Birinchidan, axborotlashgan mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi. Axborotlashgan mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi davri tadqiqotimiz paragrafini asosiy qismini tashkil etadi. Bu davr mafkuraviy jarayonlarning ommaviy tus olishi fonida kechdi. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi keng qamrovda ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, ekologik, kommunikativ, baynalminal, transformatsion va informatsion jarayonlarning barcha turlarini qamrab olgan holda amalga oshmoqda. Globallashuv davri boshqa davrlarga nisbatan shakliy jihatdan juda katta farq qiladi. Mohiyat nuqtai nazardan globallashuv boshqa davrlarda ko‘zlangan maqsadlarga tayanadi. Ammo, uning farqli jihati mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi integratsion va unifikatsion shakl va mohiyatga asoslanishi bilan belgilanadi. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi davrida ogohlik tuyg‘ularini rivojlanish bosqichlarini davrlashtirish bir muncha qiyinroq kechmoqda. O‘rganilayotgan adabiyotlarning birortasida mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi davrida ogohlik tuyg‘ularini shakllanishi haqida ma’lumot uchratmadik. Mavzuga doir adabiyotlarni va ulardagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda uch bosqichga bo‘lib tahlil qilishni maqsad qildik. Axborotlashgagn mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi davrida ogohlik tuyg‘ularini shakllantirishning: globallashuvning yuzaga kelish arafasida jahondagi qarama-qarshiliklar; globallashuvning fan tarkibiga kiritilishi arafasi; globallashuvning tarmoqlararo kengayishi davrlarda taqlqin etildi.
Axborot globallashuvining yuzaga kelish arafasida jahondagi qarama-qarshiliklar. Sovuq urushning paydo bo‘lishi mavjud ikki qutubning qarama-qarshi faoliyatini tezlashtirdi. Qarshi harakatlanish qurollanish poygasini kuchaytirdi. Umumqirg‘in harbiy qurollarining ko‘payishi jahonga hukumronlik qilishning yangicha formatsiyasini shakllantirdi. Bu formatsiya sotsializm va kapitalizm o‘rtasidagi kurashga aylandi. Jamiyatda yo kapitalizm, yoki sotsializm mafkurasi qolishi kerak degan tushuncha dunyoning ikki qutbligini ko‘rsatdi. Asosiy harakat kapitalizm namoyondalarining xatti-harakati asosida boshlandi. Sotsializmni siqib chiqarishga urinishlar aynan birinchi navbatda sobiq Ittifoqqa qaratildi. Sobiq Ittifoqning parchalanishi radikal kuchlar (AQSH boshchiligidagi G‘arb davlatlari) tomonidan tinimsiz olib borilgan sovuq urush natijasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ittifoqning ichki siyosiy tizimidagi boshqaruv jarayonlarning salbiy yo‘nalishi bunga zamin hozirladi. Mamlakatda ichki tartibsizliklar avj ola boshladi. Korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik, mahalliychilik, inson huquqlariga nopisandlik, xususiy mulkchilikning batamom yo‘qotilishi, fuqarolarni davlatga ishonchsizligi, boshqaruv elitasini qurollanish siyosatiga e’tibor berib qolishi, barcha sohalardagi talon-tarojliklar va sustkashliklar iqtisodiy inqirozni keltirib chiqardi. 1985 yilda Qayta qurish siyosati dasturini ishlab chiqilishi, 1989-1990 yillarda bozor munosabatlariga o‘tish jarayonini amalga oshirilishi o‘z natijasini bermadi. Mamlakat parchalanishi uchun asosiy zamin yaratilgan edi. SSSRning parchalanishi XX asr oxiri va XXI asrda AQSHning dunyoga hukmronligini to‘la asoslaydi degan fikrlarni avj oldirdi. Bu vaqtda sotsializm tarafdorlari bo‘lgan davlatlar aholisini himoya qilishga alohida e’tibor qaratdi. Ammo, 1990 yillarning oxirida sotsializmning inqirozi amalga oshdi.