rasm. Maydonchada harakatlanish turlari:
1 — qo 'shimcha qadamlar tashlab harakatlanish, 2 — chaparasta qadam tashlab harakatlanish, 3 - o‘zgaruvchan qadam tashlab harakatlanish, 4 — hamla: a — raketkaning yopiq tomoni bilan zarba berish uchun, b — raketkaning ochiq tomoni bilan zarba berish uchun; 5 - sakrash.
2.2.Badminton o’yinidagi umumiy qoidalar Badminton texnikasi
Amaliyotning ko‘rsatishicha, maydonchadagi barcha harakatlar ana shu elementlarning turli kombinatsiyalari (birikmalari)dan iborat bo‘ladi. Barcha harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - samarali zarba berishga va tezlik bilan dastlabki o‘yin holatiga qaytishga tayyorlanishdan iborat. Sportchi maydonchada harakatlanishning barcha usullarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda o‘yinda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib ularni amalda qo'lay olishi kerak. Masalan, yondan zarba berish uchun chiqishda oyoqlarning harakatlanishi - mushkul ish emas.
Yon chiziq tomonda qadam tashlash yoki hamla qilish, raketka ushlagan qo‘lni oldinga cho'zish kerak - bo‘ldi, volanni qaytarish mumkin. Ammo volanni yon tomondan (dam o‘ngdan, dam chapdan) qaytarish uchun bir yon chiziqdan ikkinchisiga borib kelish ayrimlar o‘ylaganidek oson ish emas. Maydoncha bo‘ylab ko‘ndalang harakat qilinganda oyoqlarning faoliyati imkon qadar tejamli bo'lishi zarur. Hammasi tez, ammo hovliqmasdan bajariladi. Har qanday vaziyatda ham tana holati barqaror bo‘lishi kerak.
Agar zarba maydonchaning oldingi qismida hamda o‘yinchining oldida amalga oshirilsa, o‘ng oyoq oldinga, volan tomonga tashlanishi, mabodo zarba maydonchaning orqa tomonidan bajarilsa, o'ng oyoq orqa chiziqqa yaqinroq joylashishi lozim.
Maydonchada kombinatsiyalangan harakatlanishning usullari turlicha, u yoki bu usulni tanlash esa ko‘p jihatdan sportchining individual xususiyatlariga: bo‘yiga, jismoniy va ruhiy tayorgarlik holatiga, kuchiga, tezligiga, egiluvchanligiga, chidamliligiga bog‘liq bo'ladi.
Tajribali sportchilar volanga qarab harakatlanishni katta qadamlar bilan boshlab, oxirida zarba berish oldidan uchib kelayotgan volanning trayektoriyasiga nisbatan tananing to‘g‘ri joylashuvini ta’minlash uchun mayda qadamlar bilan yakunlashni maslahat berishadi. Bu esa zarba berish paytida ham, o‘yin hududining markaziga qaytish uchun harakat qilishda, ham sportchi nisbatan qulay joy egallashini ta’minlaydi. Oxirida keng harakat qilinganda - xuddiki sportchi tanasining “prujinasi” cho`zilgan va kuchsizlangandek bo`ladi, zarba esa kuchsiz va noaniq chiqadi. Shu bois, juda katta hamla vaziyatdan chiqib ketish maqsadida qo‘llaniladigan, ammo uni yaxshilashga xizmat qilmaydigan majburiy harakat hisoblanadi. Xattoki, taglik usulini qo‘llaganda ham, sportchida mazkur zarbani tagidan kesgandek (to‘r yaqinida qo‘shimcha harakat bilan) noqulay tarzda tashlash uchun harakat zaxirasi bo‘lishi zarur. To‘g‘ri, zamonaviy badmintonda kuchli va egiluvchan panjaga ega bo‘lgan sportchilar hatto qiyin vaziyat-lardan ham murakkab va hujumkor zarbalar bera olishadi. Ammo, har qanday vaziyatda ham, noqulay holatda berilgan zarbaning xato ketishi ehtimoli katta.
Maydonchada harakatlanishning yana bir toifasi mavjud. Ularni aldamchi harakatlar
yoki aldamchi qadamlar deb atash mumkin. Mazkur harakatlardan ko‘zlanadigan asosiy maqsad
raqibni chalg‘itish va xato qilishga majbur etishdan iborat. Masalan, agar o‘yinchi to‘rning o‘ng ustuni yaqinida taglik usulida zarba bermoqchi bo`lsa-yu, unda ozgina qo‘shimcha vaqt mavjud bo`lsa, aldamchi harakat bilan zarba beruvchi oyog‘ini taglik usuli bajariladigan nuqta
tomonga tashlamasdan, go‘yoki hujumkor zarba berishga chog`lanayotgandek biroz qisqaroq qadam tashlaydi. Agar raqib bunga aldanib qolsa, u hujumni qaytarishga tayyorlanish maqsadida to‘rdan uzoqlasha boshlaydi. Bu paytda o‘yinchi bemalol taglik usulida zarba berib ochko yutib oladi. Ammo juftlik bahslarida ana shunday aldamchi harakatlar raqib bilan birga sherigingizni ham chalg‘itib qo‘ymasligi kerak. Aksariyat hollarda, havaskor va boshlovchi badmintonchilarda oldindan mashg‘ulotlar paytida “pishirib olinmagan”ligi bois, ana shunday tushunmovchiliklar kelib chiqadi.
Badminton ustalari o‘yin davomida ana shunday aldamchi harakatlardan ko‘p bora ustalik bilan foydalanishadi hamda buning orqasidan zarur ustunlikka ega bo`lishadi. Yaqinda faxriylar o‘rtasida o'tkazilgan bir musobaqada qiziqarli bir o‘yinni kuzatishga to‘g‘ri keldi. O‘yinchilardan biri amaliyotga mutlaqo zid holda ochiqdan-ochiq boshqa tomonga qarab turib va tana harakatini amalga oshirib, volanni unga qaramasdan qarama qarshi tomonga qaytarardi. U bunday zarbalarni uzoq davom etgan mashqlarda shakllantirgan va raqibini shoshirib qo‘ygancha muvaffaqiyat qozona oldi. Texnik elementlami bajarish chog‘ida maydonchada harakatlanishlar to‘g‘risida oldingi bobda so‘z yuritildi. Taktik harakatlarning aniq variantlari o‘yin strategiyasi va taktikasiga bag‘ishlangan keyingi boblarda ko'rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |