1.Yaqin davrlargacha EHMda echish qiyin yoki umuman echib bo‘lmaydigan deb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini echish, optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;
2.Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga(eng oxiridagi foydalanuvchilar) o‘z tilida suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlash;
3.Yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari, ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi;
4.Foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang-barangligi, yoki xatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli echa olmaydigan savollar yoki muammolarni hal etish;
5.Takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy tajribasidan foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish imkoniyati;
6.Ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi) sanaladi.
MA’LUMOTLAR BAZALARIDAN
FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
FOYDALANUVCHI
TUSHUNTIRISH BLOKI
MANTIQIY
XULOSA BLOKI
EKSPERT
BILIMLARNI O’ZLASHTIRISH BLOKI
BILIMLAR BAZASI
MA’LUMOTLAR BAZALARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
Ekspert – bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa oluvchi muta-xassis.
Bilimlarni o‘zlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining to‘planishini, bilim va ma’lumotlar modifikatsiyasi bosqichini aks ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi.
Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan holda xulosalar mantiqini yuzaga keltiradi. Unchalik ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlar bilan ishlash chog‘ida noaniq mantiq, zaif ishonch yuzaga keladi.
Tushuntirish (izohlash) bloki foydalanuvchining texnologiyada bilimlar bazasidan foydalanish ketma-ketligini aks ettiradi va «nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi.