Mavzu: Badiiy asar kompozitsiyasi tushunchasi haqida nazariy qarashlar Kompozitsiya va arxitektonika



Yüklə 10,14 Kb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü10,14 Kb.
#195915
1   2   3
Mavzu Badiiy asar kompozitsiyasi tushunchasi haqida nazariy qar-hozir.org

kompozitsiya
xarakteri va vazifasiga bog‘liq bo‘ladi.
badiiy asar qurilishi, asar tarkibi
“Butun – bu, ibtidosi, o‘rtasi va intihosi bo‘lgan bir narsadir. Ibtido shuki, u muqarrar ravishda biror nimaning ortidan kelmaydi, balki biror nima tabiiy tarzda uning ortidan keladi yoki paydo bo‘ladi. Intiho aksincha, o‘z tabiati bilan hamisha yoxud ko‘p hollarda biror nimaning ortidan keladi, uning ortida esa boshqa biror nima bo‘lmaydi. O‘rtalik shuki, u biror nimaning ortidan keladi va biror nima ham uning ortidan keladi. Shuning uchun ham yaxshi qurilgan fabulalar istagan joyda boshlanib, istagan joyda tugallanmasligi, yuqorida ko‘rsatilgan tushunchalarning mohiyati bilan mutanosib turmog‘i darkor.”
“POETIKA”

Arastu
“Chinakam badiiy asarda muqaddima va xotima to‘laqonli tabiiy oqim bilan tutashgan bo‘lishi, rang-barang kompozitsion bo‘laklar mantiqan payvastlanib, tugal kompozitsion yaxlitlikni yuzaga chiqarishi lozimligiga e’tiborni jalb qiladi:
Shoir hamma narsani joylashtirsin jobajo,
Debocha va nihoya oqsin biroqim bilan.
Har bir so‘z, har kalomga bo‘lsin u hukm farmo,
Parishon bo‘laklarni etsin bir-birga payvand”
Nikol
Bualo

Bualoning mazkur misralaridagi qarashlari ritmik ohang badiiy asar kompozitsiyasida birlamchi funksiya bajaradi degan xulosa chiqarishga turtki beradi. Umuman olganda, adabiyotshunoslik tarixida kompozitsiyaga oid qarashlarning xilma-xilligi uning ma’no qirralarini chuqurroq tushuntirishga xizmat qilgan.

Nikola Bualo
«Mundarija yaxshi tartib etilgan sayin asarning qimmati ortadir, yozg‘uvchini muvaffaq bo‘lishig‘a yaqinlashtiradir. Tartib mundarija uzra yurgiziladir. SHuning uchun mundarija etarli darajada yig‘ilib tollang‘andan keyingina tartibga kirish kerak. Tartib yolg‘uz asar yozish emas so‘z so‘ylashda ham muhimdir».


Fitrat
Adabiyotshunos To‘xta Boboev «Adabiyotshunoslik asoslari» kitobida kompozitsiya haqida mulohaza yuritarkan, uni hayotda mavjud narsalar shakli bilan qiyoslab tushuntirish yo‘lidan boradi. SHuning bilan bir qatorda kompozitsiya tamoyillari (kompozitsiya markazi – realistik asar kompozitsiyasining qalbi, asar bo‘laklarining o‘zaro joylashish tartibi, badiiy asar bo‘laklari va unsurlari, detallari va tafsilotlari, tasvir vositalarining muallif niyatiga muvofiqligi, asar personajlarining yagona tizimga uyushtirilishi, tasvirda me’yor) kompozitsion vositalarni ham (asar sarlavhasi, epigraf, lirik kirish, chekinish va xotima, qistirma epizod, peyzaj, inter’er, jihoz, buyumlar tasviri, qoliplash) o‘zining qarashlari asosida va adabiyot nazariyasining yutuqlariga tayanib ishlab chiqish qatorida lirik asar kompozitsiyasidan epik asar kompozitsiyasini, epik asar kompozitsiyasidan dramatik asar kompozitsiyasini farqlaydi.



Yüklə 10,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin