Mavzu. Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash kirish I bob. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari


Birinchidan, jamiyatimiz a’zolarining ongi va tafakkuriga ta’sir qilishga qaratilgan xurujlar



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə9/26
tarix07.06.2023
ölçüsü340,5 Kb.
#126351
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
G`olib disertatsiya eng yangi

Birinchidan, jamiyatimiz a’zolarining ongi va tafakkuriga ta’sir qilishga qaratilgan xurujlar. Ma’lumki, xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelayotgan milliy ongi va dunyoqarashida hamda xulq-atvor normalarida ota-onaga, o‘zi yashayotgan mahalla jamoasiga, katta yoshdagi kishilarga chuqur hurmat bilan qarash, muayyan voqea va hodisalarga bosiqlik, mulohaza va andisha bilan munosabatda bo‘lish, jamoa fikriga nisbatan alohida ehtirom ko‘rsatish kabi hislatlar ustuvorlik qiladi. Qolaversa, aynan mana shu qadriyatlar jamiyatimiz ma’naviyatining tamal toshini tashkil qiladi. Bunday vaziyatni yaxshi o‘rgangan tajavuzkor kuchlar yoshlarga qarshi ma’naviy xurujlarni amalga oshirishda xalqimizning mana shunday ulug‘vor qadriyatlariga mutlaqo teskari va begona bo‘lgan, asosan, “induvidualizm”, “egoizm”, “kosmopolitizm”, “zo‘ravonlik”, “diniy mutaassiblik” g‘oyalarini iloji boricha chiroyli niqoblarga o‘rab, jamiyatimizga olib kirishga urinmoqda. Tajavuzkor kuchlarning xalqimiz milliy ongiga ta’sir ko‘rsatishidan ko‘zlangan asosiy maqsadi davlatimiz asoschisiga ta’sir ko‘rsatishdan ko‘zlangan asosiy maqsadi “O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni buzish, tobora kuchga kirayotgan davlatimizni ag‘darish, tanlangan yo‘limizdan qaytarishdir. Odamlarimizning yuragiga vahima va qo‘rquv solish hisobidan ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish, bir-biriga qarshi qo‘yish, yurtimizda, mintaqamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tkazishdan iborat”26. Zero, jahonda shiddat bilan o‘zgarayotgan notinch va murakkab vaziyat, turli mojarolar jonajon Vatanimiz xavfsizligini, el-yurtimizning osoyishta hayotini ta’minlash hamda mavjud tahdid va xatarlarga munosib javob berishga doim tayyor turishimizni taqozo etmoqda27.
Ikkinchidan, milliy urf-odatlarimizga bo‘layotgan xurujlar. Ma’lumki, xalqimizda o‘ziga xos milliy odatlar, an’analar shakllangan. Jamoa bo‘lib yashash, qarindosh-urug‘larga mehribonlik, to‘y va iarakalar, bayramlar, tarbiya masalalarida, hasharlarda ijtimoiy hamkorlikning boshqalarda uchratmaydigan o‘ziga xos yuqori darajasining namoyon bo‘lishi shular jumlasidan. Xalqimizning bu urf-odatlari asrlar davomida jamiyat mustahkamligining asosi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Milliy an’analarimiz taraqqiyoti uchun naqadar ulkan ahamiyatini sezgan tahdidchilar bu borada ham muayyan xurujlarni amalga oshirmoqda. SHu maqsadga erishish uchun ular global aloqa tizimlari va boshqa vositalar orqali ma’naviy qashshoqlikka, tarkidunyochilikka, odamlarga nisbatan oqibatsizlik va shafqatsizlikka olib keluvchi g‘oyalarni hamda urf-odat normalarini zo‘r berib targ‘ib qilmoqda. Bular orasida, ayniqsa, odamovilik, ota-onaga nisbatan bepisand qarash, shaxsiy hayotni ulug‘lash kabi g‘oya va qarashlar ustuvorlik qilmoqda.

Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin