axborot resurslaridan foydalanish sohalarining yoshlar ongiga ta’siri.

II BOB. Oʼzbekistonda axborot sohasidagi oʼzgarishlar davrida milliy mustaqillikni asrash g‘oyalari
2.1. Axborot xuruji sharoitida xavfsizlikni ta’minlash va shaxs axborot-psixikasidagi muammolari.........................................................................
2.2. Yangi taraqqiyot davrida mustaqillik g‘oyalariga bo‘lgan ehtiyojning subyektiv omillari..........................
III BOB. Axborot xurujiga qarshi yoshlar ma’naviy immunitetini shakllantirish yo‘llari
3.1. Axborot xurujiga qarshi shaxs fuqarolik tarbiyasining o‘rni va ahamiyati ..........................
3.2. Yuksak axborot madaniyati – axborot resurslaridan ratsional foydalanish sharti ......................................................................

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahonda XXI asrga kelib, internet nafaqat turli sohalarda qo‘llaniladigan kommunika-tiv tarmoq vositasi, balki shaxs ijtimoiylashuvi mexanizmlariga ta’sir ko‘rsatishga qodir ijtimoiy institut vazifasini ham o‘tay boshladi. Zamonaviy kishilik jamiyatida shaxs turli ijtimoiy bilim, g‘oya hamda faoliyat normalarini juz’an internet resurslari orqali o‘zlashtirmoqda, ko‘plab ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun ham unga murojaat qilmoqda. Lekin bu resurslar shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga hamisha ham ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani yo‘q. Ayrim hollarda internet resurslari negativ ijtimoiylashuvni harakatga keltiruvchi manba bo‘lmoqda. SHu munosabat bilan internet resurslarining shaxs ijtimoiylashuviga ta’sirini tizimli ravishda tadqiq qilish zaruriyati tug‘ilmoqda.
Jahon ilm-fanida internetning o‘z mohiyati va tavsifiga ega bo‘lgan ijtimoiy voqelik ko‘rinishiga aylangani, uning shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga ta’sir ko‘rsata boshlagani ilmiy izlanishlarning yangi yo‘nali-shini vujudga keltirdi. Bu izlanishlar samarasi o‘laroq “internet-makon” tushunchasi ilmiy muomalaga kiritildi, uning mazmuni va funksiyalari ochib berildi, internet resurslarining shaxs dunyoqarashi va hayotiy faoliya-tiga ta’siri qonuniyatlariga doir ilmiy farazlar ilgari surildi. Bu farazlarni turli mamlakatlar, xususan O‘zbekistondagi voqelik misolida ham tekshirib ko‘rish zaruriyati mavjud. Buning uchun esa mavzuga doir max-sus ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Mamlakatimizda YAngi O‘zbekiston barpo etilmoqda, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga intilinmoqda. Vaholanki, jamiyat a’zolari ijtimo-iylashuvi jarayoniga pozitiv tus bermasdan, ularning umumijtimoiy man-faatlarga mutanosib bo‘lgan bilim va g‘oyalarni, norma va tamoyillarni o‘zlashtirishlarini ta’minlamasdan turib, ko‘zlangan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. SHuni nazarda tutgan holda mamlakat Prezidenti: “Biz o‘z oldi-mizga O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya orqali erisha olamiz”1,- deb ta’kidlagan edi. Modomiki shunday ekan, shaxs-ga bunday bilim va normalarni etkazayotgan har bir ijtimoiy institut, shu jumladan internet-makon imkoniyatlaridan oqilona foydalanish kerak. Bu-ning uchun esa eng avvalo internet-makonning shaxs ijtimoiylashuviga ta’-siri ilmiy pozitsiyadan tadqiq qilinmog‘i darkor.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 24 sentyabrda imzolangan “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarador-ligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘ri-sidagi” Qarori, 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan YAngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi” Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 sentyabrdagi 707-son “Butunjahon internet tarmog‘ida axborot xavfsizli-gini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarori hamda mavzuga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin