Mavzu. Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash kirish I bob. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari


Yangi taraqqiyot davrida mustaqillik g‘oyalariga bo‘lgan ehtiyojning subyektiv omillari



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə13/26
tarix07.06.2023
ölçüsü340,5 Kb.
#126351
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
G`olib disertatsiya eng yangi

2.2. Yangi taraqqiyot davrida mustaqillik g‘oyalariga bo‘lgan ehtiyojning subyektiv omillari
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan boshlab milliy xavfsizlik tizimini mustahkamlashga katta e’tibor berib kelmoqda. Davlatning mustaqillikka erishuvi bilan faxrlanish ruhiy kayfiyat bag‘ishlaydi, ammo uning doimiyligini saqlash va qudratini yanada oshirib brish o‘ta muhim dolzarb vazifani tashkil etadi. Mustaqillikning ilk yillarida mamlakat fuqarolarini mustaqillik g‘oyalari asosida birlashtirish ancha og‘ir kechdi. Aholining aksariyat ishchi qatlami mustaqillikka ko‘nikolmay, sobiq ittifoq soxta mafkurasi ostida qolib ketishi kuzatildi. Bu ta’sir 2010 yillardan keyin ancha susaydi va mustaqillik mafkurasi aholi barcha qatlamlarini diyarli qamrab oldi. Ayniqsa chetdan kirib kelayotgan chalg‘ituvchi, mustaqillikni emirishga qaratilgan diniy, ma’naviy, mafkuraviy yot g‘oyalarning ta’siriga ko‘plab yoshlarning tushib qolishi mamlakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalarni qayta ko‘rib chiqishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Mamlakat xavfsizligiga ta’sir etayotgan tashqi omillardan ko‘ra ichki ziddiyatlarning xavfi yuqori ekanligi o‘timishimizdan ma’lum. Har bir davlat tashqi xavf-xatarlarni oldindan sezib turadi va shunga qarab tayyorlanib boradi. Ichki xavfni og‘riqli jihati esa uni qachon, qaysi vaqtda yuzaga chiqishini anglayolmay qolasan. Tashqi xavfga mamlakat fuqarolarining barchasi hamjihatlikda kurash olib boradi. Ichki xavflarda, fuqarolar bo‘linib bir-birlariga qurol ko‘tarishadi va mamlakatni parokanda qilishadi. Tashqi xavflarni engish mumkin, ichki xavni bartaraf etish mushkul. Ichki xavf-xatarlar mamlakatni boshqa mamlakatlarga butkul qaram qilib qo‘yishi, uzoq yillar urush maydoniga giriftor qilib qo‘yishi mumkin. Bunga qo‘shni Afg‘oniston davlati yaqqol misol bo‘la oladi. SHu sababli, biz bu paragrafda ichki xavf-xatarlarning ta’siri va aholining hamjihatligini ta’minlashda mustaqillik g‘oyalarining muhimligi haqida fikr bilidirishni rejalashtirdik. Asosiy fikrlar YAngi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar 2017 – 2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va 2022 – 2026 yillarda rejalashtirilgan YAngi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida tahlil qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev boshchiligida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqilib hayotga tadbiq etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad – olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishdan iborat.
Xujjatda qayd etilishicha, mamlakat bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili bugungi kunda jahon bozorida kon’yunktura o‘zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda36.
2017 – 2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida milliy mustaqillikni va mustaqillik g‘oyalarini mustahkamlash siyosatini amalga oshiri avvalo ichki muhitni yaxshilash orqali davlat qudratini oshirishga qaratildi. Bunda beshta vazifa ustuvor qilib olindi va quyidagilar amalga oshirildi.

Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin