Mavzu: basketbolning o’rta osiyoda rivojlanishi mundarija: I. Kirish



Yüklə 52,77 Kb.
səhifə3/9
tarix06.06.2022
ölçüsü52,77 Kb.
#60746
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KLARA

Basketbol — inglizcha basketball soʻzida olingan (basket — savat, ball — toʻp) boʻlib, har birida beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Uyindan bosh maqsad — toʻpni qoʻl bilan oʻynagan xolda 3,05 m balandlikdagi shitga mustaxkamlangan savatga tushirib, imkon qadar koʻproq ochko olish. Xar bir jamoada beshtadan oʻyinchi ishtirok etadi.
Basketbolning vatani AQSh, uning «otasi» esa James Naismith hisoblanadi. Oʻyin XIX asr oxirida paydo boʻlgan. Springfild xalqaro mashgulotlar maktabining jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, bir paytlar ajoyib regbichi va gimnastikachi boʻlgan James Naismith (1861-yil tug'ilgan — 1932-yil vafot etgan) talabalarning qishki paytda jismonan yanada koʻproq chiniqtirish maqsadida zalda toʻp bilan oʻynaladigan yangi oʻyin oʻylab topdi. U toʻpni tashlash orqali talabalarning merganligini tekshirib koʻrish uchun qorovuldan ikki boʻsh quti keltirishni iltimos qildi. Quti topa olmagan qorovul meva solinadigan savat keltirdi. Savatlarni balandligi 3,05 m bulgan zalning ikki tomonidagi balkonga oʻrnashtirdi. SHu tariqa basketbol vujudga keldi. Neysmit yangi oʻyinning qoidalarini ishlab chiqdi va 1891 yilning 21 dekabrda Springfild maktabining zalida birinchi basketbol uchrashuvi oʻtkazildi. Guruxda 18 talaba mavjud edi. Uyinda xar biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. Basketbolning dastlabki qoidalari 13 qismdan iborat edi va ulardan baʼzilari xozirgacha saqlanib qolingan. 1893 yilda savatlarni toʻrli temir aylana bilan almashtirishdi. 1895 yilda esa ular shitlarga oʻrnatildi. Oradan 2 yil oʻtgach, xar bir jamoada 5 kishidan maydonga tushadigan boʻlishdi. 1893 yilda frantsiyalik Mel Ridu Springfild kollejini bitirgach, vataniga qaytdi va xamyurtlarini yangi oʻyin bilan tanishtirdi. SHu tariqa basketbol butun Yevropaga tarqala boshladi. 1894 yilda esa Bob Geyli xitoyliklarni, Dunkan Petton esa xindlarni basketbol bilan tanishtirdi. 1927 yilning sentyabrda Jeneva jismoniya tarbiya maktabi ochildi va Springfild kolleji oʻqituvchisi doktor Elmer Beri maktab direktorii etib tayinlandi. Ushbu maktab bitiruvchilari tufayli basketbol Latviya, Litva, Italiya, Frantsiya, CHexoslavakiyada ommaviylashib ketdi. Koʻpgina mamlakatlarda basketbol assotsiatsiyalari tashkil topdi. 1932 yil 18 iyunda Jenevada milliy basketbol assotsiatsiyalarining dastlabki xalqaro konferentsiyasi oʻtkazildi va unda Xalqaro Basketbol Federatsiyasi (FIBA) tashkil etildi. 1999 yilga kelib FIBAga aʼzo davlatlar soni 180 dan oshib ketdi. 1936 yilgi Berlin Olimpiadasidan boshlab basketbol Olimpiadalar dasturidan oʻrin oldi. 1935 yildan Yevropa, 1950 yildan boshlab jaxon chempionatlari oʻtkazilib kelinmoqda. Ayollar basketboli esa 1976 yili Monrealdagi Olimpiadada debyutini nishonladi. AQSH t/j dunyodagi eng kuchli basketbol jamoasi xisoblanadi. Jaxondagi eng kuchli basketbol ligasi xam Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA)dir. Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992 yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH t/j sharafini yirik musobaqalarda xam ximoya qilib kelmoqda. Olimpiada oʻyinlari basketbol turnirida eng koʻp AQSH t/j golib chiqqan — 12 marta, Faqatgina SSSR 2 marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980) va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan. Basketbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchilar AQSHlik Karim Abduljabbar, Lerri Berd, Medjik Djonson, Uilt CHemberlen, Uilyam Rassel, Maykl Jordon xisoblanishadi. Zamonaviy basketbol yulduzlaridan SHakil Oʻnil, Kobi Brayant, Tim Dankan, Alen Ayverson, Lebron Djeymslarni eʼtirof etish mumkin. Yevropa basketboli yulduzlaridan rossiyalik Andrey Kirilenko, germaniyalik Dirk Novitski, ispaniyalik Pou Gazol, serbiyalik Predrag Stoyakovich va frantsiyalik Toni Parkerlarni eʼtirof etish mumkin. SHuningdek xitoylik Yao Min va argentinalik Emmanuel Jinobili xam Dune basketbol ixlosmandlari orasida katta nufuzga ega.
Basketbol 1891 yilda AQShning Masashusti shtatidagi Springfild kollejining jismoniy tarbiya o’qituvchisi Djeymis Neysmit tomonidan kashf etilgan. Bu o’yinning yaratishda Neymit uzoq vaqtlardan beri keng tarqalgan to’p bilan o’tkazilgan oddiy o’yinlar xarakatidagi tarixiy ma’lumotlardan foydalangan deb taxmin qilish mumkin.
Kollejda o’tkazilgan gimnastika darslarini jonlantirish haqida topshiriq olgan Djeymis Neysmit yopiq xonalar uchun yangi o’yin o’ylab chiqdi. U balkon pajlarida shaftoli solinadigan ikkita savatni osib qo’ydi. O’yinda qatnashuvchilar o’z raqiblarining savatlarga futbol to’pini tushurishlari lozim edi. O’yinda erkaklar bilan ayollar birgalikda qatnashadilar Neysmit taklif etgan o’yin birinchi kundanoq talabalar orasida katta qiziqish uyg’otdi.
Gimnastika gruppasida 18 kishi bo’lgani uchun, ular ikki komandaga bo’linib o’ynay boshladilar. Keyinchalik xar bir komandalagi o’yinchilar soni 7 ta va 5 tagacha kamaytirildi.
To’p savatga tashlanganligi uchun bu o’yin “basketbol” (“basket”g’ savat, “bol”-to’p) deb atala boshlandi.
1892 yil Neymist o’yini qoidalarining 13 moddasini tuzib chiqdi, shundan so’ng maxsus musoboqalar o’tkazish boshlandi va bu qoidalar yildan yilga mukammallashdi. Masalan, 1893 yilda 1 marta temir doiralari tur savatlar paydo bo’ldi. YAna bir yildan so’ng to’pning aylana uzunligi 30-32 duyum (76,2 g’81.3 sm) gacha ko’paytirildi. 1895 yilda 15 fut (5 m 25 sm) masofadan bajariladigan jarima to’plar kiritiladi.
Birinchi rasmiy musobaqa qoidalari 1894 yilda AQSHda e’lon qilingan e’lon qilingan edi. O’yin yildan yilga rivojlanib, o’yin texnikasi va taktikasi vujudga keldi. 1896 yildan boshlab to’pni boshlab yerga urib o’ynashga ruxsat berildi.
Basketbol avvalgi Amerikadan Sharq mamlakatlariga- YAponiya, Xitoy, Flippin, shundan so’ng esa, yevropa mamlakatlariga CHexoslovakiya, Liva, Estoniya, Latviya, Italiya, Fransiyaga va nihoyat, Janubiy Amerikaning ba’zi bir mamlakatlariga tarqaldi.
1921-31 yillarda milliy basketbol federatsiyalari tashkil qilina boshladi. Dunyodagi ko’pgina mamlakatlarda basketbolning keng tarqalishi natijasida 1932 yilning 18 iyunida Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA)ning tashkil qilinishi bu yilning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Argentina, Gretsiya, Italiya, Latviya, Portugaliya, Reminiya, SHvesariya va CHexoslovakiya mamlakatlari xalqaro basketbol federatsiyasiga birinchilar qatoriga a’zo bo’lib kirdilar. O’yin butun dunyoga keng tarqala boshladi. 1935 yilda Jenevada erkaklar komandalari o’rtasida birinchi yevropa chempionati bo’lib o’tdi. Bunda Boltiq bo’yi mamlakatlarning komandalari ustun keldilar Latviya terma komandasi birinchi bo’lib yevropa chempioni unvoniga sazovor bo’ldi.
Olimpiada o’yinlari dasturiga basketbol birinchi marta 1936 yil kiritildi. 11 olimpiada o’yinlarning basketbol turniriga 12 mamlakatning erkaklar komanlalari qatnashdilar.
Ayollar o’rtasida birinchi yevropa chempionati 1938 yil Rimda bo’ldi. Bunda Italiya milliy komandasi g’alaba qozondi.
1948-1956 yillar xalqaro basketbol federatsiyasining boshqa xalqaro sport birlashmalarini ichida yuqori o’yinlardan birinchi egallash bilan xarakterlanadi. Dunyo va yevropa chempionatlari kabi katta musobaqalar FIBA rahbarligi ostida o’tdi. Hamma xalqaro musobaqalarda dunyoning hamma nufuzli mamlakat jamoalari qatnashib keldilar, bundan tashqari o’sha zamonlarda 1948 yilda 50 mamlakat halqaro basketbol feyeratsiyasiga a’zo edi.
Basketbol texnikasi va taktikasi rivojlanib bordi. To’pni uzatib uni yerga urib yurish va chalg’atishlarining yangi usullari vujudga keldi. Masalan, to’pni savatga bir qo’llab otish, so’ngra esa, sakraganda bir qo’llab otish usullarining paydo bo’lishi, basketbol texnikasi va taktikasi juda ta’sir ko’rsatadi. Ilgari musobaqa hisobi 20-30 ochkodan oshmasdan boshladi. Taktikada markaziy o’yinchi orqali hujum uyushtirish sestemasi orqali o’zining shiddatli yakunini topmoqda.
1950 yilda Argentinada erkaklar jamoalari o’rtasida birinchi jahon chempionati bo’lib o’tdi. Bunda mezbonlar birinchi o’rinni egalladilar. Ayollar jamoalari uchun birinchi jahon chempionati 1953 yilda o’tkazildi. Jahon chempionati unvoniga AQSH ayollar terma jamoasi sazovor bo’ldi.
Jahon chempionati ayollar va erkaklar jamoasini uchun har 4 yilda 1 marotaba o’tkazilib kelinmoqda.
1950 yilning boshida basketbol o’yinning musobaqa qoidalariga qo’yidagi o’zgarishlar kiritildi:.

  • 30 sek foydasi (bunga asosan to’pni egallab turgan jamoa 30 sek vaqt ichida raqib savatiga otish lozim);

  • 3 sek qoidasi va jarima maydonchasining kengaytirilishi (bunga asosaan,hujumchi raqibning jarima maydonchasi ichida 3 sek dan ortiq turish taqiqlanadi);

  • to’pni yerga urib yurishni boshladi, ko’p basketbolchining qo’lidan chiqqandan so’ng tayanch oyoqni yerdan uzishga ruxsat beriladi va hakozo.

Bu yillarda basketbol o’yinning texnikasi takomillashdi. Bir klub to’p uzatish, faqat panja harakati bilan to’p uzatish chalg’itib uzatish hamda to’pga qaramasdan uni yerga urib yurish, sakraganda bir va ikki qo’llab to’pni savatga to’p otish usullari keng tarqaldi.
1957 yildan sshng basketbol juda katta rivojlanish davrini boshidan kechirdi, o’sha davrda dunyoda hamdo’stlik davlatlar vakillari FIBA o’tkazayotgan konegress va konferensiyalarda borib, o’yin jarayoniga ta’sir ko’rsatadigan hamma masalalarni xal qilishda faol qatnashar edilar.
FIBA rahbarligi ostida har yili muntazam qtkazilgan yevropa chempionlari kubogi va kubok egalari musobaqalarida juda ko’plab yevropa mamlakatlari qatnashib kelmoqdalar.
Hozirgi kunda basketbol bilan boshqa sport turlariga nisbatan eng ko’p (100 milliondan ortiq) kishi shug’ullanib kelmoqda. Xalqaro basketbol federatsiyasiga 160 dan ortiq mamlakatlarning milliy federatsiyalar a’zodir.
Basketbol Afrika qit’asining uzoq xududlariga va qitalardan minglab km uzoqda joylashgan okeani orollariga ham yetib bormoqda.
Hozir basketbol Afrikaning 34 dan ortiq mamlakat aholisining sevimli o’yiniga aylangan. 21 olimpiada o’yinlari dasturida (1976, monerial) basketbol bo’yicha ayollar bellashuvini kiritilishi o’yinning bundan keyingi rivojanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.



Yüklə 52,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin