Mavzu: Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta o'qish. Apellyatsiya shartlari



Yüklə 15,27 Kb.
səhifə2/5
tarix14.10.2023
ölçüsü15,27 Kb.
#155392
1   2   3   4   5
Mavzu Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta -fayllar.org

Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo‘lib, o‘rganilgan mavzular bo‘yicha yozma, og‘zaki, test shaklida o‘tkaziladi.
O’quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.
Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko‘pgina fanlarda og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning javoblarini yozma mashqlarni tashkil etish asosida to‘ldirib boriladi. Masalan, o‘quvchilarning «Qo‘shma gaplar» mavzusini qanday o‘zlashtirganliklarini tekshirishda ana shunday yo‘l tutish mumkin. Ular o‘z javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar. Bu misollarni doskaga yozib, sintaktik va grammatik jihatdan tahlil qiladilar. Matematika, fizika va ximiyadan og‘zaki tekshirish qoidaga muvofiq misol va toptiriqlarni amaliy ko‘nikma va malakalar baholash maqsadidan kelib chiqib hal etiladi. Keng tarqalganligi va samarali ekanligiga haramay o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda og‘zaki tekshirish ayrim kamchiliklarga ham ega. CHunonchi, uni qo‘llash jarayonida:
nisbatan ko‘p mehnat sarflanadi;
dars mobaynida 3-4 nafar o‘quvchinigina bilimini tekshirish mumkin.
SHu bois o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi.
Og‘zaki ommaviy tekshirish o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash bo‘lib, ular guruhga haratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa bo‘ladi.
Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchilarni nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi, ammo o‘quvchilarning nutqini o‘stirmaydi. Bunday nuqsonlar individual so‘rashda ko‘zga tashlanmaydi. Ammo so‘rashning bu shaklida guruhdagi boshqa o‘quvchilarning to‘laqonli ishlashlariga erishish juda qiyin.

Yüklə 15,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin