Mavzu. Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash kirish I bob. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari


Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə3/26
tarix07.06.2023
ölçüsü340,5 Kb.
#126351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
G`olib disertatsiya eng yangi

Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Mavzuga doir ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, M. Olmann, S. Osterman, P. Baran internet-makonda mujassam bo‘lgan xizmatlar mazmunini ifodalab berishga e’tiborni qaratadi. M. Karr internetning xalqaro munosabatlarga ta’sirini tahlil qiladi. R.Klark va R.Neyk internetning rivojlanishi oqibatida vujudga kelgan kiberurushlarning milliy xavfsizlikka tahdidini ochib beradi. J. Rayan internet tarixini o‘rganar ekan, uning rivojlanishi mantig‘ini anglab olishga urinadi.2
MDH mamlakatlarida ham keyingi yillarda o‘rganilayotgan muammoga doir ko‘plab monografiyalar, kitoblar, risolalar, maqolalar nashr etildi. Bu ilmiy ishlarni bir necha turkumga bo‘lish mumkin. Jumladan, D.S. Bileva, S.Grinshteyn, A.V.Dikov va O.B.Skorodumovalarning ilmiy ishlari internet mazmuni, tarixi va funksiyalariga bag‘ishlangan3. YU.S.Borisova, D.I.Edalina, N.V.Goryachev, N.K.YUrkov, S.V.Eroxin, T.V.Korotaeva, A.D.YAnel, V.A.Lobashevskaya, D.Romanenko, O.V.Sidorovalarning asarlarida internet resurslarining o‘ziga xos xususiyatlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari ochib beriladi.4 L.A.Bobrova, N.A.Karaban, A.V.Dikareva, M.Kastels, I.G.Morgenshternlarning ilmiy ishlarida internetning shaxs va jamiyat hayotiga ta’siri tahlil qilinadi5. S.I.Buz, A.Denisov, A.A.Lopatina, E.A.Millerova esa internet texnologiyalarining taraqqiy topishi qator ijtimoiy illatlarning ham ildiz otishiga sabab bo‘lganiga e’tiborni qaratadi6.
Mamlakatimizda ham mavzuga doir qator ilmiy ishlar e’lon qilindi. Bu ilmiy ishlarda monografiya va maqolalarning bir guruhi, masalan, D.Jumanov, L.Ibragimova, O‘.Karimov, G.Karimova, A.Mamatqulov, O.Raximov, S.Saidkarimova, R.Samarov, YO.Satorova, N.Umarova G.G‘affarovalarning ilmiy ishlari internet-makonning vujudga kelishi tarixi va istiqbollari, uning resurslarining yoshlar ma’naviyatiga ta’siri, axborot madaniyati va xavfsizligi muammolariga bag‘ishlangan7. Ikkinchi guruh ilmiy ishlarda esa internet-makon resurslarining turli ijtimoiy jarayonlarga ta’siri ochib beriladi8.

Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin