Mavzu: Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida I. Darsning maqsadi



Yüklə 55,75 Kb.
səhifə3/5
tarix26.12.2023
ölçüsü55,75 Kb.
#197934
1   2   3   4   5
16-dars.

tarmoq viruslari.

Fayl viruslari kompyuterlarda eng ko'p tarqalgan viruslardir. Ular barcha viruslarning taxminan 80% ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo'lib, o'z vaqtida ehtiyot chorasi ko'rilmasa haqiqiy epidemiyaga aylanadi. Masalan, RCE-1813 yoki Ierusalem (Quddus), Black Friday (qora juma).
Fayl viruslarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:

  • Vena guruhi. Uning birinchi S-648 deb nomlanuvchi vakili Venada topilgan.

  • CASCADE guruhi. RC-1701 deb nomlanuvchi birinchi vakili 1988-yil o'rtalarida topilgan.

  • Quddus guruhi. RCE-1813 deb nomlanuvchi uning birinchi vakili 1987-yilning oxirida Quddus universitetida topildi.

  • TR viruslar guruhi. Mazkur viruslar taxminga ko'ra Bolgariyada ishlab chiqilgan. O'z navbatida bu guruh uch kichik guruhga bo'linadi.

  • Datacrime. Bu guruh viruslari joriy yilning 12-oktabrida faollashadi va A, B, C, D diskJarda 8 sektorni ishdan chiqaradi.

  • Avenger guruhi. RCE-1800, RCE-1000 deb nomlanuvchi mazkur guruh katta zararlash imkoniyatiga ega. U nafaqat fayllarni bajarish chog'ida, balki uni o'qish va ochish vaqtida ham zararlaydi. Bundan tashqari, bu toifadagi viruslar davriy ravishda sektorlardagi fayl va kataloglarni yo'qotadi, vinchesterga matn xabarlarini yozadi.

  • Island guruhi (Icelandic). Shuni ta'kidlash kerakki, Datacrime va Island guruhiga mansub viruslar hozircha bizning mamlakatimizda yo'q.

  • Boot-viruslar o'zini diskning operatsion sistemani yuklovchi 0-trakiga yozib oladi. Bunday viruslar foydalanuvchi hah antivirus dasturini ishga tushirmasdan awal operatsion sistema (OS) yuklangandayoq faollashadi va tarqaladi.

Boot-viruslari fayl viruslaridan tubdan farq qiladi. Boot-viruslarining soni fayl viruslariga qaraganda ancha kam va ular sekinroq tarqaladi. Hozirgi vaqtda Boot-viruslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
♦ Italiya guruhi. Uning "Bxl-lC-a" deb nomlanuvchi birinchi vakili
1987-yilning oxirida paydo bo'ldi;
• Pokiston guruhi. Bu guruhga Vgat 86 va Brain 88 viruslari kiradi. Birinchi
vakili Vgat 86 Pokistonning Lahor shahrida 1986-yil topilgan.
Tabiiyki, ham fayl sistemasiga, ham yuklash (Boot) sektoriga zarar yetkazuvchi viruslar ham mavjud.
Makroviruslar — ma'lumotlarni qayta ishlovchi turli tizimlarga (matn muharrirlari, elektron jadvallar) o'rnatilgan makrotil imkoniyatlaridan foydalanadilar. Ular ayniqsa Microsoft Word va Excel dasturlarida keng tarqalgan. Bunday viruslar zararlangan fayllar ishga tushganda faollashadi va shu turdagi fayllar ishga tushsa ularni ham zararlantiradi. Ular nafaqat alohida kompyuterlarni, balki ushbu dasturlar o'rnatilgan tarmoqdagi kompyuterlarni ham zararlantiradi.
Tarmoqqa zarar keltiruvchi viruslar replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba'zi abonentlarni zararlaydi. Tarmoq viruslari o'zini keng tarqatishi uchun tarmoq protokollari yoki kompyuter tarmoq va elektron pochta buyruqlaridan foydalanadi. Bugungi kunda keng tarqalgan ushbu turdagi viruslar - troyanlar va pochta viruslari (cherv). Bunday viruslar ma'lumotlarni o'g'irlashda keng imkoniyat yaratadi. Ulardan eng «taniqlisi» Morrisa nomlisidir. 1988-yilda ushbu virus Internet tarmog'idagi 30000 ta kompyuterdan 6000 tasiga zarar keltirgan.

Yüklə 55,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin