Mavzu: badminton texnikasi uning tasnifi va mazmuni reja: kirish


rasm. O'ngdan-yondan klassik zarba



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə5/11
tarix27.03.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#90415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BADMINTON TEXNIKASI UNING TASNIFI VA MAZMUNI

rasm. O'ngdan-yondan klassik zarba:


l—o ‘ngga qadam tashlash, 2 — qo ‘Ini keng kerish, 3 — zarba.
II.BOB.BADMINTON CHILARNING JISMONIY TAYYORLIGI

2.1.Badminton o’yinida uchraydigan holat


Yondan beriladigan zarbalar ham turli xil bo‘ladi: baland- olis, baland hujumkor, hujumkor, yassi va qisqa. Amaliyotning ko‘rsatishicha, aksariyat hollarda yon tomondan o‘ynaganda aralash zarbalar, ya’ni: to‘r ortiga yassi-hujumkor yoki yassi qisqa oshirib tashlashlar qo‘llaniladi. Yon tomondan beriladigan zarbalarga raqibning hujumkor harakatlari tufayli zarurat tug‘ilishi bois, volanni qaytarish uchun vaqt boshqa holatlardagidan ko‘ra kamroq bo‘ladi. Bundan tashqari, zamonaviy tezkor badmintonda ayrim mahoratli sportchilar (ayniqsa, juftlik bahslarida) ataylab raqibning hujumkor volanlarini to‘r yaqinida yassi zarbalar bilan qabul qilishadi. Sportchi yaxshi jismoniy tayyorgarlik va yuqori texnikaga ega bo‘lsa, mashqlar davomida shakllangan reaksiya hisobiga nafaqat volanni to‘xtatishi, balki qo‘lni deyarli kermasdan panjaning yashirin aniq harakati bilan volanni to‘r ustidan oshirib, raqib uchun kutilmagan va noqulay joyga tushirishi ham mumkin.
Yon tomondan beriladigan barcha zarbalar volanni sport- chining o‘ng yoki chap tomonidan qisqa masofada qaytarish orqali amalga oshiriladi. Bunda sportchining gavda holati - o‘rtacha yoki past bo‘ladi. Zarbaning har qanday bosqichida raketkani ushlab turgan panja bilakka nisbatan sal ko‘tarilgan holatda bo‘lishi zarur. Oxirgi qadamni o‘ng oyoq bilan tirsakdan salgina bukilgan, uzatilgan qo‘l olisligidagi zarba nuqtasiga qarab tashlash kerak. Volanga to‘g‘ri burchak ostida zarba berish lozim.
O‘ngdan-yondan zarbamng klassik varianti o‘ng tomonga qadam tashlash yoki hamla qilish bilan boshlanadi, chap yelkani to‘r tomonga burib, qo‘lni nisbatan faol kerish bilan xarakterlanadi hamda volan tomonga tirsak, bilak va panjani cho'zish bilan yakunianadi. Bunda qo‘lning ana shu qismlari zarba beriladigan paytga qadar raketka kallagidan oldinda turishi kerak. Chap qo‘l butun tana uchun muvozanat saqlovchi vazifasini bajaradi (37- rasm).
Mashg‘ulotlar jarayonining takomillashtirib borilishi, sport- chilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi yaxshilanishi, jihozlaming xarakteristikalari o‘zgarishi hamda boshqa bir qator omillar hisobiga badmintondagi tarkibiy elementlarni bajarish texnikasi ham rivojlanib bormoqda. Masalan, tegishli tayyorgarlikka ega bo'lgan sportchi o‘ngdan-yondan modifikatsiyalangan zarba berishi mumkin. U klassik zarbadan past gavda holati, qo‘lning qisqaroq kerilishi va zarba beradigan qo‘l tirsagining mayatniksimon harakati bilan ajralib turadi (38-rasm).
Hujumkor kombinatsiyaga panjaning kuchli keskin harakati yakun yasaydi. Bunda panjaning bilakka nisbatan kuchli bukilishi raketka kallagiga volanga kuchli dinamik zarba berish imkonini yaratadi.



    1. Yüklə 0,59 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin