1 —gavda holati, 2 -o ‘ngga qadam tashlash va qo‘lni ozroq kerish, 3 - zarba va kuzatish. Shuni yodda tutish kerakki, yondan zarba berganda volanni maydoncha yon chizig‘ining o`rtasidan olis bo‘lmagan joyda qaytarish va u tanangizdan uchib o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar siz volanni o‘tkazib yuborsangiz, hujumkor zarba berish imkoniyati bo‘lmasligi tayin. Bu holatda sportchi uchun ikkita yo‘l qoladi: yoki raqibning hujumkor harakatlarini to‘xtatish hamda maydonchada o‘zi uchun qulay joyga turib olish maqsadida volanni baland-olis trayektoriya bo‘yicha qaytarish; yoxud panjaning yengil harakati bilan volanni to‘r yaqiniga tashlash. Voian elka balandligida uchib kelayotganda yon tomondan zarbalar berish qulay bo‘ladi, chunki bunda volanni shundoqqina to‘r ustidan qaytarish oson bo‘lgani bois, raqibning javob harakatlari anchagina mushkullashadi.
Chapdan-yondan beriladigan zarba uchun o‘rta yoki past gavda holatida turish kerak (39- rasm). Raketka uning yopiq tomoni bilan zarba berishga qulay qilib ushlanadi. Chapga qayrilib, raketkani ham o‘sha tomonga burish kerak. To‘rga deyarli teskari bo‘Iguncha yelkani chapga burish zarur. Raketkani ushlagan qo‘lni yelka balandligida ko‘tarib, tirsakdan bukib, tirsakni esa volan kutib olinadigan taxminiy nuqta tomonga yo‘naltirib turish kerak. So‘ngra raketkani ushlab turgan qo‘1 to‘g‘rilanib, panja aylan- tiriladi. O‘ng oyoq bilan chap tomonga qadam tashlab, u may- donchaga qo‘yilganda zarba beriladi. Zarba turidan kelib chiqib, raketkani ushlab turgan qo‘1 volanning uchishini uzoq yoki qisqa kuzatib qo‘yadi.
rasm. Chapdan-yondanzarba.
Yondan o‘ng va chap tomondan beriladigan zarbalarni bajarish texnikasida o'xshashliklar ko‘p. Asosiy farqlar zarba berish paytida tashlanadigan qadam yoki hamlaning yo‘nalishida ko‘rinadi. Har ikki holatda ham ana shu qadamni yoki hamlani o‘ng oyoqda tashlagan ma’qul. Mazkur zarbalarning boshqa barcha tarkibiy qismlari bir xil.